Xudoyberganova Shoira Shavkatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “COVID-19 o‘tkazgan, qandli diabet 2 turi bo‘lgan bemorlarda yurak qon-tomir kasalliklari kechishini klinik – genetik xususiyatlari”, 14.00.03 – Endokrinologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Tib2212.
Ilmiy rahbar: Dilorom Kamardinovna Najmutdinova, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/01.04.2023.Tib.161.01.
Rasmiy opponentlar: Raximova Gulnara Nishanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kamalov Tel`man Tulyaganovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti
II. Tadqiqotning maqsadi COVID -19 o‘tkazgan, qandli diabet 2 tur bilan hamroh yurak qon-tomir kasalliklari bilan xastalangan bemorlarda endotelial disfunksiyaning klinik, biokimyoviy va genetik xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
QD 2 turi va xamroh YuQT kasalliklari bo‘lgan bemorlarda koronavirus infeksiyasi yuqori darajadagi insulin, HOMA indeksi, lipidlar almashinuvi va koagulyasiya parametrlari, S-reaktiv oqsil va Villebrand omili kabi metabolik o‘zgarishlarning chuqurlashishiga olib kelishi sababli YuIK va xafaqon kasallikning (XK) rivojlanish xavfini oshirishi isbotlangan;
COVID-19 o‘tkazgan, QD 2 turi va xamroh YuQT kasalliklari bo‘lgan bemorlarda, COVID-19 o‘tkazmagan bemorlarga nisbatan haftada stenokardiya xurujlari sonining ko‘payishi aniqlangan. YuIKning funksional sinfining yomonlashishi va xafaqon kasalligining II va III darajaga o‘tishi, chap qorincha diastolik disfunksiyasining rivojlanishi va prognostik jihatdan nohush yurak remodellanishi aniqlangan;
COVID-19 o‘tkazgan, QD 2 turi va xamroh YuQT kasalliklari bo‘lgan bemorlarda, CRP genining (C3872T) polimorfizmi va yurak-qon tomir kasalliklari (YuIK va XK) rivojlanish xavfi o‘rtasida ijobiy bog‘liqlik, CRP geni (C3872T) polimorfizmining mutant T alleli va mutant T/T genotipi bu havfni kasallikning patogenezida rivojlantiruvchi omil bo‘lganligi sababli mos ravishda 2,4 va 2,75 martaga oshirishi aniqlangan;
COVID-19 o‘tkazgan, QD 2 turi va xamroh YuQT kasalliklari bo‘lgan bemorlarda AGT gen (Met235Thr) polimorfizmining mutant T alleli semizlik va chap qorincha gipertrofiyasi kelib chiqishi bilan bog‘liq xolda XK II va III darajasi rivojlanish xavfini T/T genotipi kasallikning patogenezida rivojlantiruvchi omil bo‘lganligi sababli mos ravishda 1,76 va 14,2 barobar oshishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
COVID-19 o‘tkazgan, qandli diabet 2 turi bo‘lgan bemorlarda, yurak-qon tomir kasalliklari kechishini klinik-genetik xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: QD 2 turi va xamroh YuQT kasalliklari bo‘lgan bemorlarda koronavirus infeksiyasi yuqori darajadagi insulin, HOMA indeksi, lipidlar almashinuvi va koagulyasiya parametrlari, S-reaktiv oqsil va Villebrand omili kabi metabolik o‘zgarishlarning chuqurlashishiga olib kelishi tufayli YuIK va xafaqon kasallikning (XK) rivojlanish xavfini oshirishi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 29 yanvarda 01-24/233-t-son bilan tasdiqlangan «COVID-19 o‘tkazgan qandli diabet 2 turi bilan og‘rigan, yurak qon-tomir patologiyasi bo‘lgan bemorlarda angiotenzinogen (AGT) genining Met235Thr polimorfizmi assotsiatsiyasini baholash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent shahar Yunusobod tumani 50-oilaviy poliklinika bo‘yicha 13.02.2024 yildagi 120-son hamda Toshkent shahar Yakkasaroy tumani 59-oilaviy poliklinika bo‘yicha 14.02.2024 yildagi 34-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 15 iyuldagi 03/45-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: COVID-19 o‘tkazgan, QD 2 turi bilan kasallangan bemorlarda, YuQT kasalliklari xavfini erta baxolash va samarali davoni qo‘llash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: statsionar sharoitida mzkur kasallikni davolashga sarflanadigan 774857 so‘m byudjet mablag‘lari YuQT kasalliklari hamda asoratlari rivojlanish xavfini oldini olish bemorlarda ishga layoqatsiz kunlarni qisqartirish, shuningdek, asoratlarni davolashga sarflanadigan xarajatlarni kamaytirish natijasida iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: COVID-19 o‘tkazgan, QD 2 turi va xamroh YuQT kasalliklari bo‘lgan bemorlarda, COVID-19 o‘tkazmagan bemorlarga nisbatan haftada stenokardiya xurujlari sonining ko‘payishi aniqlangan. YuIKning funksional sinfining yomonlashishi va xafaqon kasalligining II va III darajaga o‘tishi, chap