Axmedov Axror Amonjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
Uchar apparatlarning eleronli qanotining egilib - buraluvchi flatterini matematik modellashtirish; 05.01.07 – Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui ixtisosligi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/T1945
Ilmiy rahbar: Usmonov Botir Shukurillaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, PhD.3/03.06.2023.T.04.03  
Rasmiy opponentlar: Xamdamov Rustam Xamdamovich, texnika fanlari doktori, professor; Zaynidinov Xakimjon Nasiridinovich, texnika fanlari fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qanotning eleronli egilish-burilish tebranishining chiziqli va chiziqli bo‘lmagan masalalarini echishning matematik modeli va raqamli algoritmlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
 taqsimlangan parametrlarga ega tovush tezligidan past parvoz rejimining gaz oqimida eleronli qovushoq-elastik qanotning majburiy tebranishlarining  modelini  ishlab chiqish;
 eleronli qovushoq-elastik  juda uzin  qanotni egilish-burilish barqaror holatdagi tebranishining kritik tezligi va chastotasini topish  metodikasi va algoritimini  ishlab chiqish;
qanotning egilish va burilish qattiqligini eksperimental ravishda aniqlangan raqamli qiymatlaridan foydalangan holda flatter masalalarini sonli echish    algoritimini ishlab chiqish;
zamonaviy  usullar asosida kuchsiz singulyar integral va integrodifferensial tenglamalarni  sonli echish orqali  qovushoq-elastik   elementlarning divergensiya va flatter jarayonlarini  tahlil qilish;
singulyar integro-differensial tenglamalarni echish uchun sonli  algoritm ishlab chiqish va asoslash, shuningdek mumkin bo‘lgan hollarda ularning echimlari analitik  qurish.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:  Uchar apparatlarning eleronli qanotining egilib - buraluvchi flatterini matematik modellashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
ishlab chiqilgan hisob-kitob dasturlari “Toshkent mexanika zavodi” AJda loyihalash faoliyatida amalga oshirilgan (Fuqaro aviatsiyasi agentligi huzuridagi Sertifikatlashtirish va parvozlar xavfsizligini nazorat qilish boshqarmasining 2024 yil 20 martdagi 10-39/16-978-sonli guvohnomasi). Ishlab chiqilgan dastur kompozit materiallardan tayyorlangan konstruksiyalar uchun kritik chayqalish tezligini aniqlash, elementlarning mustahkamligini tahlil qilish va bashorat qilish uchun ishlatilgan.
Tadqiqot natijalari F 4-14 «Suyuqlik oquvchi er osti egri chiziqli quvurning tashqi kuchlari ta’siridagi kuchlanish-deformatsiyalar holatini tatqiq qilish nazariyasini rivojlantirish va hisoblash usullarini ishlab chiqish» (2012-2016) (Buxoro muhandislik-texnologiya institutining 2024 yil 5 oktyabrdagi № 1-1-2-3716-son ma’lumotnomasi) va OT-F4-01 “Qovushqoq suyuqlik oquvchi ko‘p qatlamli kompozit quvurlar egri chiziqli bo‘laklarining harorat va dinamik yuklanishlar ta’sirida chiziqli bo‘lmagan dinamik kuchlanish-deformatsiya holatini o‘rganish usullarini ishlab chiqish va nazariyasini rivojlantirish” (2016-2020) mavzudagi fundamental loyihalar (Toshkent kimyo-texnologiya institutining 2024 yil 2 oktyabrdagi № 1/04-2514-son ma’lumotnomasi) doirasida elastik yarim tekislikda joylashgan silindrik kompozit tunnelarning dinamik kuchlar ta’siridagi tebranish va difraksiya masalalarini sonli echishda hamda konstruksiyalarning dinamik holatini hisoblashda, sistemada hosil bo‘ladigan energiya dissipatsiyasini hisobga olish natijalaridan foydalanilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish