Karimov Doniyorbek Karimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda moyakning o‘tkir kasalliklarini tashxislash va jarrohlik yo‘li bilan davolashni maqbullashtirish», 14.00.35 – Bolalar xirurgiyasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: Â2021.3.PhD/Tib2172.
Ilmiy rahbar: Akilov Xabibulla Ataullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.95.01.
Rasmiy opponentlar: Raxmatullaev Akmal Abatbekovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Mametov Ravshan Raimberdievich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Grodno davlat tibbiyot universiteti (Belarus` Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bolalarda moyak o‘tkir kasalliklarini tashxislash va davolash usullarini takomillashtirish orqali tibbiy xizmat sifatini hamda reprodutiv salomatlikni yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
moyakning o‘tkir kasalliklarida asossiz jarroxlik amaliyotlarni oldini olish imkonini beruvchi – qon tomirlarda oqimning o‘rtacha ortishi (10% gacha) va moyak ortig‘ining o‘rtacha kattalashishi yoki gomogenligi epididimitning, qon oqimining me’yordan 10% gacha ortishi bilan moyak o‘lchamining kattalashishi va tarkibining bir xil emasligi o‘tkir orxitning UTT mezonlari kabi klinik-exografik simptomlar aniqlangan;
bolalarda o‘tkir yorg‘oq sindromida tashxislash va davolash ketma-ketligini belgilovchi algoritmni qo‘llash orqali tibbiy yordam sifatini oshishiga hamda reproduktiv tizim a’zolarini me’yoriy rivojlanishiga imkon beruvchi tashxislash va davolash usulini tanlash taktikasi ishlab chiqilgan;
bolalarda moyak buralishini xirurgik davolashda kasallik qaytalanishini oldini olish imkonini beruvchi kaminvaziv orxipeksiya usuli ishlab chiqilgan;
moyakning buralishi kuzatilgan bolalarda kontrlateral tomonda buralib qolishni oldini olish imkonini beruvchi teri orqali orxipeksiya usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bolalarda moyakning o‘tkir kasalligi diagnostikasi, davolash va uzoq muddatli natijalarini optimallashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: moyakning o‘tkir kasalliklarida asossiz jarroxlik amaliyotlarni oldini olish imkonini beruvchi – qon tomirlarda oqimning o‘rtacha ortishi (10% gacha) va moyak ortig‘ining o‘rtacha kattalashishi yoki gomogenligi epididimitning, qon oqimining me’yordan 10% gacha ortishi bilan moyak o‘lchamining kattalashishi va tarkibining bir xil emasligi o‘tkir orxitning UTT mezonlari kabi klinik-exografik simptomlar aniqlanganligi Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 30 yanvarda 6 i – 02/u -son bilan tasdiqlangan «Bolalarda moyakning o‘tkir kasalliklarini tashxislash va jarrohlik yo‘li bilan davolashni maqbullashtirish» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur taklif Namangan viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 05.02.2024 yildagi 33-son, Andijon viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 01.02.2024 yildagi 23-son hamda Andijon viloyat Marxamat tuman tibbiyot birlashmasi markaziy shifoxonasining 01.02.2024 yildagi 8-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 15 iyuldagi 03/11-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: taklif qilingan tadqiqot natijalari asosida o‘tkir yorg‘oq sindromi bilan kasallangan bolalarga tibbiy xizmat ko‘rsatish natijasida qoniqarsiz natijalarni 41,3%ga kamaytirishga, davolashning yaxshi natijalarini esa 16,8%ga yaxshilashga erishildi. Iqtisodiy samaradorligi: o‘tkir yorg‘oq sindromi bilan murojaat qilgan nazorat guruhidagi 36 nafar bemorlarning 32 (88,9%) nafarida gidatidni olib tashlash jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan bo‘lsa asosiy guruhdagi 124 nafar gidatidni buralib qolishi tashxisi qo‘yilgan bemorlarning UTTdagi exomanzaralarga va dinamikadagi o‘zgarishlarga asoslangan holda 61 (49,1%) nafarida jarrohlik amaliyoti bajarildi, ya’ni birgina ushbu kasallik turi doirasida jarrohlik amaliyotlari miqdorini qariyib 52%ga kamaytirishga