Turgunova Aziza Tashpulatovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oliy ta’lim muassasalarida gerontopedagogikaning diniy e’tiqod va tarbiyadagi ahamiyati”. 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.DSc/Ped833.
Ilmiy maslahatchi: Xodjamqulov Umid Negmatovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, DSc.35/30.12.2019.Isl/Tar/F.57.01.
Rasmiy opponentlar: Xodjaev Bekzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor; Madaeva Shaxnoza Amanullaevna, falsafa fanlari doktori, professor; Asqarova O‘g‘iloy Mamashakirovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi gerontopedagogikaning yoshlar tarbiyasidagi diniy, milliy tarbiyaviy xususiyatlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
katta avlod vakillarining ijtimoiy-ma’naviy muhitni barqarorlashtirishda tutgan o‘rni gerontopedagogik tajribadan foydalanishning falsafiy-tarixiy ahamiyatini diniy va dunyoviy asoslarga ko‘ra baholash, joriy holatini pedagogik korreksiyalash va istiqbol rejalarini yoshlarning rivojlanish vektoriga muvofiq pedagogik diagnostika qilish asosida ochib berilgan;
gerontopedagogik tajribadan foydalanish mezonlari avlodlararo munosabatlar tizimida dinamik almashinuvning shartli bosqichlarini inson umrining yosh xususiyatlari va ijtimoiylashuv jarayonlariga nisbatan diniy e’tiqod, kasbiy va shaxsiy qadriyatlar, meyorlar va ideallarni belgilash asosida aniqlashtirish hamda jarayonni baholashda pragmatik, empirik va deterministik omillarni hisobga olish asosida ishlab chiqilgan;
gerontopedagogik tajribaning oliy ta’lim muassasalarida tutgan amaliy imkoniyatlari kasbiy jamoalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish va avlodlararo hamkorlikni ta’minlashda ta’lim resurslarini tashkil etishning integral tizimlarini belgilash asosida keksa avlod vakillarida kognitiv faoliyatni rivojlantirishning amaliy mexanizmlarini takomillashtirish orqali pedagogik diagnostika qilingan;
zamonaviy gerontopedagogik yondashuvlar asosida talabalarni vitagen tarbiyalash tizimini rivojlantirish modeli mikro, makro, bog‘lovchi va mezo muhitning pedagogik shart-sharoitlar va jarayonlarga munosabatini maqsad, mazmun, jarayon va natija komponentlari orqali tizimlashtirish hamda vitagen ta’lim va tarbiya integratsiyasini ta’minlashning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash asosida ishlab chiqilgan;
keksa avlod vakillarining diniy, ma’naviy, axloqiy va madaniy tajribasidan ta’lim jarayonida pedagogikaning zamonaviy paradigmalariga muvofiq foydalanishda talabalarning individual ta’lim va tarbiya traektoriyasini epistimiologik va kognitiv tamoyillarga asosan shakllantirish va rivojlantirish asosida gerontopedagogik ta’limni rivojlantirishga qaratilgan amaliy-metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Gerontopedagogikaning diniy e’tiqod va tarbiyadagi ahamiyatini o‘rganishga doir olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari asosida:
gerontopedagogik tajribadan foydalanishning falsafiy-tarixiy ahamiyatini diniy va dunyoviy asoslarga ko‘ra baholash, joriy holatini pedagogik korreksiyalash va istiqbol rejalarini yoshlarning rivojlanish vektoriga muvofiq pedagogik diagnostika qilish asosida ochib berilgan katta avlod vakillarining ijtimoiy-ma’naviy muhitni barqarorlashtirishda tutgan o‘rni bo‘yicha taklif va tavsiyalardan Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining oliy ta’lim muassasasi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan «Gerontopedagogika» darsligi mazmuniga singdirilgan hamda Oʻzbekiston musulmonlari idorasining 2024-yil davomida yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar yoʻnalishida amalga oshirilgan chora-tadbirlar rejasining V-yo‘nalishida belgilangan «Talaba yoshlarda sof islom dini aqidasini shakllantirishga qaratilgan tadbirlar yo‘nalishi» vazifalarni tashkil etish va bajarilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining 2024-yil 5-avgustdagi 02-02/1-2317-son ma’lumotnomasi; Oʻzbekiston musulmonlari idorasining 2024-yil 20-avgustdagi 02-10/2028-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlar tarbiyasida gerontopedagogikaning milliy tarbiya usullaridan samarali foydalanish imkoniyatlarini oshirishga xizmat qilgan;
