Mamataxunov Nozim Azizovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Samarqand kalom maktabining shakllanishida iyodiylar oilasining o‘rni (IX-X asrlar)” 24.00.01 – Islom tarixi va manbashunosligi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Tar748.
Ilmiy rahbar: Islomov Zohidjon Mahmudovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, DSc.35/30.12.2019.Isl/Tar/F.57.01.
Rasmiy opponentlar: tarix fanlari doktori, professor Hasanov Ahadjon Ahmadjonovich; tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori Primov Soatmurod Uralovich.
Yetakchi tashkilot: Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi IX-X asrlarda Movarounnahrda Samarqand kalom maktabining shakllanishida iyodiylar sulolasi vakillarining o‘rnini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qur’on oyatlari (6 ta oyat) va hadislarda (143 ta hadis) ovqatlanish odobi  (اداب الطعام), IX-X asrlarda “Daru-l-juzjoniya” va “Daru-l-iyodiya” oilasi vakillarining  adashgan oqimlar tomonidan ko‘tarilgan Alloh, uning ismi va sifatlari, kalomi, oxirat, Allohni ko‘rish, qabr azobi, gunoh qilgan mo‘minning hukmi va taqdir borasidagi bahsli masalalarni o‘nta (مسائل العشر) masalaga jamlab, tizimlashtirgani va sodda tarzda keng ommaga etkazib bergani Movarounnahrdagi aqidaviy ixtiloflarning oldini olish hamda sog‘lom e’tiqodni muhofaza qilishga xizmat qilgani aniqlangan;
“Daru-l-juzjoniya”ning eng yirik olimi bo‘lgan Abu Nasr Iyodiyning qarashlari keyingi davr kalom ilmidagi bahsli mavzular sabab o‘zgargani hamda o‘g‘illari –Abu Bakr Iyodiy va Abu Ahmad Iyodiy tomonidan rivojlantirilishi natijasida alohida “Daru-l-iyodiya” nomli maktabga asos solinishiga olib kelgani dalillangan;
Samarqand kalom maktabi vakillarining faoliyati asosan o‘z davrida yuzaga kelgan aqidaviy ixtiloflarning oldini olishga qaratilgani “Daru-l-juzjoniya”larning imon, mutashobih oyatlar ta’vili, kalom haqida, “Daru-l-iyodiya” vakillari ko‘proq Allohning ismi va sifatlari, Qur’on, shafoat, qabr azobi va taqdir borasidagi masalalarga urg‘u bergani bilan dalillangan;
faqat aqlga tayanuvchi toifalarga raddiya berish maqsadida “Daru-l-juzjoniya” vakillari aqidaviy masalalarda aqliy-mantiqiy fikr va ta’vilga urg‘u bergani, “Daru-l-iyodiya” vakillari esa salafi solihlar yo‘lidan borib, faqat naqliy dalil (oyat va hadis)ga tayangani hamda ta’vildan mutlaqo chetda bo‘lgani bois ikki oila o‘rtasida bo‘lib o‘tgan bahs-munozaralar Samarqandda kalom ilmi rivojlanishiga nazariy asos bo‘lib xizmat qilgani isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Samarqand kalom maktabining shakllanishida iyodiylar oilasining o‘rnini tadqiq etish natijasida ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar va takliflar asosida:
IX-X asrlarda “Daru-l-juzjoniya” va “Daru-l-iyodiya” oilasi vakillarining  adashgan oqimlar tomonidan ko‘tarilgan Alloh, uning ismi va sifatlari, kalomi, oxirat, Allohni ko‘rish, qabr azobi, gunoh qilgan mo‘minning hukmi va taqdir borasidagi bahsli masalalarni o‘nta (مسائل العشر) masalaga jamlab, tizimlashtirgani va sodda tarzda keng ommaga etkazib bergani Movarounnahrdagi aqidaviy ixtiloflarning oldini olish hamda sog‘lom e’tiqodni muhofaza qilishga xizmat qilgani aniqlangani to‘g‘risidagi ilmiy xulosalar buyurtma asosida tayyorlangan “Islomshunoslik qomusiy lug‘ati”ning I va II nomli kitoblar mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining 17.02.2024 yildagi 02-02/02/1/452 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, kalom ilmiga oid atamalar va ularning mazmuni haqidagi ma’lumotlar ilmiy jamoatchilikka etib borishiga xizmat qilgan;
“Daru-l-juzjoniya”ning eng yirik olimi bo‘lgan Abu Nasr Iyodiyning qarashlari keyingi davr kalom ilmidagi bahsli mavzular sabab o‘zgargani hamda o‘g‘illari Abu Bakr Iyodiy va Abu Ahmad Iyodiy tomonidan rivojlantirilishi natijasida alohida “Daru-l-iyodiya” nomli maktabga asos solishga olib kelgani dalillangani xususidagi ilmiy xulosalar buyurtma asosida chop etilgan “Samarqandlik allomalar”, “Movarounnahrda Moturidiya kalom ilmi maktabi” kitoblari mazmuniga singdirilgan (Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 06.01.2023 yildagi 02/14 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, moturidiylik ta’limoti asoslari, tarixi va uning mazmun-mohiyatini yoshlarga yetkazish hamda ularda sog‘lom e’tiqodni shakllantirishda muhim kasb etgan;
Samarqand kalom maktabi vakillarining faoliyati asosan o‘z davrida yuzaga kelgan aqidaviy ixtiloflarni oldini olishga qaratilgani “Daru-l-juzjoniya”larning imon, mutashobih oyatlar ta’vili, kalom haqida, “Daru-l-iyodiya” vakillari ko‘proq Allohning ismi va sifatlari, Qur’on, shafoat, qabr azobi va taqdir borasidagi masalalarga urg‘u bergani bilan dalillangani xususidagi ilmiy xulosalar Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti talabalari uchun tayyorlangan “Kalom ilmi”, “Moturidiya ta’limoti tarixi” nomli o‘quv qo‘llanmalar mazmuniga singdirilgan (Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutining 04.01.2023 yildagi 01 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning Samarqand kalom maktabi, “Daru-l-juzjoniya” va “Daru-l-iyodiya” oilasi vakillari faoliyati to‘g‘risidagi bilimlarining boyishiga  xizmat qilgan;
faqat aqlga tayanuvchi toifalarga raddiya berish maqsadida “Daru-l-juzjoniya” vakillari aqidaviy masalalarda aqliy-mantiqiy fikr va ta’vilga urg‘u bergani, “Daru-l-iyodiya” vakillari esa salafi solihlar yo‘lidan borib, faqat naqliy dalil (oyat va hadis)ga tayangani hamda ta’vildan mutlaqo chetda bo‘lgani bois ikki oila o‘rtasida bo‘lib o‘tgan bahs-munozaralar Samarqandda kalom ilmi rivojlanishiga nazariy asos bo‘lib xizmat qilgani isbotlangani to‘g‘risida olingan ilmiy xulosalardan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ilmiy-tarixiy konsepsiyasining “Jaholatga qarshi ma’rifat” bandini ishlab chiqish va amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining 09.01.2023 yildagi 08-17/12 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, aholining sog‘ islom aqidasi hamda sog‘lom e’tiqod asoslariga doir keng bilimlarinig shakllanishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish