Jo‘raev Olim Albaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Meva-sabzavot mahsulotlari ishlab chiqarish jarayonlarining statistik tadqiqoti (Surxondaryo viloyati misolida)», 08.00.06 – Ekonometrika va statistika (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Iqt4035.
Ilmiy rahbar: Xatamov Ochildi Qurbonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/28.08.2020.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Bayxanov Boxodir Tursunbaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Palvaniyazov Anvar Amatovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, (PhD).
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi hududlarda meva-sabzavot mahsulotlari ishlab chiqarish samaradorligini statistik baholash va uni oshirishning istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahsulot yetishtirishni o’rtacha intensivlik    ko’rsatkichini tatbiq etish orqali takomillashtirilgan qishloq xo’jaligining meva-sabzavotchilik sohasida mahsulot ishlab chiqarish samaradorligini baholash uslubiyoti ishlab chiqilgan;
qishloq xo’jaligining hududiy  meva-sabzavot tarmog‘i  rivojlanishi  samaradorligini baholashning  etalon [6,0-5,0];  o’ta  yuqori [5,0-4,0];  yuqori  [4,0-3,0];  o’rtacha  [3,0-2,0]; past  [2,0-1,0]; juda  past  [1,0-0] qiymatli integral  koeffisientlari shkalasi  taklif etilgan;
Surxondaryo viloyati meva-sabzavot mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini ekin maydoni va meva-sabzavot ekinlari hosildorligiga bog‘liqligi  (  hamda foydalanilgan texnikalar va fermer xo’jaliklari soni ta’sirining  chiziqsiz modellari ishlab chiqilgan;
Surxondaryo viloyatidagi meva-sabzavot tarmog‘ini iqtisodiy rivojlantirishning  2024-2029-yillarga mo’ljallangan prognoz ko’rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Hududlarda meva-sabzavot mahsulotlari ishlab chiqarish jarayonlarining samaradorligini statistik baholash va ko‘rsatkichlar tizimini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mahsulot etishtirishni o‘rtacha intensivlik     ko‘rsatkichini tatbiq etish orqali takomillashtirilgan qishloq xo‘jaligining meva-sabzavotchilik sohasida mahsulot ishlab chiqarish samaradorligini baholash uslubiyoti bo‘yicha taklifi Surxondaryo viloyat hokimining 2024-yil 19-iyundagi “Viloyat tumanlarida 2024-yilda ertaki ekinlar va g‘alladan bo‘shaydigan maydonlarda takroriy ekinlarni ekish orqali aholini oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish, bozorlarda narx-navo barqarorligini ta’minlash, eksportbop qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtirishni tashkil qilish va talab etiladigan moddiy-texnik resurslarini o‘z muddatida etkazib berish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 471-8-0-Q/24-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Surxondaryo viloyati hokimligining 2024-yil 18-iyuldagi 06-07/2345-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklif amaliyotga joriy etilishi natijasida Surxondaryo viloyati qishloq xo‘jaligining meva-sabzavotchilik sohasida mahsulot ishlab chiqarish samaradorlik koeffisienti 2,98 qiymatni tashkil etishi aniqlandi hamda ushbu koeffisient asosida 2023-yilda qiymati 164,1 mln. AQSh dollari meva-sabzavot mahsulotlari eksport hajmlarini amalga oshirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash ko‘rsatkichining 13-14 foizdan yuqori bo‘lishi imkoniyatini yaratgan;
qishloq xo‘jaligining hududiy  meva-sabzavot tarmog‘i  rivojlanishi  samaradorligini baholashning  etalon [6,0-5,0];  o‘ta  yuqori [5,0-4,0];  yuqori  [4,0-3,0];  o‘rtacha  [3,0-2,0]; past  [2,0-1,0]; juda  past  [1,0-0] qiymatli integral  koeffisientlari shkalasi bo‘yicha taklifidan Surxondaryo viloyat hokimining 2024-yil 19-iyundagi “Viloyat tumanlarida 2024-yilda ertaki ekinlar va g‘alladan bo‘shaydigan maydonlarda takroriy ekinlarni ekish orqali aholini oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish, bozorlarda narx-navo barqarorligini ta’minlash, eksportbop qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtirishni tashkil qilish va talab etiladigan moddiy-texnik resurslarini o‘z muddatida etkazib berish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 471-8-0-Q/24-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Surxondaryo viloyati hokimligining 2024-yil 18-iyuldagi 