Akramova Elmira Irkinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek oilalarida avlodlararo munosabatlarning ijtimoiy transformatsiyasi 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 2023.3.PhD/Fal1049
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti PhD.03/30.04.2021.F.76.06.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Abdulazizov Aubduvoxid Xabibullaevich sotsiologiya fanlari nomzodi, v.b. professor
Rasmiy opponentlar: Nazarov Nasriddin Ataqulovich falsafa fanlari doktori (DSc), professor, Arzimatova Inoyatxon Madumarovna falsafa fanlari nomzodi, v.b.professor.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek oilalaridagi avlodlararo munosabatlar transformatsiya jarayonlarining yangi sotsiomadaniy qadriyatlarni shakllanishidagi o‘rni va ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
avlodlararo davomiylik oiladagi o‘zgaruvchan hayot siklining ratsional omili sifatida, avlodlararo munosabatlar transformatsiyasida «avlod» va «zamonaviy avlod» tushunchalari ijtimoiy anglashning falsafiy tamoyillari orqali tahlil qilinib, oiladagi ma’naviy va madaniy qadriyatlar (ideallar, me’yorlar, an’analar) ijtimoiy integratsiyaning transformatsion o‘zgarishlariga bog‘liqligi mantiqiy asoslangan;
avlodlar o‘rtasidagi uzlyuksizlik o‘zbek oilalarining o‘zgaruvchan sharoitlarga moslashish qobiliyatini kuchaytirib avlodlararo munosabatlar sotsiomadaniy tabiatini belgilovchi milliy-etnik xususiyatlar orqali avlodlararo identiklikdagi «yoshlik», «etuklik» va «keksalik» kabi uch stimulning o‘zaro parmanent mentalligiga bog‘liqligi aniqlangan;
zamonaviy o‘zbek jamiyatida avlodlararo munosabatlarda sodir bo‘luvchi ijtimoiy ziddiyatlar an’anaviy oilaning kommunikativ disfunksiyalari yoshlardagi infantillik (ijtimoiylashuv mexanizmlarining buzilishi) dinamikasiga bog‘liq holda migratsiya va marginallik jarayonlarida faollashishi dalillangan;
o‘zbek oilalaridagi aksiologik mustahkam rishtalarning mavjudligi, zamonaviy oila oldida turgan ko‘plab muammolarni hal etishning ratsional omili ekanligi avlodlararo munosabatlar jarayonida yangi sotsiomadaniy qadriyatlarni umumlashtiruvchi aksiologik ierarxiya (aksiologik ong - qadriyat - faoliyat birligi)ning vorisiylik tamoyillariga asoslanishi falsafiy ochib berilgan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Avlodlararo munosabatlarda yangi sotsiomadaniy qadriyatlar shakllanishining omili sifatida o‘rganish natijasida ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
avlodlararo davomiylik oiladagi o‘zgaruvchan hayot siklining ratsional omili sifatida, avlodlararo munosabatlar ijtimoiy transformatsiyasida «avlod» va «zamonaviy avlod» tushunchalarining falsafiy jihatlariga oid xulosa va tavsiyalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston» teleradiokanalining 2022-yil avgust va oktyabr oylaridagi «Ta’lim va taraqqiyot», «Millat va ma’naviyat», «Bolalar va biz»  ko‘rsatuvlarini  samarali tashkil etishda, ularning dastur va ssenariylarini tayyorlashda foydalanildi (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi 2022-yil 9-noyabrdagi 23-22 - son ma’lumotnomasi). Natijada, oiladagi ijtimoiy va madaniy qadriyatlar (ideallar, me’yorlar, an’analar) ijtimoiy integratsiyaning transformatsion o‘zgarishlariga bog‘liq dastur va senariylarini ishlab chiqishga xizmat qilgan;
avlodlar o‘rtasidagi uzlyuksizlik o‘zbek oilalarining o‘zgaruvchan sharoitlarga moslashish qobiliyatini kuchaytirib avlodlararo munosabatlar sotsiomadaniy tabiatini belgilovchi milliy-etnik xususiyatlarni ochib berishga doir taklif va tavsiyalaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022-yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining III “Oila, ta’lim tashkilotlari va mahallalarda ma’naviy tarbiyaning uzviyligini ta’minlashga doir chora-tadbirlar» yo‘nalishining 16-bandi «Oila mustahkamligi, er va xotinning ota-ona, bir biri oldidagi burch va vazifalari, oilaviy zo‘ravonliklarning kelib chiqish sabablari, oila asoslarini mustahkamlashda diniy va milliy o‘rni qadriyatlarning o‘rni» masalasida «Oila - ma’naviyat qo‘rg‘oni» mavzusidagi davra suhbatlari dasturlari va senariylarini tashkil etishda foydalanilgan  (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy ma’naviy tadqiqotlar institutining 2022-yil 23-noyabrdagi 348-son ma’lumotnoma). Natijada, avlodlararo identiklikdagi «yoshlik», «etuklik» va «keksalik» kabi uch stimulning o‘zaro parmanent mentalligi oilaning transformatsion o‘zgarishlariga asoslanishi, sog‘lom turmush tarzini taraqqiy ettirishga xizmat qilgan;
zamonaviy o‘zbek jamiyatida avlodlararo munosabatlarda sodir bo‘luvchi ijtimoiy ziddiyatlar an’anaviy oilaning kommunikativ disfunksiyalariga doir taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston» teleradiokanalining 2022-yil avgust va oktyabr oylaridagi «Ta’lim va taraqqiyot», «Millat va ma’naviyat», «Bolalar va biz»  ko‘rsatuvlarini  samarali tashkil etishda, ularning dastur va ssenariylarini tayyorlashda foydalanildi (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi  2022-yil 9-noyabrdagi 23-22 - son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlardagi ijtimoiy infantillik (ijtimoiylashuv mexanizmlarining buzilishi)ning ijtimoiy dinamikasiga bog‘liq holda migratsiya va marginallik jarayonlarida faollashishini dalillashga, oilada avlodlar o‘rtasida ikki tomonlama tajriba almashish va ongli meros bilan tavsiflangan davomiylikni ochib berishga, xizmat qilgan.
o‘zbek oilalaridagi aksiologik mustahkam rishtalarning mavjudligi, zamonaviy oila oldida turgan ko‘plab muammolarni hal etishning ratsional parametrlari aniqlashga oid taklif va tavsiyalaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazning 2022-yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining III. «Oila, ta’lim tashkilotlari va mahallalarda ma’naviy tarbiyaning uzviyligini ta’minlashga doir chora-tadbirlar» yo‘nalishining 16-bandi «Oila mustahkamligi, er va xotinning ota-ona, bir biri oldidagi burch va vazifalari, oilaviy zo‘ravonliklarning kelib chiqish sabablari, oila asoslarini mustahkamlashda diniy va milliy o‘rni qadriyatlarning o‘rni» masalasida «Oila - ma’naviyat qo‘rg‘oni» mavzusidagi davra suhbatlari dasturlari va senariylarini tashkil etishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy ma’naviy tadqiqotlar institutining 2022-yil 23-noyabrdagi 348-sonli ma’lumotnoma). Natijada, avlodlararo munosabatlar jarayonida yangi sotsiomadaniy qadriyatlarni umumlashtiruvchi aksiologik ierarxiya (aksiologik ong - qadriyat - faoliyat birligi) vorisiylik tamoyillariga asoslanishini ochib berishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish