Xakimov Ulug‘bek Abdullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Pensiya jamg‘armasining daromadlarini shakllantirish mexanizmini takomillashtirish”, 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Iqt2013.
Ilmiy rahbar: Karimov Norboy G‘anievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Kuzieva Nargiza Ramazonovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Nurullaev Abdulaziz Sirojiddinovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston  Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi pensiya jamg‘armasining daromadlarini shakllantirish mexanizmini takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zini-o‘zi band qilgan va shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining boshqa turlarini etishtirish bilan band bo‘lgan shaxslar tomonidan ijtimoiy soliq to‘langan davrlar pensiya tayinlash uchun mehnat stajiga qo‘shib hisoblash taklif etilgan;
inflyasiya natijasidagi yo‘qotishlarning oldini olish maqsadida daromadlarning indeksatsiya qilinishi pensiya miqdorini qayta hisoblab chiqish uchun asos bo‘lib xizmat qilishi ilmiy asoslangan;
ish haqiga mintaqaviy koeffisientlar belgilangan tumanlarda (shaharlarda) ishlagan shaxslar uchun pensiyalarni qayta hisoblashda mintaqaviy koeffisient hisobga olingan holda hisoblab chiqilgan amaldagi ish haqini hisobga olish taklif etilgan;
chet ellarda ishlayotgan fuqarolarning hamda ish vaqtini hisobga olib bo‘lmaydigan shaxslarning ayrim toifalari tomonidan Pensiya jamg‘armasiga to‘lovlar amalga oshirish mexanizmi taklif qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Pensiya jamg‘armasining daromadlarini shakllantirish mexanizmini takomillashtirish borasidagi tadqiqotlardan olingan ilmiy natijalar asosida:
ijtimoiy soliq to‘langan davrlar pensiya tayinlash uchun mehnat stajiga qo‘shib hisoblash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil
13-oktyabrdagi 592-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida nizom”ning 39-bandida o‘z aksini topgan (Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 13-iyundagi 01/30-03-32/1044-son, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2023-yil 13-fevraldagi 14/3-16921-son ma’lumotnomalari). Bunda qoramol etishtirish hamda shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklarida etishtirilgan chorvachilik mahsulotlarini sotish‚ shuningdek, shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining boshqa turlarini (o‘simlikshunoslik, chorvachilik, baliqchilik mahsulotlarini) etishtirish bilan band bo‘lgan shaxslar, maydoni to‘rt sotixdan kam bo‘lmagan dehqon xo‘jaligida, tomorqa erida band bo‘lgan yoki ushbu maydonda qoramol yoxud 50 boshdan kam bo‘lmagan parranda etishtirish bilan band bo‘lgan jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 408-moddasida belgilangan tartiblar asosida ijtimoiy soliq to‘langan davrlar pensiya tayinlash uchun mehnat stajiga qo‘shib hisoblanadi. Natijada, pensiyalar tayinlash uchun ish stajini hisoblab chiqish va tasdiqlash tartibi takomillashtirilgan;
pensiya miqdorini qayta hisoblab chiqish uchun daromadlarning indeksatsiya qilinishi asos bo‘lib xizmat qilishi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-oktyabrdagi 592-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida nizom”ning 126-bandining “e” kichik bandida o‘z aksini topgan (Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 13-iyundagi 01/30-03-32/1044-son, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2023-yil 13-fevraldagi 14/3-16921-son ma’lumotnomalari). Natijada, pensiyani qayta hisoblab chiqish tartibi takomillashtirilgan;
ish haqiga mintaqaviy koeffisientlar belgilangan tumanlarda (shaharlarda) ishlagan shaxsga pensiyalarni qayta hisoblashda mintaqaviy koeffisient hisobga olingan holda hisoblab chiqilgan amaldagi ish haqini hisobga olish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-oktyabrdagi 592-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida nizom”ning 126-bandining “e” kichik bandida o‘z aksini topgan (Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 13-iyundagi 01/30-03-32/1044-son, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2023-yil 13-fevraldagi 14/3-16921-son ma’lumotnomalari). Natijada, ish haqiga mintaqaviy koeffisientlar belgilangan tumanlarda (shaharlarda) ishlagan shaxsga pensiyani qayta hisoblab chiqish tartibi takomillashtirilgan;
chet elda ishlayotgan fuqarolar hamda ish vaqtini hisobga olib bo‘lmaydigan shaxslarning ayrim toifalari tomonidan Pensiya jamg‘armasiga to‘lovlar amalga oshirish mexanizmi joriy etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2016-yil 22-fevraldagi “Chet elda ishlayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari hamda ish vaqtini hisobga olib bo‘lmaydigan shaxslarning ayrim toifalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga yagona ijtimoiy to‘lov to‘lash tartibini, shuningdek ularning pensiyani hisoblash uchun olinadigan ish stajini va ish haqi miqdorini hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 46-son qarori aks ettirilgan (Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 13-iyundagi 01/30-03-32/1044-son, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2023-yil 13-fevraldagi 14/3-16921-son ma’lumotnomalari). Natijada, 2022-yillarda chet elda ishlayotgan fuqarolar hamda ish vaqtini hisobga olib bo‘lmaydigan shaxslarning ayrim toifalari tomonidan to‘lanadigan to‘lovlar summalari bir xillashtirildi. Natijada ushbu toifadagi shaxslar tomonidan Pensiya jamg‘armasiga to‘lovlar 2021-yilga nisbatan 61 foizga yoki 36,0 mlrd. so‘mga ortgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish