Urazova Nargiza Qurdashovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Akademik liseylarda adabiyot fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (oʻzbek adabiyoti) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped5200.
Ilmiy rahbar: Juraeva Gulnoza Axmatovna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01(bir martalik ilmiy kengash).
Rasmiy opponentlar: Qodirov Valijon Abduraxmonovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Matchanov Sapa, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi akademik liseylarda adabiyot o‘qitish metodikasini takomillashtirishga doir taklif va ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
akademik liseylarda adabiyotni o‘qitishda o‘quvchilarning nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini shaxsga yo‘naltirilgan tizimli tarzda rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari kompetensiyaviy hamda kreativ yondashuvlarning integrativ aloqalarini integral tuzilmalarga qiyosiy moslashtirish asosida aniqlashtirilgan;
akademik liseylarda adabiyotni o‘qitish mexanizmini adabiy-nazariy tushunchalarga xos obrazlilik, badiiylik kategoriyalari o‘quvchilarning mantiqiy-tanqidiy tafakkuri va badiiy-estetik kompetensiyasi assotsiativ kontekstlarning qiyosiga ko‘ra takomillashtirilgan;
akademik liseylarning adabiy ta’lim tizimida adabiyot o‘qitish mazmuni (pedogogik-psixologik xususiyatlari, shakli, metod va vositalari) kreativ komponentlar (aksiologik, motivatsion, operatsional, kognitir va refleksiv)ni adabiy bilim, ko‘nikmalarga ijodiy va amaliy implementatsiya qilish asosida takomillashtirilgan;
akademik liseylarning adabiyot darslarida o‘quvchilarning ijtimoiy-madaniy, badiiy-estetik kompetensiyasi va intellektual salohiyatini shakllantirish texnologiyalari shaxsning ijtimoiy-madaniy mavqeini hurmat qilish, o‘quvchilarni intelektual rivojlantirishga yo‘naltirilgan tizimning mantiqiy tuzilmasi hissiy emotsional tayyorlashga mo‘ljallangan tamoyillarni ta’lim jarayoniga empatiya munosabatida kiritish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Akademik liseylarda adabiyot fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
akademik liseylarda adabiyotni o‘qitishda o‘quvchilarning nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini shaxsga yo‘naltirilgan tizimli tarzda rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari kompetensiyaviy hamda kreativ yondashuvlarning integrativ aloqalarini integral tuzilmalarga qiyosiy moslashtirish asosida aniqlashtirilganligiga hamda akademik liseylarda adabiyotni o‘qitish mexanizmini adabiy-nazariy tushunchalarga xos obrazlilik, badiiylik kategoriyalari o‘quvchilarning mantiqiy-tanqidiy tafakkuri va badiiy-estetik kompetensiyasi assotsiativ kontekstlarning qiyosiga ko‘ra takomillashtirilganligiga doir metodik tavsiyalar va ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2020-2023-yillarda amalga oshirilgan AM-F3-201908172 raqamli “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 26-fevraldagi 04/1-495-son ma’lumotnomasi). Natijada, akademik liseylarda adabiyotga doir nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish usullari, takomillashtirishning mazmun, usul, vositalarini ishlab chiqish amalga oshirilgan;
akademik liseylarning adabiy ta’lim tizimida adabiyot o‘qitish mazmuni (pedogogik-psixologik xususiyatlari, shakli, metod va vositalari) kreativ komponentlar (aksiologik, motivatsion, operatsional, kognitir va refleksiv)ni adabiy bilim, ko‘nikmalarga ijodiy va amaliy implementatsiya qilish asosida takomillashtirilganligiga doir ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2020-2023-yillarda amalga oshirilgan AM-F3-201908172 raqamli “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 26-fevraldagi 04/1-495-son ma’lumotnomasi). Natijada, akademik liseylarda adabiyotga doir nazariy bilimlar mazmuni ilmiy jihatdan boyitilgan;
akademik liseylarning adabiyot darslarida o‘quvchilarning ijtimoiy-madaniy, badiiy-estetik kompetensiyasi va intellektual salohiyatini shakllantirish texnologiyalari shaxsning ijtimoiy-madaniy mavqeini hurmat qilish, o‘quvchilarni intelektual rivojlantirishga yo‘naltirilgan tizimning mantiqiy tuzilmasi hissiy emotsional tayyorlashga mo‘ljallangan tamoyillarni ta’lim jarayoniga empatiya munosabatida kiritish asosida takomillashtirilganligiga oid ilmiy-metodik xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Madaniyat va ma’rifat” telekanali dasturini tayyorlashda foydalangan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2023-yil 6-dekabrdagi 01-02/247-son ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘rsatuv orqali akademik liseylardagi adabiy ta’lim jarayonida badiiy asarlar mutolaasi va tahliliga oid texnologiyalarni takomillashtirishga erishilgan.