Saipnazarov Sherbek Shaylavbekovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Moliyaviy injiniring metodologiyasini takomillashtirish”, 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: DSc/Iqt674
Ilmiy maslahatchi: Norov Akmal Ruzimamatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Karlibaeva Raya Xojabaevna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Berdiyarov Baxriddin Tavasharovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Elmurodov Shoxjahon G‘ayrat o‘g‘li iqtisodiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tijorat banklarida moliyaviy injiniring metodologiyasini takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra «moliyaviy injiniring» tushunchasining iqtisodiy mazmuni moliyaviy operatsiyalarni optimallashtirish, risklarni boshqarish, rentabellikni oshirish, yangi moliyaviy mahsulotlarni ishlab chiqishni, risklarni boshqarishning innovatsion usullarini qo‘llashni va moliyaviy barqarorlikni ta’minlash maqsadida moliyaviy vositalar, mahsulotlar va strategiyalarni yaratish va ulardan foydalanish jarayoni takomillashtirilgan;
tijorat banklari tomonidan ko‘rsatiladigan bank xizmatlarinini turlariga ko‘ra «daromadli» (0,75≤BXd≤1), «o‘rta» (0,75≤BXo‘≤1) va «past» (0,75≤BXp≤1) toifalarga ajratish orqali banklarning rentabelligini ortishiga olib keluvchi miqdoriy ko‘rsatkichi asoslangan;
banklarning moliya bozoriga trasformatsiyalashuvi sharoitida kreditlar bo‘yicha kelgusi tushumlar bilan ta’minlangan qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va joylashtirish, investorlar tomonidan qabul qilingan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish asoslangan;
tijorat banklari tomonidan moliyaviy injiring orqali riskli aktivlar va muddatli resurslarni 5 ta toifaga ajratish orqali kutilayotgan risklarni uzoq muddatli obligatsiyalar emissiyasi hisobidan bartaraf etish asoslangan;
«Mikrokreditbank» aksiyadorlik-tijorat banki risklarni baholash amaliyotini moliyaviy injiniring orqali takomillashtirish omillarining ekonometrik modeli asosida mazkur yo‘nalishdagi moliyaviy risklarining oldini olish bo‘yicha 2030 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Moliyaviy injiniring metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra «moliyaviy injiniring» tushunchasining iqtisodiy mazmunini moliyaviy operatsiyalarni optimallashtirish, risklarni boshqarish, rentabellikni oshirish, yangi moliyaviy mahsulotlarni ishlab chiqishni, risklarni boshqarishning innovatsion usullarini qo‘llashni va moliyaviy barqarorlikni ta’minlash maqsadida moliyaviy vositalar, mahsulotlar va strategiyalarni yaratish va ulardan foydalanish jarayoni takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy materiallardan oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun mo‘ljallangan “Investisiya” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2022-yil 24-oktyabrdagi 328-sonli buyrug‘i). Mazkur tushunchaning oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun yangi mazmunda kiritilishi bo‘lg‘usi mutaxassislarning innovatsion yangi bank mahsulotlari va uni moliyalashtirish borasidagi bilim va ko‘nikmalarini kengaytirish imkonini yaratgan;
tijorat banklari tomonidan ko‘rsatiladigan bank xizmatlarinini turlariga ko‘ra «daromadli» (0,75≤BXd≤1), «o‘rta» (0,75≤BXo‘≤1) va «past» (0,75≤BXp≤1) toifalarga ajratish orqali banklarning rentabelligini ortishiga olib keluvchi miqdoriy ko‘rsatkichini qo‘llash taklifidan «Mikrokreditbank» aksiyadorlik-tijorat bankining 2023 yilga mo‘ljallangan investisiya siyosatini ishlab chiqishda foydalanilgan («Mikrokreditbank» aksiyadorlik-tijorat bankining 2023-yil 22-dekabrdagi № 04-16/23385 ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida bankning muammoli kredit (NPL) ulushi mos ravishda 2022-yilga nisbatan 5,9 foizdan 2023-yilda 4,8 foizga tushgan;
banklarning moliya bozoriga trasformatsiyalashuvi sharoitida kreditlar bo‘yicha kelgusi tushumlar bilan ta’minlangan qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va joylashtirish, investorlar tomonidan qabul qilingan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish taklifidan «Mikrokreditbank» aksiyadorlik-tijorat bankining 2023 yilga mo‘ljallangan investisiya siyosatini ishlab chiqishda foydalanilgan («Mikrokreditbank» aksiyadorlik-tijorat bankining 2023-yil 22-dekabrdagi № 04-16/23385 ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2023-yil 30-aprel holatiga yuqori likvidli aktivlari hajmi o‘tgan hisobot davriga nisbatan 1,8 foizga, qimmatli qog‘ozlarga investisiyalarning mutloq hajmi o‘tgan hisobot davriga nisbatan 46 foizga ortishiga erishilgan;
tijorat banklari tomonidan moliyaviy injiring orqali riskli aktivlar va muddatli resurslarni 5 ta toifaga ajratish orqali kutilayotgan risklarni uzoq muddatli obligatsiyalar emissiyasi hisobidan bartaraf etish taklifidan «Mikrokreditbank» aksiyadorlik-tijorat bankining 2023-yilga mo‘ljallangan investisiya siyosatini ishlab chiqishda foydalanilgan («Mikrokreditbank» aksiyadorlik-tijorat bankining 2023-yil 22-dekabrdagi № 04-16/23385 ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida bankning korporativ obligatsiyalari «Toshkent» respublika fond birjasida ochiq joylashtirilishi hisobiga bank kapitali tarkibining diversifikatsiyalanishiga erishilgan, shuningdek, istiqbolda bank aksiyalarini ochiq joylashtirishga tayyorgarlikning muhim bosqichidan o‘tilgan;
«Mikrokreditbank» aksiyadorlik-tijorat banki risklarni baholash amaliyotini moliyaviy injiniring orqali takomillashtirish omillarining ekonometrik modeli asosida mazkur yo‘nalishdagi moliyaviy risklarining oldini olish bo‘yicha 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan “Mikrokreditbank” ATB rivojlanish strategiyasi bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan («Mikrokreditbank» aksiyadorlik-tijorat bankining 2023-yil 22-dekabrdagi № 04-16/23385 ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida «Mikrokreditbank» aksiyadorlik-tijorat banki risklarni baholash amaliyotini moliyaviy injiniring orqali takomillashtirish bo‘yicha uzoq muddatli davrdagi asosiy parametrlari o‘rtasidagi o‘zaro muvofiqlikni ta’minlash imkoni yaratilgan.