06-07/2345-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Surxondaryo viloyati tumanlarining meva-sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarish iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik va texnologik samaradorlik ko‘rsatkichlari aniqlandi va baholandi. Uning natijalariga asosan aholi jon boshiga meva-sabzavot mahsulotlari hajmini oshirish, fermer xo‘jaliklari a’zolari, ijtimoiy daftarlarda ro‘yxatda turgan hamda xorijiy davlatlardan qaytgan ishsiz fuqarolarning (jami: 16325 nafardan ortiq kishi) bandligini ta’minlash, meva-sabzavotchilik sohasi faoliyati samaradorligini oshirish istiqbolli rejalarini belgilash, innovatsion faollik darajasini oshirish mexanizmlarini ishlab chiqish, moliyaviy holatini kompleks tahlil qilish va yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish imkoniyati yaratilgan;
Surxondaryo viloyati meva-sabzavot mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini ekin maydoni va meva-sabzavot ekinlari hosildorligiga bog‘liqligi  (  hamda foydalanilgan texnikalar va fermer xo‘jaliklari soni ta’sirining   ishlab chiqilgan chiziqsiz modellari bo‘yicha taklifi Surxondaryo viloyat hokimining 2024-yil 19-iyundagi “Viloyat tumanlarida 2024-yilda ertaki ekinlar va g‘alladan bo‘shaydigan maydonlarda takroriy ekinlarni ekish orqali aholini oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish, bozorlarda narx-navo barqarorligini ta’minlash, eksportbop qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtirishni tashkil qilish va talab etiladigan moddiy-texnik resurslarini o‘z muddatida etkazib berish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 471-8-0-Q/24-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Surxondaryo viloyati hokimligining 2024-yil 18-iyuldagi 06-07/2345-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida viloyat qishloq xo‘jaligida meva-sabzavot mahsulotlari ishlab chiqarishda cheklangan ishlab chiqarish resurslaridan samarali foydalanish imkoniyati yaratilgan. Jumladan, eksportbop to‘qsonbosti sabzavot ekinlarini to‘qsonbosti usulida ekish hisobiga 1350 ming tonna sabzavot mahsulotlarini etishtirish, hududlarning iqlimiga mos ekinlar, meva va uzumning yuqori hosildor eksportbop navlarini tanlash hamda hosildorlikni 30-35 foizga oshirish choralarini ko‘rib borish, etishtirilgan hosilni nes-nobud qilmasdan eksportga chiqarishda tadbirkorlarga amaliy yordam ko‘rsatib borish bo‘yicha taklif va tavsiyalarini ishlab chiqishda foydalanilgan.
Surxondaryo viloyati qishloq xo‘jaligi meva-sabzavotchilik sohasini istiqboldagi iqtisodiy rivojlanishining 2024-2029-yillar uchun ishlab chiqilgan prognoz parametrlarining natijalari bo‘yicha taklifi Surxondaryo viloyat hokimining 2024-yil 19-iyundagi “Viloyat tumanlarida 2024-yilda ertaki ekinlar va g‘alladan bo‘shaydigan maydonlarda takroriy ekinlarni ekish orqali aholini oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish, bozorlarda narx-navo barqarorligini ta’minlash, eksportbop qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtirishni tashkil qilish va talab etiladigan moddiy-texnik resurslarini o‘z muddatida etkazib berish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 471-8-0-Q/24-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Surxondaryo viloyati hokimligining 2024-yil 18-iyuldagi 06-07/2345-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklif natijalaridan Surxondaryo viloyatidagi fermer xo‘jaliklari, tadbirkorlar (eksportyor, qayta ishlovchi, ta’minotchilar) tomonidan aholiga ekish uchun “bir dala – bir mahsulot” tamoyili asosida talab etiladigan ekinlar urug‘liklarini (dukkakli, sabzavot, poliz, moyli, kartoshka va boshqa) etkazib berishni tashkil etish, takroriy ekinlar oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va ichki bozorlarda narxlar barqarorligini saqlashning kafolatli manbasi ekanligini hisobga olib hamda aholini qo‘llab-quvvatlash va ularning bandligini ta’minlash maqsadida viloyatda jami 90880 gektar, shundan: agroklasterlar va fermer xo‘jaliklariga o‘z ehtiyojlari uchun 31841 gektar, fermer xo‘jaliklari a’zolariga 48809 gektar, ijtimoiy daftarlarda ro‘yxatga turgan fuqarolarga 10231 gektar, ishsiz yoshlarga 2065 gektar ekin maydonlari takroriy ekinlar ekish uchun ajratib berish imkoniyatini yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish