Ismoilov Bobir Salomovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Soliq to‘lovchilar faoliyatini nazorat qilishda kontragentlarni tekshirish amaliyotini takomillashtirish», 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Iqt3488
Ilmiy rahbar: Normurzaev Umid Xormurzaevich, iqtisodiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019. I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Toshmurodova Busara Egamovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Haydarov Nizomiddin Hamroevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi soliqqa tortishning tartibga solish funksiyasi samarali taraqqiyoti yo‘nalishlariga doir ilmiy-uslubiy hamda amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
soliq to‘lovchi va unga tovarlarni etkazib berish bo‘yicha operatsiyalar ketma-ketligida ishtirok etgan kontragentlar tomonidan qo‘shilgan qiymat solig‘i hisoblanmagan va to‘lanmagan taqdirda ushbu kontragentlardan hisobga olingan soliq summasi qaytariladigan soliq summasidan chegirib qolinishi tartibini kiritish asoslangan;
soliq to‘lovchilar faoliyatini nazorat qilishda Soliq xavfini boshqarish kengashi faoliyatini yo‘lga qo‘yish asosida davlat soliq qo‘mitasining tarkibiy bo‘linmasi bo‘lgan Soliq nazorati departamentining funksional faoliyatini yanada takomillashtirish taklifi asoslangan;
soliq to‘lovchilar faoliyatini nazorat qilish jarayoni dori vositalar realizatsiyasi uchun elektron hisob-fakturalarni to‘ldirish tartibi va uning rekvizit ko‘rsatkichlari sifatida dori vositalarni yoki tibbiy buyumlarni har bir o‘lchov birligiga sotib olish narxi, asosiy bahodan o‘sib boruvchi yakun bilan foiz ko‘rinishidagi savdo qo‘shimchasi, QQSni hisobga olmagan holda savdo qo‘shimchasini (ustamasini) hisobga olgan holda tovarning narxi, realizatsiya qilingan tovarlar, ko‘rsatilgan xizmatlar jami soni (hajmi)ning aksiz solig‘ini qo‘shgan holdagi (QQSsiz) qiymatini majburiy kiritish asosida takomillashtirilgan;
kontragentlarning faoliyatini baholashda “Avtokameral nazorat tizimi”da foyda solig‘i kesimida qo‘llaniladigan asosiy mezonlar va ulardan foydalanish yo‘nalishlarini belgilash asosida soliq tizimida kontragent soliq to‘lovchilar faoliyatini tekshirish amaliyoti takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kontragent soliq to‘lovchilar faoliyatini baholash va ular bilan bog‘liq samarali soliq nazoratini o‘tkazish bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar asosida:
soliq to‘lovchi va unga tovarlarni etkazib berish bo‘yicha operatsiyalar ketma-ketligida ishtirok etgan kontragentlar tomonidan qo‘shilgan qiymat solig‘i hisoblanmagan va to‘lanmagan taqdirda ushbu kontragentlardan hisobga olingan soliq summasi qaytariladigan soliq summasidan chegirib qolinishi tartibini kiritish taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2022 yil 30 dekabrdagi “Soliq va byudjet siyosatining 2023 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-812-son Qonunida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2024 yil 22 apreldagi 30-37690-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida soliq to‘lovchilar faoliyatini nazorat qilishda kontragentlarni tekshirish amaliyotini yanada takomillashtirish imkoni yaratilgan;
soliq to‘lovchilar faoliyatini nazorat qilishda Soliq xavfini boshqarish kengashi faoliyatini yo‘lga qo‘yish asosida davlat soliq qo‘mitasining tarkibiy bo‘linmasi bo‘lgan Soliq nazorati departamentining funksional faoliyatini yanada takomillashtirish taklifi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan Soliq nazoratining funksional faoliyatini yanada takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2024 yil 22 apreldagi 30-37690-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Soliq nazorati departamentining funksional faoliyatini yanada takomillashtirish imkoni yaratilgan;
soliq to‘lovchilar faoliyatini nazorat qilish jarayonini dori vositalar realizatsiyasi uchun elektron hisob-fakturalarni to‘ldirish tartibi va uning rekvizit ko‘rsatkichlari sifatida dori vositalarni yoki tibbiy buyumlarni har bir o‘lchov birligiga sotib olish narxi, asosiy bahodan o‘sib boruvchi yakun bilan foiz ko‘rinishidagi savdo qo‘shimchasi, QQSni hisobga olmagan holda savdo qo‘shimchasini (ustamasini) hisobga olgan holda tovarning narxi, realizatsiya qilingan tovarlar, ko‘rsatilgan xizmatlar jami soni (hajmi)ning aksiz solig‘ini qo‘shgan holdagi (QQSsiz) qiymatini majburiy kiritish asosida takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 22 sentyabrdagi “Soliq to‘lovchilarni hisobga olishni yanada takomillashtirish va qo‘shilgan qiymat solig‘ining o‘rnini qoplash tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 595-sonli qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2024 yil 22 apreldagi 30-37690-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida soliq to‘lovchilar faoliyatini nazorat qilish jarayonini dori vositalar realizatsiyasi uchun elektron hisob-fakturalarni to‘ldirish tartibi va uning rekvizit ko‘rsatkichlari sifatida tegishli ma’lumotlarni majburiy kiritish asosida takomillashtirish imkoni yaratilgan;
kontragentlarning faoliyatini baholashda “Avtokameral nazorat tizimi”da foyda solig‘i kesimida qo‘llaniladigan asosiy mezonlar va ulardan foydalanish yo‘nalishlarini belgilash asosida soliq tizimida kontragent soliq to‘lovchilar faoliyatini tekshirish amaliyotini takomillashtirish taklifi Soliq qo‘mitasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2024 yil 22 apreldagi 30-37690-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida soliq tizimida kontragent soliq to‘lovchilar faoliyatini tekshirish amaliyotini takomillashtirish imkoni yaratilgan.