Yo‘ldosheva Umida Usmonovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ijtimoiy tadbirkorlik sotsiodinamikasi va uni mahallalarda rivojlantirish istiqbollari”, 22.00.02 – “Ijtimoiy tuzilish, ijtimoiy institutlar va turmush tarzi” ixtisosligi bo‘yicha
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1 PhD/S118
Ilmiy rahbar: Egamberdieva Nodira Melibaevna, pedagogika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.21/30.10.2020.Ped/S.127.01
Rasmiy opponentlar: Seitov Azamat Po‘latovich, sotsiologiya fanlari doktori, dotsent; To‘raev Odiljon Bekmurod o‘g‘li, sotsiologiya bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda ijtimoiy tadbirkorlikning sotsiodinamikasidan kelib chiqqan holda mahallalarda ijtimoiy tadbirkorlikni rivojlantirish istiqbollari bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“ijtimoiy tadbirkorlik” ta’riflarining umumlashma ma’lumotlari asosida uning “korporativ ijtimoiy mas’uliyat”, “ijtimoiy intraprenerlik” kabi tegishli farqlari belgilab olinishi “ijtimoiy tadbirkorlik” tushunchasining konseptual-kategorik apparatining sotsiologik mohiyati asoslantirilgan;
O‘zbekistonda ijtimoiy tadbirkorlikning sosiodinamikasini e’tiborga olib, qonunchilik va institutsional muhitni moliyalashtirish, qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari asosida takomillashtirilishi negizida ijtimoiy tadbirkorlikni rivojlantirish vektorlari belgilab olingan;
keys uslubidan foydalanish negizida aholining ijtimoiy tadbirkorlikdan xabardorlik darajasi, faoliyatni boshlashga motivatsiyasi, to‘sqinlik qiluvchi asosiy omillar (gender jihatlari), ijtimoiy-iqtisodiy muammolar, salohiyati, talabi, taklifi ijtimoiy tadbirkorlikni rivojlanishini belgilab beruvchi omillar ekanligi sotsiologik asoslantirilgan;
institutsional baza negizida ta’lim dasturlari, jamoatchilik xabardorligini oshirish, hamkorlik va tarmoqlarni rivojlantirish kabi omillardan iborat ijtimoiy tadbirkorlik subektlarining harakatlari tartibini tavsiflovchi ko‘rsatmalar to‘plami ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
“Ijtimoiy tadbirkorlik” ta’riflarining umumlashma ma’lumotlari asosida uning “korporativ ijtimoiy mas’uliyat”, “ijtimoiy intraprenerlik” kabi tegishli farqlari belgilab olinishi “ijtimoiy tadbirkorlik” tushunchasining konseptual-kategorik apparatining sotsiologik mohiyati asoslantirilishi yuzasidan ilmiy takliflardan “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot institutining “Mahallalarda aholi bandligi darajasini oshirishda oilaviy tadbirkorlik imkoniyatlaridan foydalanish” nomli JHBL-79 loyihasida foydalanildi. Natijada, oilaviy tadbirkorlik faoliyatini ilgari surish jarayonida ijtimoiy tadbirkorlik amaliyotlarini integratsiyalash va rivojlantirishga yordam beradigan bir qator asosiy jihatlar ilgari surildi. Ilmiy xulosalar "ijtimoiy tadbirkorlik" tushunchasining mohiyatini chuqurroq anglash imkonini berdi, bu esa iqtisodiy maqsadga muvofiqlik va ijtimoiy javobgarlik o‘rtasidagi o‘zaro bog'lanish sifatida namoyon bo‘ldi. Bu o‘z navbatida, oilaviy tadbirkorlik doirasida ijtimoiy tadbirkorlikning samarali strategiyalarini ishlab chiqish va joriy etish uchun asos yaratdi (“Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot institutining 2024-yil 26-yanvardagi 01-09/1783-sonli ma’lumotnomasi). Natijalar shuni ko‘rsatdiki, ijtimoiy tadbirkorlik amaliyotlarini oilaviy korxonalarning faoliyatiga integratsiyalash nafaqat ularning barqarorligi va raqobatbardoshligini oshirishga yordam beradi, balki mahalliy hamjamiyatlarning rivojlanishiga ham hissa qo‘shadi, bu esa ilmiy yutuqlarning ahamiyatini yanada oshiradi
O‘zbekistonda ijtimoiy tadbirkorlikning sosiodinamikasini e’tiborga olib, qonunchilik va institutsional muhitni moliyalashtirish, qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari asosida takomillashtirilishi negizida ijtimoiy tadbirkorlikni rivojlantirish vektorlari belgilab olinishi bo‘yicha takliflardan Tadbirkorlik kodeksi loyihasini ishlab chiqishda hamda aholining huquqiy savodxonligini oshirish, bepul yuridik xizmatlar ko‘rsatish tizimini takomillashtirish bo‘yicha tadbirlarda qo‘llanildi (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2024-yil 1-fevraldagi 11/4-6/1639-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ijtimoiy tadbirkorlikni institutsional bazasi va huquqiy tartibga solish imkoniyati yaratildi, bu esa uning keyingi rivojlanishi uchun muhim turtki bo‘lishi mumkin. Ijtimoiy tadbirkorlik uchun aniq huquqiy asos va institutiyalashgan tizimni o‘rnatish nafaqat uning iqtisodiy barqarorligini, balki ijtimoiy integratsiyasini ham qo‘llab-quvvatlaydi va o‘z navbatida, turli ijtimoiy-iqtisodiy soha ishtirokchilari o‘rtasida yanada samarali o‘zaro aloqalarni ta'minlaydi, iqtisodiy maqsadlar va jamiyatning ijtimoiy ehtiyojlari o‘rtasida muvozanatga erishishga yordam beradi;
Keys uslubidan foydalanish negizida aholining ijtimoiy tadbirkorlikdan xabardorlik darajasi, faoliyatni boshlashga motivatsiyasi, to‘sqinlik qiluvchi asosiy omillar (gender jihatlari), ijtimoiy-iqtisodiy muammolar, salohiyati, talabi, taklifi ijtimoiy tadbirkorlikni rivojlanishini belgilab beruvchi omillar ekanligi sotsiologik asoslantirishidan, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamda Jahon banki hamkorligida amalga oshirilayotgan “Qishloq ayollarining iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasida yordamga muhtoj ayollarni safarbar etishning ilmiy-amaliy mexanizmlarini aniqlash, ularning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish va ijtimoiy yo‘naltirilgan tadbirkorlik amaliyotini amalga oshirish faoliyatida foydalanildgan (O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar Qo‘mitasining 2024-yil 15-fevraldagi 02-01/224-sonli ma’lumotnomasi). Naijada aholining xususan, qishloq ayollarining iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish va muhtoj ayollarni safarbar etishning ilmiy-amaliy mexanizmlarini yanada keng tushinish hamda ularning iqtisodiy imkoniyatlari borasidagi ko‘nikmalarini oshrishga xizmat qilgan
institutsional baza negizida ta’lim dasturlari, jamoatchilik xabardorligini oshirish, hamkorlik va tarmoqlarni rivojlantirish kabi omillardan iborat ijtimoiy tadbirkorlik subektlarining harakatlari tartibini tavsiflovchi ko‘rsatmalar to‘plami ishlab chiqilishi Norvegiyadagi o‘zbek va O‘rta Osiyo diasporasi o‘rtasida yarim tizimli va chuqur ekspert intervyularini o‘tkazishda, O‘zbekiston va Norvegiyada ijtimoiy yo‘naltirilgan tadbirkorlikni statistik tahlil qilishda va normativ-huquqiy bazani tahlil qilish orqali ijtimoiy tadbirkorlikning sotsiodinamikasi o‘rganishda, uning rivojlanish vektorlari aniqlashda foydalanildi (Norvegiya Bergen shahridagi Kristian Mixelsen ilmiy-tadqiqot institutining 2024-yil 15-yanvardagi ma’lumotnomasi). Ushbu natijalar Norvegiyada Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror rivojlanish maqsadlaridan biri bo‘lgan moliyaviy kirish va inklyuzivlikni yaxshilash jarayonida qo‘llanilish imkoniyanini yanada oshirdi.