erishildi. Tashxisdagi tafovutlar miqdori 25,4% da 6,4% ya’ni 4 barobarga kamaytirishga erishildi. Bemorlarni shifoxonada davolanish o‘rin kunlari 10±0,8 kundan 6±1,2 kunga qisqartirildi. Bemorlarda moyakning o‘tkir kasalliklarini tashxisash amaliyotida taklif qilingan klinik-exografik simptomlar aniqlanishi orqali 105 ta jarrohlik aralashuvlar oldi olindi. Bundan shunday xulosa qilish mumkinki bir bemor uchun 380000 ming so‘m xarajat iqtisod qilindi (Andijon va Namangan viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari va Andijon viloyat Marxamat tuman tibbiyot birlashmasi preyskurantiga ko‘ra). Shundan kelib chiqib mazkur amaliyotlar natijasida: 1 nafar bemordan 380000 so‘m iqtisod qilinsa, bunda yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 39900000 so‘mni tashkil etadi (105 nafar bemor uchun). Xulosa: taklif etilayotgan kompleks usullarni amaliyotga joriy etilishi bir bemor uchun jarrohlik amaliyoti uchun ketadigan 380000 so‘m iqtisod qilinishiga olib keldi. Buning natijasida yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 39900000 so‘mni tashkil etadi (105 nafar bemor uchun). Shunda yillik byudjet mablag‘laridan 39900000 so‘m miqdorda iqtisod qilindi.
ikkinchi ilmiy yangilik: bolalarda o‘tkir yorg‘oq sindromida tashxislash va davolash ketma-ketligini belgilovchi algoritmni qo‘llash orqali tibbiy yordam sifatini oshishiga hamda reproduktiv tizim a’zolarini me’yoriy rivojlanishiga imkon beruvchi ishlab chiqilgan tashxislash va davolash usulini tanlash taktikasi Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 30 yanvarda 6 i – 02/u -son bilan tasdiqlangan «Bolalarda moyakning o‘tkir kasalliklarini tashxislash va jarrohlik yo‘li bilan davolashni maqbullashtirish» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur taklif Namangan viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 05.02.2024 yildagi 33-son, Andijon viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 01.02.2024 yildagi 23-son hamda Andijon viloyat Marxamat tuman tibbiyot birlashmasi markaziy shifoxonasining 01.02.2024 yildagi 8-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 15 iyuldagi 03/11-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: taklif qilingan tadqiqot natijalari asosida o‘tkir yorg‘oq sindromi bilan kasallangan bolalarga tibbiy xizmat ko‘rsatish natijasida qoniqarsiz natijalarni 41,3%ga kamaytirishga, davolashning yaxshi natijalarini esa 16,8%ga yaxshilash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: tadqiqotdagi moyak o‘tkir kasalliklari bo‘lgan bemorlarni davolashning iqtisodiy samaradorligi shifoxonada kasallikni davolash uchun bir bemorga sarf qilingan summadan shakillantirildi. Taklif qilingan tekshirish va davolash usuli orqali MO‘K iqtisodiy samaradorligi 123644640 so‘mni tashkil etdi. Xulosa: taklif etilayotgan kompleks usullarni amaliyotga joriy etilishi bir bemor uchun kunlik 700800 so‘m iqtisod qilinishiga olib keldi. Buning natijasida yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 123644640 so‘mni tashkil etadi (180 nafar bemor uchun). Shunda yillik byudjet mablag‘laridan 123644640 so‘m miqdorda iqtisod qilindi. Moyakning o‘tkir kasalliklarini tavsiya etilgan davolashning klinik va exografik samaradorligi ishonchli tarzda isbotlangan va xar bir bemor uchun qilinayotgan sarfni 41%ga qisqartirish imkonini beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: bolalarda moyak buralishini xirurgik davolashda kasallik qaytalanishini oldini olish imkonini beruvchi ishlab chiqilgan kaminvaziv orxipeksiya usuli Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 30 yanvarda 6 i – 02/u -son bilan tasdiqlangan «Bolalarda moyakning o‘tkir kasalliklarini tashxislash va jarrohlik yo‘li bilan davolashni maqbullashtirish» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur taklif Namangan viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 05.02.2024 yildagi 33-son, Andijon viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 01.02.2024 