Yulduz Boboqulovna Tursunovaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Sovet hokimiyatining Turkiston-O‘zbekiston SSRdagi ta’lim siyosati (1918-1941-yillar)” mavzusidagi 07.00.01. – “O‘zbekiston tarixi”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B 2021.4.PhD/ Tar 993
Ilmiy rahbar: Muxayyo Srajidinovna Isakova, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Fanlar akademiyasi Tarix instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti. DSc.02/30.12.2019. Tar.56.01.
Rasmiy opponentlar: Baxtiyor Ergashev, tarix fanlari doktori, professor;
Abdulla Rasulov, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: 1918-1941-yillarda sovet hokimiyatining Turkiston – O‘zbekiston SSRda olib borgan ta’lim siyosatini tadqiq etish asosida sovet ta’lim muassasalarining shakllanishi, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarining mohiyati va oqibatlarini ilmiy jihatdan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
1926-yil 7-dekabrda O‘zbekiston SSR Xalq komissarlari kengashining 46-son qaroriga ko֥’ra, shaharlarda faoliyat yuritgan 516 ta maktab va 683 ta maktabgacha ta’lim muassasalarida bepul ta’lim bekor qilingani, ota-onalarning daromadlariga ko‘ra toifalangan to‘lov miqdorlari belgilangani hamda maktablar tashkilotlarga otaliqqa berilgani, natijada davlat zimmasidagi ta’lim xarajatlari qisman engillashtilganligi aniqlangan;
 1927–1940-yillarda milliy maktab va madrasalar to‘liq yopilib, mulkdorlarning musodara qilingan uylari, dala shiyponlar va boshqa moslashtirilgan binolarda 4838 ta sovet maktablari ochilgani, o‘qituvchi va o‘quvchilarning mavsumiy dala ishlariga muntazam jalb etilishi oqibatida aksariyat bitiruvchilarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari qoniqarsiz bo‘lganligi ko‘rsatib berilgan;
 ma’muriy buyruqbozlik asosida tashkil etilgan 28 ta oliy o‘quv yurtlari rusiyzabon aholi ehtiyojlarini inobatga olgan holda ochilgani, milliy guruhlardagi asosiy fanlar rus tilida o‘qitilganligi natijasida o‘zbeklarning ulushi umumiy talabalalar soniga nisbatan 5-6 barobar kam bo‘lganligi, milliy manfaatlar inobatga olinmaganligi dalillangan;
 ta’lim tizimida amalga oshirilgan qatag‘on oqibatida 1933-yildan boshlab “sinfiy yot unsur” ayblovi bilan O‘zbekiston SSRdagi oliy ta’lim talabalarining 30 foizi o‘qishdan chetlatilgani, 1929 – 1941-yillarda maorif sohasi xodimlaridan 420 kishi millatchilikda ayblanib, ulardan 100 ga yaqini o‘lim, qolganlari uzoq muddatli qamoq jazosiga va surgun qilinganligi bois ta’lim, madaniyat, matbuot sohalarida mutaxassislar etishmasligi yuzaga kelganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mavzu yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Sovet hokimiyatining Turkiston-O‘zbekiston SSRdagi ta’lim siyosati (1918-1941-yillar) doirasida olib borilgan izlanishlar davomida olingan ilmiy xulosa va natijalar hamda takliflardan:
1926-yil 7-dekabrda O‘zbekiston SSR Xalq komissarlari kengashining 46-son qaroriga ko֥’ra, shaharlarda faoliyat yuritgan 516 ta maktab va 683 ta maktabgacha ta’lim muassasalarida bepul ta’lim bekor qilingani, ota-onalarning daromadlariga ko‘ra toifalangan to‘lov miqdorlari belgilangani hamda maktablar tashkilotlarga otaliqqa berilgani, natijada davlat zimmasidagi ta’lim xarajatlari qisman engillashtilganligiga oid materiallardan O‘zbekiston Republikasi Fanlar Akademiyasi Tarix institutida bajarilgan 2021-yil 15-apreldagi № 03-05-sonli “Jadid.uz” elektron platformasini yaratishdagi amaliy loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining 2024-yil 8-yanvardagi 3/1255-34-son ma’lumotnomasi). Aniqlangan arxiv hujjatlari ta’lim tarixining kam o‘rganilgan qismini ma’lumotlar bilan to‘ldirishga xizmat qiladi;
ta’lim tizimida amalga oshirilgan qatag‘on oqibatida 1933-yildan boshlab “sinfiy yot unsur” ayblovi bilan O‘zbekiston SSRdagi oliy ta’lim talabalarining 30 foizi o‘qishdan chetlatilgani, 1929 – 1941-yillarda maorif sohasi xodimlaridan 420 kishi millatchilikda ayblanib, ulardan 100 ga yaqini o‘lim, qolganlari uzoq muddatli qamoq jazosiga va surgun qilinganligi bois ta’lim, madaniyat, matbuot sohalarida mutaxassislar etishmasligi yuzaga kelganligiga oid xulosalardan O‘zbekiston Republikasi Fanlar Akademiyasi Tarix institutida bajarilgan 2021-yil 15-apreldagi № 03-05-sonli “Jadid.uz” elektron platformasini yaratishdagi amaliy loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining 2024-yil 8-yanvardagi 3/1255-34-son ma’lumotnomasi). Natijalarning joriy qilinishi sovet hukumati hukmronligi yillarida maorifning holati va tarixini keng o’rganish imkoniyatini yaratgan;
1927–1940-yillarda milliy maktab va madrasalar to‘liq yopilib, mulkdorlarning musodara qilingan uylari, dala shiyponlar va boshqa moslashtirilgan binolarda 4838 ta sovet maktablari ochilgani, o‘qituvchi va o‘quvchilarning mavsumiy dala ishlariga muntazam jalb etilishi oqibatida aksariyat bitiruvchilarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari qoniqarsiz bo‘lganligiga oid xulosalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Ochiq dars” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston MTRK “O‘zbekiston tarixi” telekanalining 2022-yil 4-martdagi 06-31-544-son ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan yangi ma’lumotlar, tarixiy manbalar va ilmiy muomalaga kiritilmagan arxiv hujjatlari asosida O‘zbekiston SSRda sovet hokimiyati yuritgan ta’lim siyosatining asl mohiyatini yoritishda, teletomoshabinlarning ijtimoiy tarix to‘g‘risidagi bilimlarini boyitishga xizmat qilganligi bilan ahamiyatlidir;
ma’muriy buyruqbozlik asosida tashkil etilgan 28 ta oliy o‘quv yurtlari rusiyzabon aholi ehtiyojlarini inobatga olgan holda ochilgani, milliy guruhlardagi asosiy fanlar rus tilida o‘qitilganligi natijasida o‘zbeklarning ulushi umumiy talabalalar soniga nisbatan 5-6 barobar kam bo‘lganligi, milliy manfaatlar inobatga olinmaganligiga oid materiallardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Ochiq dars” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston MTRK “O‘zbekiston tarixi” telekanalining 2022-yil 4-martdagi 06-31-544-son ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan yangi ma’lumotlar, tarixiy manbalar va ilmiy muomalaga kiritilmagan arxiv hujjatlari asosida O‘zbekiston SSRda sovet hokimiyati yuritgan ta’lim siyosatining asl mohiyatini yoritishda, teletomoshabinlarning ijtimoiy tarix to‘g‘risidagi bilimlarini boyitishga xizmat qilganligi bilan ahamiyatlidir.

Yangiliklarga obuna bo‘lish