Shixova Inobat Omonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «O‘smirlarda tafakkurni rivojlantirishning psixologik xususiyatlari(sinfdan tashqari mashg‘ulotlar misolida)», 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/P966.
Ilmiy rahbar: Atabaeva Nargis Batirovna, psixologiya fanlar doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Abdurasulov Rustam Abduraimovich, psixologiya fanlari doktori, professor; DJoliymbetova Miyo‘gul Madiyarovna, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘smirlarda tafakkurni rivojlantirishning psixologik xususiyatlarini (sinfdan tashqari mashg‘ulotlar misolida) baholash va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘smirlarda tafakkurning rivojlanganlik darajasi fikrlashdagi originallik, egiluvchanlik, aniqlik va tezkorlik xususiyatlarini ta’lim jarayonida ustuvor namoyon bo‘lishi tufayli o‘quvchilarning “axborotlarni qayta ishlash” hamda “kognitiv” xususiyatlariga bog‘liq ekanligi dalillangan;
o‘smirlar tafakkurining sinfdan tashqari mashg‘ulotlar ta’sirida rivojlanishi keyslarni hal qilish, ilmiy ma’lumotlarni qayta ishlashda irodaviy kuch, o‘zini nazorat qilish, maqsad qo‘yishni ustuvorligi hamda kognitiv sifatlar, o‘z faoliyatini amalga oshirish, rejalashtirish ko‘nikmasiga integrativ namoyon bo‘lishi tufayli o‘quvchilarning o‘zini-o‘zi tashkillashtirish xususiyatiga bog‘liq ekanligi isbotlangan;
sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘smirlar tafakkurining rivojlanishi yangi taassurotlar qidirishga intiluvchi ekstravert va har qanday faoliyatga tez kirishib ketadigan (arbob), voqelikka real qaraydigan (pragmatik) shaxslarda axborotlarni emosional qayta ishlash, har bir ma’lumotni sinchkovlik bilan ko‘rib chiqadigan (tahlilchi), fikrlash mantig‘i kuchli (nazariyotchi) o‘quvchilarda kognitivizmning ustuvorligi tufayli faoliyat uslubiga identiv kechishi dalillangan;
o‘smirlarning tafakkurini rivojlantirish modeli sinfdan tashqari mashg‘ulotlar davomida o‘quvchilarning o‘zini nazorat qilish, muammoli vaziyatlarni chuqur tahlil qilish, talabchanlik, yangiliklarga nisbatan sezgirlikning yuqoriligi, maqsad qo‘yish, tizimli, mantiqiy tafakkurning kengligi, algoritmik qobiliyatlarni shakllanishi tufayli fikrlash samaradorligini oshiruvchi shaxs sifatlariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘smirlarda tafakkurni rivojlantirishning psixologik xususiyatlari (sinfdan tashqari mashg‘ulotlar misolida)ni tadqiq etish natijalari asosida:
o‘smirlarda tafakkurning rivojlanganlik darajasi fikrlashdagi originallik, egiluvchanlik, aniqlik va tezkorlik xususiyatlarini ta’lim jarayonida ustuvor namoyon bo‘lishi tufayli o‘quvchilarning “axborotlarni qayta ishlash” hamda “kognitiv” xususiyatlariga bog‘liq ekanligi dalillangan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 25-sentyabrdagi PM-203 son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 26- sentyabrdagi PM-203 a-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘smirlarda tafakkurning rivojlanganlik darajasini tadqiq etish imkoniyati yaratilgan;
o‘smirlar tafakkurining sinfdan tashqari mashg‘ulotlar ta’sirida rivojlanishi darslardagi keyslarni hal qilish, ilmiy ma’lumotlarni qayta ishlashda irodaviy kuch, o‘zini nazorat qilish, maqsad qo‘yishni ustuvorligi hamda kognitiv sifatini, o‘z faoliyatini amalga oshirish, rejalashtirish ko‘nikmasiga integrativ namoyon bo‘lishi tufayli o‘quvchilarning o‘zini-o‘zi tashkillashtirish xususiyatiga bog‘liq ekanligi isbotlangan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 25-sentyabrdagi PM-203 son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 26- sentyabrdagi PM-203 a-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘smirlar tafakkurining sinfdan tashqari mashg‘ulotlar ta’sirida rivojlanishiga ta’sir etuvchi psixologik xususiyatlar aniqlashtirilgan;
sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘smirlar tafakkurining rivojlanishi yangi taassurotlar qidirishga intiluvchi ekstravert va har qanday faoliyatga tez kirishib ketadigan (arbob), voqelikka real qaraydigan (pragmatik) shaxslarda axborotlarni emosional qayta ishlash, har bir ma’lumotni sinchkovlik bilan ko‘rib chiqadigan (tahlilchi), fikrlash mantig‘i kuchli (nazariyotchi) o‘quvchilarda kognitivizmning ustuvorligi tufayli faoliyat uslubiga identiv kechishi dalillangan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 25-sentyabrdagi PM-203 son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 26- sentyabrdagi PM-203 a-son ma’lumotnomasi). Natijada sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘smirlar tafakkurining rivojlanishini faoliyat uslubiga bog‘liqligini tadqiq etish imkoniyati yaratilgan;
o‘smirlarning tafakkurini rivojlantirish modeli sinfdan tashqari mashg‘ulotlar davomida o‘quvchilarning o‘zini nazorat qilish, muammoli vaziyatlarni chuqur tahlil qilish, talabchanlik, yangiliklarga nisbatan sezgirlikning yuqoriligi, maqsad qo‘yish, tizimli, mantiqiy tafakkurning kengligi, algoritmik qobiliyatlarni shakllanishi tufayli fikrlash samaradorligini oshiruvchi shaxs sifatlariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 25-sentyabrdagi PM-203 son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 26- sentyabrdagi PM-203 a-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘smirlarning tafakkurini rivojlantirish modeli va pedagog-psixologlar uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.