yildagi 23-son hamda Andijon viloyat Marxamat tuman tibbiyot birlashmasi markaziy shifoxonasining 01.02.2024 yildagi 8-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 15 iyuldagi 03/11-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: moyakning o‘tkir kasalligi bilan xirurgik davolangan bolalarning balog‘at yoshi va balog‘at yoshidan keyingi davrdagi uzoq muddatli natijalari tahlil qilinganda jinsiy tizim rivojlanishida turli og‘ishlar mavjudligi aniqlandi. Kasallikning eng keng tarqalgan oqibati moyak gipoplaziyasi bo‘ldi. Tavsiya etilayotgan algoritm asosida moyak o‘tkir kasalliklarini tashxislash va davolash optimal usul bo‘lib, asoslangan ko‘rsatmalar bilan shoshilinch xirurgik davolash moyakni buralishida 30%ga, gidatidni buralishida 12%ga gipoplaziyaning kamayishiga olib keldi. Iqtisodiy samaradorligi: tadqiqotdagi moyak o‘tkir kasalliklari bo‘lgan bemorlarni davolashning iqtisodiy samaradorligi shifoxonada kasallikni davolash uchun bir bemorga sarf qilingan summadan shakillantirildi. Taklif qilingan tekshirish va davolash usuli orqali MO‘K iqtisodiy samaradorligi 123644640 so‘mni tashkil etdi. Xulosa: taklif etilayotgan kompleks usullarni amaliyotga joriy etilishi bir bemor uchun kunlik 700800 so‘m iqtisod qilinishiga olib keldi. Buning natijasida yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 123644640 so‘mni tashkil etadi (180 nafar bemor uchun). Shunda yillik byudjet mablag‘laridan 123644640 so‘m miqdorda iqtisod qilindi. Moyakning o‘tkir kasalliklarini tavsiya etilgan davolashning klinik va exografik samaradorligi ishonchli tarzda isbotlangan va xar bir bemor uchun qilinayotgan sarfni 41%ga qisqartirish imkonini beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: moyakning buralishi kuzatilgan bolalarda kontrlateral tomonda buralib qolishni oldini olish imkonini beruvchi ishlab chiqilgan teri orqali orxipeksiya usuli Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 30 yanvarda 6 i – 02/u -son bilan tasdiqlangan «Bolalarda moyakning o‘tkir kasalliklarini tashxislash va jarrohlik yo‘li bilan davolashni maqbullashtirish» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur taklif Namangan viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 05.02.2024 yildagi 33-son, Andijon viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 01.02.2024 yildagi 23-son hamda Andijon viloyat Marxamat tuman tibbiyot birlashmasi markaziy shifoxonasining 01.02.2024 yildagi 8-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 15 iyuldagi 03/11-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: moyakning o‘tkir kasalligi bilan davolangan bemorlarning uzoq muddatli natijalari tahlil qilinganda jinsiy a’zolar rivojlanishida turli og‘ishlar kuzatildi. Kasallikning ko‘p uchragan asorati moyakning gipoplaziyasi bo‘ldi. Tavsiya etilayotgan algoritm asosida tashxislash va davolash moyak o‘tkir kasalliklarida tibbiy yordam ko‘rsatishning mo‘tadil usuli bo‘lib, qoniqarsiz natijalarni 41,3%ga kamaytirishga, davolashning yaxshi natijalarini esa 16,8%ga yaxshilashga erishiladi. Iqtisodiy samaradorligi: tadqiqotdagi moyak o‘tkir kasalliklari bo‘lgan bemorlarni davolashning iqtisodiy samaradorligi shifoxonada kasallikni davolash uchun bir bemorga sarf qilingan summadan shakillantirildi. Taklif qilingan tekshirish va davolash usuli orqali MO‘K iqtisodiy samaradorligi 123644640 so‘mni tashkil etdi. Xulosa: taklif etilayotgan kompleks usullarni amaliyotga joriy etilishi bir bemor uchun kunlik 700800 so‘m iqtisod qilinishiga olib keldi. Buning natijasida yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 123644640 so‘mni tashkil etadi (180 nafar bemor uchun). Shunda yillik byudjet mablag‘laridan 123644640 so‘m miqdorda iqtisod qilindi. Moyakning o‘tkir kasalliklarini tavsiya etilgan davolashning klinik va exografik samaradorligi ishonchli tarzda isbotlangan va xar bir bemor uchun qilinayotgan sarfni 41%ga qisqartirish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish