G‘ofirov Muzaffar Jumaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Modulli o‘qitish asosida talabalarning kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish (“Geodeziya” fani misolida)”, 13.00.02–“Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” (texnika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Ped4982.
Ilmiy rahbar: Ximmataliev Do‘stnazar Omonovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Jizzax politexnika instituti, PhD.03/30.06.2020.T.115.01.
Rasmiy opponentlar: Hamidov Jalil Abdurasulovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Abduraxmonov Sarvar Narzullaevich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, (PhD) dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi texnika oliy ta’lim muassasalarida geodeziya fanini modulli o‘qitish asosida talabalarning kasbiy tayyorgarligini rivojlantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
texnik yo‘nalishli oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak muhandislarning kasbiy tayyorgarligini rivojlantirishning axborot-didaktik ta’minoti ixtisoslik modullari integratsiyasini ta’minlashga qaratilgan mustaqil topshiriqlarni qayta aloqali muhitda strukturali moslashuvchanligiga ko‘ra transformatsiyalash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak muhandislarga geodeziya fanini modulli o‘qitish orqali kasbiy tayyorgarligini rivojlantirishning tashkiliy-funksional modeli akademik faoliyatga motivatsiyalovchi komponentlar uzviyligini ta’minlashning diagnostik instrumentlarini  texnik masalalarni tushunish, bajarish bosqichlarida geodezik, kartografik va fazoviy modellashtirish hamda vizuallashtirish ustuvorligida qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
texnika oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak muhandislarga geodeziya fanini modulli o‘qitish orqali kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish metodikasi talabalarda geodezik koordinatalar, geodezik orientirlash, topografik kartalar, topografik kartalarning nomenklaturasi, davlat geodezik tarmoqlari, zamonaviy geodezik asboblar bilan o‘lchashlarni bajarish, geodezik planga olish hamda texnik-geodezik bilimlarni intensiv shakllantirishni barqaror ta’minlaydigan ish turlarini refleksiv jarayonda amaliy yo‘nalganligiga ko‘ra modifikatsiyalash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak muhandislarda geodezik, kartografik va fazoviy modellashtirish hamda kosmik geodezik vizuallashtirish kompetensiyalarining shakllanganligini baholash mezonlari integrativ o‘qitish metodikasiga asoslangan produktiv-kasbiy masalalarni talabalarning o‘quv-algoritmik faoliyatiga natijalarni qiyosiy tenglashtirishning imkoniyatlariga ko‘ra singdirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Modulli o‘qitish asosida talabalarning kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish” bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
texnika yo‘nalishli oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak muhandislarning kasbiy tayyorgarligini rivojlantirishning axborot-didaktik ta’minoti ixtisoslik modullari integratsiyasini ta’minlashga qaratilgan mustaqil topshiriqlarni qayta aloqali muhitda strukturali moslashuvchanligiga ko‘ra transformatsiyalashga oid takliflar texnika oliy ta’lim muassasalari uchun “Geodeziya” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 17-iyuldagi 314-sonli buyrug‘i). Natijada mazkur darslik texnika oliy ta’lim muassasasi talabalarining kasbiy tayyorgarligini rivojlantirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak muhandislarga geodeziya fanini modulli o‘qitish orqali kasbiy tayyorgarligini rivojlantirishning tashkiliy-funksional modeli akademik faoliyatga motivatsiyalovchi komponentlar uzviyligini ta’minlashning diagnostik instrumentlarini texnik masalalarni tushunish, bajarish bosqichlarida geodezik, kartografik va fazoviy modellashtirish hamda vizuallashtirish ustuvorligida qo‘llashga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Jizzax politexnika instituti ilmiy-tadqiqot ishlari rejasining OT-F1-049 raqamli “Talabalarda assertiv xulqni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari” (2017-2021) mavzusidagi ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (Jizzax politexnika institutining 2024-yil 8-oktyabrdagi 03-1992-1981-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur model texnika oliy ta’lim muassasasi talabalarining kasbiy tayyorgarligini rivojlantirishga xizmat qilgan;
texnika oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak muhandislarga geodeziya fanini modulli o‘qitish orqali kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish metodikasi talabalarda geodezik koordinatalar, geodezik orientirlash, topografik kartalar, topografik kartalarning nomenklaturasi, davlat geodezik tarmoqlari, zamonaviy geodezik asboblar bilan o‘lchashlarni bajarish, geodezik planga olish hamda texnik-geodezik bilimlarni intensiv shakllantirishni barqaror ta’minlaydigan ish turlarini refleksiv jarayonda amaliy yo‘nalganligiga ko‘ra modifikatsiyalashga doir takliflar texnika oliy ta’lim muassasalari uchun “Geodeziya” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2021-yil 23-noyabrdagi 500-sonli buyrug‘i). Natijada mazkur o‘quv qo‘llanma texnika oliy ta’lim muassasasi talabalarining kasbiy tayyorgarligini rivojlantirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish