Safarov Dilmurod Xalimovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Maktab menejeri boshqaruv kompetentligini takomillashtirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari”, 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.DSc/P129.
Ilmiy maslahatchi: Hayitov Oybek Eshboevich, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.10.2024.P.72.06.
Rasmiy opponentlar: Ulug‘ova Shahlola Musliddinovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Baykunosova Gulmira Yuldibaevna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor; Shamshetova Anjim Karamaddinovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi maktab menejerlarining ijtimoiy-psixologik kompetentligini takomillashtirishning psixologik xususiyatlarini aniqlash va zarur tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktab menejerlaridagi ijtimoiy-psixologik kompetentlikni takomillashtirishda “rahbar-xodim” munosabatlariga muvofiq pedagogik jamoaga ta’sir etishda liderlik, ustuvorlik, dangallikning real “Men”da kuchayishi bilan bog‘liq differensial farqlar tufayli shaxslararo munosabatlardagi ustuvor pozisiyalarni hisobga olish muhimligi isbotlangan;
maktab menejeri ijtimoiy-psixologik kompetentligining kasbiy faoliyat bilan bog‘liq individual xususiyatlariga ko‘ra “rahbar-xodim” munosabatlari tizimida kommunikativ passivlikni engish, muloqotdagi mavhumlikni muvofiqlashtirish, nizolarni bartaraf etish hamda konformizmga yo‘nalganlikning persepsiv jarayonlar ta’sirida ustuvor namoyon bo‘lishi tufayli sotsial-kommunikativ kompetentlikning intensiv rivojlanishi asoslangan;
maktab menejerlari ijtimoiy-psixologik kompetentligining rivojlanishi shaxslararo munosabatlardagi sotsial-perseptiv xususiyatlarning empatiya, kommunikativ sifatlarning emotsional bilimdonlik, individual-psixologik va kognitiv fazilatlarning o‘z emotsiyalarini boshqarish bilan integrativ namoyon bo‘lishi tufayli emotsional intellektning shakllanishiga identiv kechishi asoslangan;
maktab menejerilari ijtimoiy-psixologik kompetentligining ichki regulyativ asoslariga ko‘ra, boshqaruv qarorlarini rejalashtirishdagi axborot tanqisligi bilan bog‘liq psixologik to‘siqlarni engib o‘tish ko‘nikmasini kognitiv va individual psixologik kompetentlik ta’sirida kuchayishi diqqat fokusini murakkab vaziyatlarda o‘zini o‘zi nazorat qilishga olib kelganligi tufayli “holatga yo‘nalganlik” dispozisiyasining ustuvor xarakterga ega ekanligi isbotlangan;
maktab menejerlarining ijtimoiy-psixologik kompetentligini rivojlantirish modeli boshqaruv faolligini ta’minlovchi ichki nizolarni, stressli vaziyatlarni, qaror qabul qilishdagi ikkilanishlarni engish ko‘nikmalarini emotsional intellekt ta’sirida barqaror psixik funksiyalarga bog‘liq namoyon bo‘lishi muhimligi tufayli “sotsial-perseptiv”, “kommunikativ”, “kognitiv”, “individual psixologik kompetentlik” komponentlarini kiritish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktab menejerlarining ijtimoiy-psixologik kompetentligini oshirishning psixologik xususiyatlarini o‘rganish yuzasidan o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
maktab menejerlaridagi ijtimoiy-psixologik kompetentlikni takomillashtirishda «rahbar-xodim» munosabatlariga muvofiq pedagogik jamoaga ta’sir etishda liderlik, ustuvorlik, dangallikning real «Men»da kuchayishi bilan bog‘liq differensial farqlar tufayli shaxslararo munosabatlardagi ustuvor pozisiyalarni hisobga olish muhimligi isbotlangan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 21-avgustdagi PM-178-son buyrug‘iga asosan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 26-avgustdagi PM-178a-son ma’lumotnomasi). Natijada maktab menejerlaridagi ijtimoiy-psixologik kompetentlikni takomillashtirishda shaxslararo munosabatlardagi ustuvor pozisiyalarning ahamiyatini tadqiq etish imkoniyati yaratilgan;
maktab menejeri ijtimoiy-psixologik kompetentligining kasbiy faoliyat bilan bog‘liq individual xususiyatlariga ko‘ra, «rahbar-xodim» munosabatlari tizimida kommunikativ passivlikni engish, muloqotdagi mavhumlikni muvofiqlashtirish, nizolarni bartaraf etish hamda konformizmga yo‘nalganlikning persepsiv jarayonlar ta’sirida ustuvor namoyon bo‘lishi tufayli sotsial-kommunikativ kompetentlikning intensiv rivojlanishi asoslangan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 21-avgustdagi PM-178-son buyrug‘iga asosan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 26-avgustdagi PM-178a-son ma’lumotnomasi). Natijada maktab menejeri ijtimoiy-psixologik kompetentligining kasbiy faoliyat bilan bog‘liq individual xususiyatlari ochib berilgan;
maktab menejerlari ijtimoiy-psixologik kompetentligining rivojlanishi shaxslararo munosabatlardagi sotsial-perseptiv xususiyatlarning empatiya, kommunikativ sifatlarning emotsional bilimdonlik, individual-psixologik va kognitiv fazilatlarning o‘z emotsiyalarini boshqarish bilan integrativ namoyon bo‘lishi tufayli emotsional intellektning shakllanishiga identiv kechishi asoslangan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 21-avgustdagi PM-178-son buyrug‘iga asosan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 26-avgustdagi PM-178a-son ma’lumotnomasi). Natijada maktab menejerlaridagi ijtimoiy-psixologik kompetentlikning rivojlanishini emotsional intellekt bilan bog‘liq jihatlarini tadqiq etish imkoniyati yaratilgan;
maktab menejerlari ijtimoiy-psixologik kompetentligining ichki regulyativ asoslariga ko‘ra, boshqaruv qarorlarini rejalashtirishdagi axborot tanqisligi bilan bog‘liq psixologik to‘siqlarni engib o‘tish ko‘nikmasini kognitiv va individual psixologik kompetentlik ta’sirida kuchayishi diqqat fokusini murakkab vaziyatlarda o‘zini o‘zi nazorat qilishga olib kelganligi tufayli «holatga yo‘nalganlik» dispozisiyasining ustuvor xarakterga ega ekanligi isbotlangan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 21-avgustdagi PM-178-son buyrug‘iga asosan «Boshqaruv psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 26-avgustdagi PM-178a-son ma’lumotnomasi). Natijada maktab menejerlaridagi ijtimoiy-psixologik kompetentlikning ichki regulyativ asoslari tahlil qilingan;
maktab menejerlarining ijtimoiy-psixologik kompetentligini rivojlantirish modeli boshqaruv faolligini ta’minlovchi ichki nizolarni, stressli vaziyatlarni, qaror qabul qilishdagi ikkilanishlarni engish ko‘nikmalarini emotsional intellekt ta’sirida barqaror psixik funksiyalarga bog‘liq namoyon bo‘lishi muhimligi tufayli «sotsial-perseptiv», «kommunikativ», «kognitiv», «individual psixologik kompetentlik» komponentlarini kiritish asosida takomillashtirilgan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 21-avgustdagi PM-178-son buyrug‘iga asosan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 26-avgustdagi PM-178a-son ma’lumotnomasi). Natijada maktab menejerlarining ijtimoiy-psixologik kompetentligini rivojlantirish modeli takomillashtirilgan va uning asosida rivojlantiruvchi dastur ishlab chiqilgan.