avlodlararo munosabatlar tizimida dinamik almashinuvning shartli bosqichlarini inson umrining yosh xususiyatlari va ijtimoiylashuv jarayonlariga nisbatan diniy e’tiqod, kasbiy va shaxsiy qadriyatlar, me’yorlar va ideallarni belgilash asosida aniqlashtirish hamda jarayonni baholashda pragmatik, empirik va deterministik omillarni hisobga olish asosida ishlab chiqilgan gerontopedagogik tajribadan foydalanish mezonlari bo‘yicha xulosalar oliy ta’lim muassasasi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan «Gerontopedagogika» darsligi mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 27-martdagi 68-63-son ma’lumotnomasi). Natijada, ijtimoiy, ma’naviy-axloqiy tarbiyaning mazmun-mohiyati takomillashtirilib, gerontopedagogika ta’limini tashkil etishning interaktiv shakl, metod va vositalarini taqdim etish orqali talabalar tafakkurini rivojlantirish, mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, yuksak fazilatlarini rivojlantirishga erishilgan;
kasbiy jamoalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish va avlodlararo hamkorlikni ta’minlashda ta’lim resurslarini tashkil etishning integral tizimlarini belgilash asosida keksa avlod vakillarida kognitiv faoliyatni rivojlantirishning amaliy mexanizmlarini takomillashtirish orqali pedagogik diagnostika qilingan gerontopedagogik tajribaning oliy ta’lim muassasalarida tutgan amaliy imkoniyatlari bo‘yicha takliflardan «Oila va gender» ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan amalga oshirilgan JHBL-59-sonli «Keksalarning ijtimoiy faolligini oshirish» loyihasida foydalanilgan («Oila va gender» ilmiy-tadqiqot institutining 2024-yil 6-avgustdagi 01-09/2058- son ma’lumotnomasi). Natijada, oila, mahalla ta’lim muassasalarida avlodlararo hamkorlik, ma’naviy-axloqiy xususiyatlar transformatsiyasi, gerontopedagogik imkoniyatlar ommalashtirilgan;
mikro, makro, bog‘lovchi va mezo muhitning pedagogik shart-sharoitlar va jarayonlarga munosabatini maqsad, mazmun, jarayon va natija komponentlari orqali tizimlashtirish hamda vitagen ta’lim va tarbiya integratsiyasini ta’minlashning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash asosida ishlab chiqilgan zamonaviy gerontopedagogik yondashuvlar asosida talabalarni vitagen tarbiyalash tizimini rivojlantirish modeli bo‘yicha takliflardan Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi «2024-2025 yillarda yoshlarning bilim va kasb-hunar egallashi, ular uchun munosib ish va turmush sharoitini yaratish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar dasturi»ning III yo‘nalishi «Mahallalarda yoshlarni «Besh tashabbus olimpiadasi»ga jalb etish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish» bo‘yicha belgilangan vazifalarni tashkil etishda foydalanilgan (Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2024-yil 5-avgustdagi 2-13-21-4136-son ma’lumotnomasi). Natijada, gerontopedagogika tajribasini (hayotiy tajriba, ibrat, namuna, fikrga ishontirish) shaxsiy va kasbiy kompetensiyalarga transformatsiyalash asosida talabalarda yuksak diniy-axloqiy fazilatlarni rivojlantirishga erishilgan;
keksa avlod vakillarining diniy, ma’naviy, axloqiy va madaniy tajribasidan ta’lim jarayonida pedagogikaning zamonaviy paradigmalariga muvofiq foydalanishda talabalarning individual ta’lim va tarbiya traektoriyasini epistimiologik va kognitiv tamoyillarga asosan shakllantirish va rivojlantirish asosida gerotopedagogik ta’limni rivojlantirishga qaratilgan amaliy-metodik tavsiyalardan Respublika «Nuroniy» jamg‘armasining 202Z-2024 yillarda ishlab chiqilgan chora-tadbirlar dasturining IV-yo‘nalishida belgilangan «Ta’lim muassasalarida yoshlarning etarli bilim olishlarini ta’minlash masalalarida nuroniylar ishtiroki va jamoatchilik nazoratini, o‘rnatish» 11-bandi «Nuroniylar jamoatchilik kengashlari va mahallalardagi «Keksalar maslahati» guruhlari a’zolari, «Buvijonlar maktabi» va faol nuroniylarni hududdagi maktabgacha ta’lim va umumta’lim maktablariga biriktirish» mavzusidagi vazifalarni tashkil etish va bajarilishida foydalanilgan (Respublika «Nuroniy» jamg‘armasining 2024-yil 5-avgustdagi 05-03/323-son ma’lumotnomasi). Natijada, keksa avlod vakillari tajriba va tarbiya metodlaridan ta’lim muassasalarida foydalanish hamda keksalar ijtimoiy faolligini oshirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish