Mallaeva Feruza Radjabalievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Qashqadaryo viloyatida neft – gaz sanoati korxonalarining barpo etilishi va mustaqillik yillarida rivojlanish tarixi”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Tar1230
Ilmiy rahbar: Qodirova Mamlakat Muminovna, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat unversiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti. PhD.03/27.02.2021.Tar.70.05.
Rasmiy opponentlar: Eshbolta Atamuratovich Qobulov, tarix fanlari doktori, professor, Charos Xusanovna Temirova, tarix fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda neft-gaz sanoatining yo‘lga qo‘yilishi hamda rivojlantirilishini Qashqadaryo viloyati misolida ilmiy tadqiq etish hisoblanadi.
III.. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Istiqlolning ilk yillarida mamlakat iqtisodiyotining boshqa sohalarida bo‘lgani kabi neft-gaz sanoati sohasidagi muammoli vaziyatlar, sohani isloh qilish yuzasidan respublika hukumati tomonidan amalga oshirilgan islohotlar, mazkur sohani rivojlantirishning huquqiy asoslarining yaratilishi masalalari, korxonalar ishlab chiqarish quvvatlarining oshirilishi, yangi konlar va zaxiralarning o‘zlashtirilishi, ishlab chiqarish korxonalari moddiy-texnika bazasining mustahkamlanishiga doir tadbirlar natijalari tahlil etilgan;
Qashqadaryo viloyati hududa dastlabki neft va gaz konlarning ishga tushirilishi, Muborak gazni qayta ishlash zavodi hamda Sho‘rtanneftgaz boshqarmasi faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi, ushbu korxonalarda amalga oshirilgan strukturaviy o‘zgarishlar, yangi ishlab chiqarish kuchlarining tashkil etilishi, qishloqlar va boshqa aholi manzillarining tabiiy gaz bilan ta’minlanish masalalari yoritib berilgan;
mustaqillik yillarida Muborak gazni qayta ishlash zavodi, Sho‘rtan konlarni boshqarish boshqarmasi hamda Sho‘rtanneftgaz boshqarmasida yuz bergan tizimli o‘zgarishlar, mazkur korxonalarning qaytadan modernizatsiya qilinishi, ishlab chiqarilgan mahsulotlarning mahalliy va xorijiy bozorga yo‘naltirilishi kabi masalalar aniqlangan;
mamlakatdagi eng yirik zavodlardan biri bo‘lgan Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasining ishga tushirilishi, mazkur korxonaning viloyat aholisi ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi ahamiyati va erishgan yutuqlari, neft-gaz sanoati korxonalarini rivojlantirishda xorijiy investisiyalarni jalb etish va sohani rivojlantirishda uning ahamiyati kabi masalalar ilmiy muomalaga kiritildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qashqadaryo viloyatida neft-gaz sanoati sohasi tarixiga oid ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
istiqlolning dastlabki yillarda respublikada neft va gaz sanoati sohasidagi islohotlar va uning natijalari, Muborak va Sho‘rtan sanoat korxonalarining barpo etilish tarixi, Muborak gazni qayta ishlash zavodida mustaqillik yillarida yuz bergan o‘zgarishlar, yangi ishlab chiqarish kuchlarining ishga tushirilishi, “Sho‘rtanneftegaz” korxonasidagi transformatsiya jarayonlari va aholini neft va gaz mahsulotlari bilan ta’minlashdagi o‘rni “Taqdimot” ko‘rsatuvida bayon etib berilgan (“O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali” davlat muassasasining 2023 yilning 25yanvardagi 06-31-125-son ma’lumotnomasi);
Qashqadaryo viloyati hududa dastlabki neft va gaz konlarning ishga tushirilishi, Muborak gazni qayta ishlash zavodi hamda Sho‘rtanneftgaz boshqarmasi faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi, ushbu korxonalarda amalga oshirilgan strukturaviy o‘zgarishlar, yangi ishlab chiqarish kuchlarining tashkil etilishi, qishloqlar va boshqa aholi manzillarining tabiiy gaz bilan ta’minlanish masalalari, shuningdek, Qashqadaryo viloyati neft-gaz sanoatini kadrlar bilan ta’minlash muammolari jarayoniga oid ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan (“O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali” davlat muassasasining 2023 yilning 25yanvardagi 06-31-125-son ma’lumotnomasi). Natijada Yangi O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy yuksalish sharoitida neft-gaz sanoati rivojlanish konsepsiyasini amalga oshirishga va sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorligini oshirish imkoniyati yaratilgan;
mustaqillik yillarida Muborak gazni qayta ishlash zavodi, Sho‘rtan konlarni boshqarish boshqarmasi hamda Sho‘rtanneftgaz boshqarmasida yuz bergan tizimli o‘zgarishlar, mazkur korxonalarning qaytadan modernizatsiya qilinishi, ishlab chiqarilgan mahsulotlarning mahalliy va xorijiy bozorga yo‘naltirilishi, neft va gaz sanoati sohasidagi islohotlar va uning natijalarini asoslash kabi masalalar “Sho‘rtanneftegaz” majmuasi muzeyini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligiining 2023 yilning 26-maydagi 03-18-8-402 ma’lumotnomasi);
mamlakatdagi eng yirik zavodlardan biri bo‘lgan Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasining ishga tushirilishi, mazkur korxonaning viloyat aholisi ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi ahamiyati va erishgan yutuqlari, neft-gaz sanoati korxonalarini rivojlantirishda xorijiy investisiyalarni jalb etish va sohani rivojlantirishda uning ahamiyati, Muborak gazni qayta ishlash zavodida mustaqillik yillarida yuz bergan o‘zgarishlar, “Sho‘rtanneftegaz” korxonasidagi transformatsiya jarayonlarining ahamiyati, “Sho‘rtangazkimyo” majmuasining ishga tushirilishi, rivojlanishi, “Sho‘rtangazkimyo” majmuasini modernizatsiya qilishda xorijiy investisiyalarning o‘rni va Qashqadaryo viloyati neft-gaz sanoatini kadrlar bilan ta’minlanishiga oid ma’lumotlardan Qashqadaryo viloyati Sho‘rtangazkimyo majmuasi muzeyini shakllantirishda foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligiining 2023 yilning 26-maydagi 03-18-8-402 ma’lumotnomasi). Bu esa yoshlar ongida O‘zbekiston neft-gaz sanoati rivojida Qashqadaryo viloyati yoqilg‘i korxonalarining o‘rni to‘g‘risida tasavvur shakllanishiga imkon bergan.