qorincha diastolik disfunksiyasining rivojlanishi va prognostik jihatdan nohush yurak remodellanishi kuzatilganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 29 yanvarda 01-24/233-t-son bilan tasdiqlangan «COVID-19 o‘tkazgan qandli diabet 2 turi bilan og‘rigan, yurak qon-tomir patologiyasi bo‘lgan bemorlarda angiotenzinogen (AGT) genining Met235Thr polimorfizmi assotsiatsiyasini baholash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent shahar Yunusobod tumani 50-oilaviy poliklinika bo‘yicha 13.02.2024 yildagi 120-son hamda Toshkent shahar Yakkasaroy tumani 59-oilaviy poliklinika bo‘yicha 14.02.2024 yildagi 34-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 15 iyuldagi 03/45-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: COVID-19 o‘tkazgan, QD 2 turi bilan kasallangan bemorlarda, YuQT kasalliklari xavfini erta baxolash va samarali davoni qo‘llash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: statsionar sharoitida mzkur kasallikni davolashga sarflanadigan 774857 so‘m byudjet mablag‘lari YuQT kasalliklari hamda asoratlari rivojlanish xavfini oldini olish bemorlarda ishga layoqatsiz kunlarni qisqartirish, shuningdek, asoratlarni davolashga sarflanadigan xarajatlarni kamaytirish natijasida iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: COVID-19 o‘tkazgan, QD 2 turi va xamroh YuQT kasalliklari bo‘lgan bemorlarda, CRP genining (C3872T) polimorfizmi va yurak-qon tomir kasalliklari (YuIK va XK) rivojlanish xavfi o‘rtasida ijobiy bog‘liqlik, CRP geni (C3872T) polimorfizmining mutant T alleli va mutant T/T genotipi bu havfni kasallikning patogenezida rivojlantiruvchi omil bo‘lganligi sababli mos ravishda 2,4 va 2,75 martaga oshirishi aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 29 yanvarda 01-24/233-t-son bilan tasdiqlangan «COVID-19 o‘tkazgan qandli diabet 2 turi bilan og‘rigan, yurak qon-tomir patologiyasi bo‘lgan bemorlarda angiotenzinogen (AGT) genining Met235Thr polimorfizmi assotsiatsiyasini baholash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent shahar Yunusobod tumani 50-oilaviy poliklinika bo‘yicha 13.02.2024 yildagi 120-son hamda Toshkent shahar Yakkasaroy tumani 59-oilaviy poliklinika bo‘yicha 14.02.2024 yildagi 34-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 15 iyuldagi 03/45-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: COVID-19 o‘tkazgan, QD 2 turi bilan kasallangan bemorlarda, YuQT kasalliklari xavfini erta baxolash va samarali davoni qo‘llash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: statsionar sharoitida mzkur kasallikni davolashga sarflanadigan 774857 so‘m byudjet mablag‘lari YuQT kasalliklari hamda asoratlari rivojlanish xavfini oldini olish bemorlarda ishga layoqatsiz kunlarni qisqartirish, shuningdek, asoratlarni davolashga sarflanadigan xarajatlarni kamaytirish natijasida iqtisod qilinadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: COVID-19 o‘tkazgan, QD 2 turi va xamroh YuQT kasalliklari bo‘lgan bemorlarda AGT gen (Met235Thr) polimorfizmining mutant T alleli semizlik va chap qorincha gipertrofiyasi kelib chiqishi bilan bog‘liq xolda XK II va III darajasi rivojlanish xavfini T/T genotipi kasallikning patogenezida rivojlantiruvchi omil bo‘lganligi sababli mos ravishda 1,76 va 14,2 barobar oshishi aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 29 yanvarda 01-24/233-t-son bilan tasdiqlangan «COVID-19 o‘tkazgan qandli diabet 2 turi bilan og‘rigan, yurak qon-tomir patologiyasi bo‘lgan bemorlarda angiotenzinogen (AGT) genining Met235Thr polimorfizmi assotsiatsiyasini baholash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent shahar Yunusobod tumani 50-oilaviy poliklinika bo‘yicha 13.02.2024 yildagi 120-son hamda Toshkent shahar Yakkasaroy tumani 59-oilaviy poliklinika bo‘yicha 14.02.2024 yildagi 34-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 15 iyuldagi 03/45-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: COVID-19 o‘tkazgan, QD 2 turi bilan kasallangan bemorlarda, YuQT kasalliklari xavfini erta baxolash va samarali davoni qo‘llash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: statsionar sharoitida mzkur kasallikni davolashga sarflanadigan 774857 so‘m byudjet mablag‘lari YuQT kasalliklari hamda asoratlari rivojlanish xavfini oldini olish bemorlarda ishga layoqatsiz kunlarni qisqartirish, shuningdek, asoratlarni davolashga sarflanadigan xarajatlarni kamaytirish natijasida iqtisod qilinadi.