Sagdullaev Jahongir Ahmadjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yoshlarda jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan dunyoqarashni takomillashtirish”,  13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).  
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Ped3435.
Ilmiy rahbar:  Mattiev Ilhom Begmatdulobovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.Ped.02.06.
Rasmiy opponentlar: Axmedova Malohat Ergashevna, pedagogika fanlari doktori,  professor; Djamalitdinova Shaxlo Obloberdievna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yoshlarda jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan dunyoqarashni shakllantirish va takomillashtirishning metodik imkoniyatlarini aniqlashtirish hamda amaliy tatbiq etishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yoshlarda jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan dunyoqarashni rivojlantirishning metodik imkoniyatlari ijtimoiy faollikni oshirishga qaratilgan motivatsion-kognitiv, amaliy-faoliyatli, kreativ-innovatsion usullarning uyg‘unligini kompetensiyaviy mezonlar asosida ta’minlashda kognitiv-faoliyatli va faol axborot almashinish tamoyillariga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
yoshlarda jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan dunyoqarashni shakllantirish va takomillashtirishning ilmiy-metodik asoslari ta’lim tizimida shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim talablari asosida vatanparvarlik, hurmat-ehtirom, istiqboliga ishonch, fidoyilikka asoslangan metodlarni zamonaviy darslar jarayoniga singdirish orqali takomillashtirilgan;
jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan dunyoqarashni shakllantirish va rivojlantirishda ma’naviy-axloqiy tarbiya integratsiyasi ta’lim (ilmiylik, izchillik, uzviylik, mantiqiylik) va ma’naviy-axloqiy tarbiya (vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyat, xalqparvarlik) tamoyillarini yoshlarni rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan mexanizmlarini motivatsion faoliyatga optimallashtirish asosida takomillashtirilgan;
yoshlarning bunyodkor g‘oyaviy faolligini rivojlantirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish orqali ma’naviy-axloqiy ehtiyoj va qiziqishlarini ta’minlashning samarali texnologiyalari (infoteynment modifikatsiyasi, g‘oyaviy vebinar, 10 skills-personag, rivojlanish traektoriyasi matrisasi)ga asoslanib yoshlarda jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan dunyoqarashni shakllantirish va takomillashtirish modeli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yoshlarda jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan dunyoqarashni shakllantirish va takomillashtirish metodikasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yoshlarda jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan dunyoqarashni rivojlantirishning metodik imkoniyatlari ijtimoiy faollikni oshirishga qaratilgan motivatsion-kognitiv, amaliy-faoliyatli, kreativ-innovatsion usullarning uyg‘unligini kompetensiyaviy mezonlar asosida ta’minlashda kognitiv-faoliyatli va faol axborot almashinish tamoyillariga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilganligiga hamda yoshlarda jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan dunyoqarashni shakllantirish va takomillashtirishning ilmiy-metodik asoslari ta’lim tizimida shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim talablari asosida vatanparvarlik, hurmat-ehtirom, istiqboliga ishonch, fidoyilikka asoslangan metodlarni zamonaviy darslar jarayoniga singdirish orqali takomillashtirilganligiga oid takliflardan Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasidagi OT-F1-002-raqamli “Yoshlarda milliy g‘oya va mafkuraviy immunitetni shakllantirishning psixologik mexanizmlari” (2020-2023 yy.) mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihada foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2024-yil 7-oktyabrdagi 01/01-176-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan dunyoqarashni takomillashtirishning asoslari belgilanib, uning dars jarayonida va darsdan tashqari jarayonning yaxlit pedagogik modeli ishlab chiqilishiga erishilgan;
jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan dunyoqarashni shakllantirish va rivojlantirishda ma’naviy-axloqiy tarbiya integratsiyasi ta’lim (ilmiylik, izchillik, uzviylik, mantiqiylik) va ma’naviy-axloqiy tarbiya (vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyat, xalqparvarlik) tamoyillarini yoshlarni rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan mexanizmlarini motivatsion faoliyatga optimallashtirish asosida takomillashtirilganligiga hamda yoshlarning bunyodkor g‘oyaviy faolligini rivojlantirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish orqali ma’naviy-axloqiy ehtiyoj va qiziqishlarini ta’minlashning samarali texnologiyalari (infoteynment modifikatsiyasi, g‘oyaviy vebinar, 10 skills-personag, rivojlanish traektoriyasi matrisasi)ga asoslanib yoshlarda jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan dunyoqarashni shakllantirish va takomillashtirish modeli ishlab chiqilganligiga oid tavsiya va takiflardan OT-Atex-2018-519 “Kompyuter imitatsion modellar asosidagi virtual resurslari veb ilovasining dasturiy ta’minotini yaratish” nomli amaliy tadqiqotlar loyihasi doirasidagi vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 27 martdagi 11-05-1372/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalari, yoshlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni profilaktika qilish tadbirlarida, viloyat hududida yoshlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishda o‘zaro uzviy hamkorlikka erishilgan, ular o‘rtasida ijtimoiy sheriklikni ta’minlash jarayoni shakllantirilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish