Xusanov Murodjon Sunnatullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Milliy iqtisodiyotda xizmatlar sohasining tutgan o‘rnini makroiqtisodiy tadqiq qilish”, 08.00.02 – Makroiqtisodiyot.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Iqt563.
Ilmiy rahbar: Begalov Baxodir Abdusalomovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.01.2021.I.16.03.
Rasmiy opponentlar: Axmedieva Aliya Toxtarovna iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xashimov Pazliddin Zukurovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasi milliy iqtisodiyotning xususiyatlari, o‘ziga xos ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlari va jihatlarini hisobga olgan holda xizmat ko‘rsatish sohasining makroiqtisodiy rivojlanishga ta’sirini tizimli tahlil qilish va baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Uslubiy yondashuvga ko‘ra “xizmatlar sohasini rivojlantirish strategiyasi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni xizmatlar sohasini samarali va barqaror rivojlantirishga qaratilgan uzoq muddatli dasturlarni ishlab chiqish, sohaning rivojlanish tendensiyalarini statistik tadqiq etish jarayonida foydalanish uchun tasniflash mezonlari va xususiyatlari hamda xizmatlar sohasining real rivojlanish darajasini baholash jarayonlariga kompleks integral ko‘rsatkichlar modelini tatbiq etish asosida takomillashtirilgan;
Xizmatlar sohasi ishlab chiqarish hajmi, bandlar, asosiy fondlari, uy xo‘jaliklari xarajatlari, AKT xizmatlarining ulushi orqali ifodalanuvchi xizmatlar sohasining makroiqtisodiy transformatsiya ko‘rsatkichlarini qo‘llash orqali milliy iqtisodiyotda xizmat ko‘rsatish sohasini kompleks tahlil qilish samaradorligini ta’minlash asoslangan;
Milliy iqtisodiyotda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan inqirozli vaziyatlarda xizmatlar sohasi rivojlanishiga ta’sir etuvchi ichki va tashqi moliyaviy-iqtisodiy omillarning ta’sirini baholashda asosiy vositalarning eskirishi (KI=a1<-1), kadrlar almashinuvi (T=a2<-1), innovatsiyalarga yo‘naltirilgan investisiyalar (In=a3>1), raqamli iqtisodiyot ulushi (RI=a4>1), inflyasiya darajasi (deflyator) (D=a5→0), kreditlar foiz stavkasi (S=-1<a6<0), milliy valyutaning o‘rtacha yillik qiymati (K=a7→0) bo‘yicha elastiklik koeffisientini o‘zgartirishning eng maqbul diapazoni asoslangan;
O‘zbekistonda xizmatlar sohasida tarkibiy o‘zgarishlar va rivojlanish tendensiyalarini vaqt qatorlaridan foydalanib iqtisodiy-statistik tahlil qilishning avtoregressiya integratsiyalashgan modeli asosida 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida xizmatlar sohasining ta’sirini tadqiq etish va prognozlash bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “xizmatlar sohasini rivojlantirish strategiyasi” tushunchasining iqtisodiy mazmunini xizmatlar sohasini samarali va barqaror rivojlantirishga qaratilgan uzoq muddatli dasturlarni ishlab chiqish, sohaning rivojlanish tendensiyalarini statistik tadqiq etish jarayonida foydalanish uchun tasniflash mezonlari va xususiyatlari hamda xizmatlar sohasining real rivojlanish darajasini baholash jarayonlariga kompleks integral ko‘rsatkichlar modelini tatbiq etish asosida takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan (Tashkent International University direktorining 2024-yil 14-avgustdagi 01/187-2-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda xizmatlar sohasining real rivojlanish darajasini baholash jarayonlariga kompleks integral ko‘rsatkichlar modelini tatbiq etish asosida takomillashtirilgan “xizmatlar sohasini rivojlantirish strategiyasi” tushunchasi yuzasidan nazariy bilimlarni chuqurlashtirish imkoni yaratilgan;
xizmatlar sohasi ishlab chiqarish hajmi, bandlar, asosiy fondlari, uy xo‘jaliklari xarajatlari, AKT xizmatlarining ulushi orqali ifodalanuvchi xizmatlar sohasining makroiqtisodiy transformatsiya ko‘rsatkichlarini qo‘llash orqali milliy iqtisodiyotda xizmat ko‘rsatish sohasini kompleks tahlil qilish samaradorligini ta’minlash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 27-iyuldagi 08/52-1-15626-sonli hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining 2024-yil 4-iyuldagi 1/3-14-16/2-48-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi taklif etilayotgan yondashuv xizmatlarning turlari kesimida hisobot davrining taqqoslama narxlardagi hajmini hisoblash va natijada xizmatlar sohasining real rivojlanish darajasini baholash, shu bilan birga, tahlil maqsadidan kelib chiqqan holda, xizmatlarning alohida turlarining rivojlanish holatini ham tahlil qilish bo‘yicha mavjud uslubiyot va amaliyotni takomillashtirishga xizmat qilgan;
milliy iqtisodiyotda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan inqirozli vaziyatlarda xizmatlar sohasi rivojlanishiga ta’sir etuvchi ichki va tashqi moliyaviy-iqtisodiy omillarning ta’sirini baholashda asosiy vositalarning eskirishi (KI=a1<-1), kadrlar almashinuvi (T=a2<-1), innovatsiyalarga yo‘naltirilgan investisiyalar (In=a3>1), raqamli iqtisodiyot ulushi (RI=a4>1), inflyasiya darajasi (deflyator) (D=a5→0), kreditlar foiz stavkasi (S=-1<a6<0), milliy valyutaning o‘rtacha yillik qiymati (K=a7→0) bo‘yicha elastiklik koeffisientini o‘zgartirishning eng maqbul diapazonini asoslash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 27-iyuldagi 08/52-1-15626-sonli hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining 2024-yil 4-iyuldagi 1/3-14-16/2-48-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida xizmatlar sohasi rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillarning ta’sirini iqtisodiy-statistik baholashning uslubiy asoslari takomillashtirilgan, tahlillar sifati oshirilib, sohani rivojlantirish bo‘yicha maqsadli dasturlarni ishlab chiqish jarayonida barcha omillarni inobatga olishga erishilgan;
O‘zbekistonda xizmatlar sohasida tarkibiy o‘zgarishlar va rivojlanish tendensiyalarini vaqt qatorlaridan foydalanib iqtisodiy-statistik tahlil qilishning avtoregressiya integratsiyalashgan modeli asosida 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan tahlillarda foydalanish uchun amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 27-iyuldagi 08/52-1-15626-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi mavjud rivojlanish tendensiyalarini sifatli baholash va istiqbolda erishilishi ko‘zda tutiladigan maqsadli ko‘rsatkichlarni belgilab olish hamda maqsadli dasturlarni ishlab chiqishda keng qo‘llash imkoniyatini oshirgan.