Yarmatova Sevara Tolibovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi): «Maktabgacha yoshdagi bolalarda ijodiy xayolni shakllantirishning psixologik xususiytlari», 19.00.06 - Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/P777.
Ilmiy rahbar: Nishanova Zamira Taskaraevna, psixologiya fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Abdurasulov Rustam Abduraimovich, psixologiya fanlari doktori, professor; To‘ychieva Saodat Meliqo‘zievna, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi maktabgacha yoshdagi bolalarda ijodiy xayolni shakllantirishning psixologik xususiytlarini ochib berish hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabgacha yoshdagi bolalarda ijodiy xayolning namoyon bo‘lishini yoshga oid hamda jins xususiyatlariga bogʻliq jihatlarini differensiatsiyalash orqali ijodiy xayol yosh ulgʻayishi bilan shakllanib boradigan dinamik jarayon ekanligi hamda bu yoshda jins farqlari mavjud emasligi isbotlangan;
maktabgacha yoshdagi bolalarda ijodiy xayol shakllanishi  obrazlarini idrok qilishdagi orginallik, tasavvurlarning samaraliligi, yaratuvchanlikning faoliyatda ustuvor namoyon bo‘lishiga asoslanib diqqat, tasavvur va obrazli tafakkur jarayonlarining kompleks ta’siriga bog‘liq ekanligi  aniqlangan;
maktabgacha yoshdagi bolalarda ijodiy xayolning namoyon bo‘lishiga «ota-ona - bola» munosabatlarida uning samaralilik, originallik sifatlari bolani qabul qilish yoki rad etish, kooperatsiya xususiyatlari bilan musbat bogʻliqlikni tashkil esa, nazorat va farzand muvaffaqiyasizliklariga e’tibor berish kabi munosabat shakllari bilan manfiy aloqadorlikni qayd etishi dalillangan;
bolalarda ijodiy xayolni shakllantirishga qaratilgan «Xayol kashfiyotlar asosi» nomli mashgʻulotlar majmui ixtiyoriy diqqatni, tasavvurni va divergent tafakkurni izoterapiya, ertakterapiyasi, o‘yin terapiya asosida rivojlantirishga qaratilgan integrativ psixotexnologiyalarni tizimli kombinatsiyasini amalda qo‘llash orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda ijodiy xayolni shakllantirishning psixologik xususiytlariga oid muammoni tadqiq etish natijasida:
maktabgacha yoshdagi bolalarda ijodiy xayolning namoyon bo‘lishini yoshga oid hamda jins xususiyatlariga bogʻliq jihatlarini differensiatsiyalash orqali ijodiy xayol yosh ulgʻayishi bilan shakllanib boradigan dinamik jarayon ekanligi hamda bu yoshda jins farqlari mavjud emasligi klaster tahlil asosida isbotlangan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 26-sentyabrdagi PM-PM-211 son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 30-sentyabrdagi PM-211 a-son ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha yoshdagi bolalarda ijodiy xayol namoyon bo‘lishining yosh va jins farqlari aniqlashtirilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarda ijodiy xayol shakllanishi  obrazlarini idrok qilishdagi orginallik, tasavvurlarning samaraliligi, yaratuvchanlikning faoliyatda ustuvor namoyon bo‘lishiga asoslanib diqqat, tasavvur va obrazli tafakkur jarayonlarining kompleks ta’siriga bog‘liq ekanligi  aniqlangan ma’lumotlar “Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 26-sentyabrdagi PM-PM-211 son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 30-sentyabrdagi PM-211 a-son ma’lumotnomasi). Natijadabolalarda ijodiy xayol shakllanishiga diqqat, tafakkur va tasavvur kabi bilish jarayonlarining ta’sirini tadqiq etish imkoniyati yaratilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarda ijodiy xayolning namoyon bo‘lishiga «ota-ona - bola» munosabatlarida uning samaralilik, originallik sifatlari bolani qabul qilish yoki rad etish, kooperatsiya xususiyatlari bilan musbat bogʻliqlikni tashkil esa, nazorat va farzand muvaffaqiyasizliklariga e’tibor berish kabi munosabat shakllari bilan manfiy aloqadorlikni qayd etishi korrelyasion tahlillar asosida ilmiy dalillangan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 26-sentyabrdagi PM-PM-211 son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 30-sentyabrdagi PM-211 a-son ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha yoshdagi bolalarda ijodiy xayol shaklanishiga «ota-ona - bola» munosabatlarining ta’sirini o‘rganish imkoniyati yaratilgan;
bolalarda ijodiy xayolni shakllantirishga qaratilgan «Xayol kashfiyotlar asosi» nomli mashgʻulotlar majmui ixtiyoriy diqqatni, tasavvurni va divergent tafakkurni izoterapiya, ertakterapiyasi, o‘yin terapiya asosida rivojlantirishga qaratilgan integrativ psixotexnologiyalarni tizimli kombinatsiyasini amalda qo‘llash orqali takomillashtirilgan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 26-sentyabrdagi PM-PM-211 son buyrug‘i bilan «Psixokorreksiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 30-sentyabrdagi PM-211 a-son ma’lumotnomasi). Natijada bolalarda ijodiy xayolni shakllantirishga qaratilgan psixologik dastur ishlab chiqilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish