Dexqonov Jamol Qurvonalievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘tkir gastroduodenal yaralardan qon ketishi tashxisi va davolashda yondashuv usullarini takomillashtirish», 14.00.27 – «Xirurgiya».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: Â2020.2.PhD/Tib1373.
Ilmiy rahbar: Xakimov Murod Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.95.01.
Rasmiy opponentlar: Aripova Nazira Uktamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xodjimatov Gulomiddin Minxodjievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Abu Ali ibn Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universiteti (Tojikiston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘tkir gastroduodenal yaralardan qon ketgan bemorlarda diagnostik yondashuv xamda kaminvaziv davolash usullaridan foydalanishni takomillashtirish orqali davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qon ketish manbasi oshqozon tubida, tanasining orqa qismida va katta egriligida joylashganda diagnostik endoskopiya vaqtida bemorning holatini o‘zgartirish orqali endoskopik gemostaz o‘tkazish usuli takomillashtirilgan;
ko‘pincha kichik egrilik bo‘ylab oshqozon burchagi sohasida, tanasining orqa yuzasida va oshqozonning antral qismida joylashgan o‘tkir oshqozon yaralari tomirlarning anatomik xususiyatlari tufayli (shilliq osti arteriyalarning yuzaki joylashishi va yuqori qon oqimi tezligi) qon ketishi bilan asoratlanishi aniqlangan;
o‘tkir oshqozon yarasidan qon ketish xavfini bashorat qilishning 12 mezonlarini o‘z ichiga olgan va ularning mavjudligi residiv xavfi: yuqori xavf (9 yoki undan ortiq mezon qaytalanish darajasi 40% dan yuqori, o‘lim darajasi 5% dan ortiq,), o‘rtacha xavf (4-8 mezonning mavjudligi – qaytalanish darajasi 5-25% gacha, o‘lim darajasi 5% gacha,) hamda past xavf (3 mezongacha – 5% gacha, o‘lim 0%,) darajasini belgilaydigan shkalasi ishlab chiqilgan;
qon ketishining intensivligi va endoskopik chora-tadbirlar samaradorligiga qarab gemostaz usulini tanlashga tabaqalashtirilgan yondashuv taklif qilingan va o‘tkir gastroduodenal yaralardan qon ketishini xirurgik davolashda takomillashtirilgan yondashuvning klinik samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘tkir gastroduodenal yaralardan qon ketgan bemorlarda diagnostik yondashuv xamda kaminvaziv davolash usullaridan foydalanishni takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
birinchi ilmiy yangilik: qon ketish manbasi oshqozon tubida, tanasining orqa qismida va katta egriligida joylashganda diagnostik endoskopiya vaqtida bemorning holatini o‘zgartirish orqali endoskopik gemostaz o‘tkazish usuli takomillashtirilganligi Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 26 fevralda 02-24/257-t-son bilan tasdiqlangan «O‘tkir gastroduodenal yaradan qon ketishni tashxislash va davolash usullarida taktik yondashuvlarni takomillashtirish» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur taklif Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasining 05.03.2024 yildagi 55-son hamda Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani tibbiyot birlashmasining 05.03.2024 yildagi XO60232290-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 15 iyuldagi 03/36-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: takomillashtirilgan endoskopik gemostaz usulidan foydalanish qon ketish bilan asoratlangan oshqozon yaralari bo‘lgan bemorlarni xayotini saqlab qolishga hamda imkon beradi. Iqtisodiy samaradorligi: taklif etilgan usulni qo‘llash orqali bemorlarning statsionarda bo‘lish muddati 2 kunga qisqartirildi. Buning natijasida 1 bemorning statsionarda bo‘lishi 1 kunlik jami xarajatlarining o‘rtacha miqdori (dori-darmonlar, tekshiruvlar bilan birgalikda) 540480 so‘mni tashkil etgani holda 1080960 so‘m byudjet mablag‘lari iqtisod qilinishiga imkon bergan. Xulosa: ushbu ilmiy yangilikni davolash standartlariga kiritish o‘rin-kunlarni qisqartirish hisobiga tadqiqot ko‘lami bo‘yicha (n=126) 136200960 so‘m byudjet mablag‘lari tejalishiga imkon beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: ko‘pincha kichik egrilik bo‘ylab oshqozon burchagi sohasida, tanasining orqa yuzasida va oshqozonning antral qismida joylashgan o‘tkir oshqozon yaralari tomirlarning anatomik xususiyatlari tufayli (shilliq osti arteriyalarning yuzaki joylashishi va yuqori qon oqimi tezligi) qon ketishi bilan asoratlanishi aniqlanganligi Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 26 fevralda 02-24/257-t-son bilan tasdiqlangan «O‘tkir gastroduodenal yaradan qon ketishni tashxislash va davolash usullarida taktik yondashuvlarni takomillashtirish» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur taklif Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasining 05.03.2024 yildagi 55-son hamda Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani tibbiyot birlashmasining 05.03.2024 yildagi XO60232290-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 15 iyuldagi 03/36-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ushbu ilmiy yangilikni qon ketish bilan asoratlangan oshqozon yaralari bo‘lgan bemorlarni tashxislashda inobatga olish qon ketish manbasini o‘z vaqtida aniqlashga va to‘xtatishga imkon beradi. Iqtisodiy samaradorligi: ilmiy yangilikni tashxisot standartiga kiritish tezkor tashxis qo‘yishni ta’minlagani holda o‘rinsiz va uzoq davom etuvchi tekshiruvlarni o‘tkazishni bartaraf etadi. Buning natijasida 1 bemorni tekshirish uchun sarflanadigan mablag‘larni qisqartishga imkon beradi. Xulosa: ushbu ilmiy yangilikni tashxisot standartlariga kiritish tekshiruvlar sonini qisqartirish hisobiga tadqiqot ko‘lami bo‘yicha (n=151) 12080000 so‘m byudjet mablag‘lari tejalishiga imkon beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: o‘tkir oshqozon yarasidan qon ketish xavfini bashorat qilishning 12 mezonlarini o‘z ichiga olgan va ularning mavjudligi residiv xavfi: yuqori xavf (9 yoki undan ortiq mezon –qaytalanish darajasi 40% dan yuqori, o‘lim darajasi 5% dan ortiq,), o‘rtacha xavf (4-8 mezonning mavjudligi – qaytalanish darajasi 5-25% gacha, o‘lim darajasi 5% gacha,) hamda past xavf (3 mezongacha – 5% gacha, o‘lim 0%,) darajasini belgilaydigan shkalasi ishlab chiqilganligi Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 26 fevralda 02-24/257-t-son bilan tasdiqlangan «O‘tkir gastroduodenal yaradan qon ketishni tashxislash va davolash usullarida taktik yondashuvlarni takomillashtirish» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur taklif Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasining 05.03.2024 yildagi 55-son hamda Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani tibbiyot birlashmasining 05.03.2024 yildagi XO60232290-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 15 iyuldagi 03/36-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: o‘tkir oshqozon yarasidan qon ketish xavfini bashorat qilishning ishlab chiqilgan shkalasidan foydalanish qon ketishi to‘xtatilgan bemorlarda takroriy qon ketishi xavfini baholashga va shu bilan, profilaktik choralar ko‘rishga imkon beradi. Iqtisodiy samaradorligi: ishlab chiqilgan bashoratlash shkalasidan foydalangan xolda qon ketishining qaytalanish ehtimolligini inobatga olib birlamchi endogemostaz o‘tkazish qayta qon ketish ehtimolini 12,5% dan 3,9% gacha (19 bemorga nisbatan 6 nafar) qisqartirishga imkon bergan. Buning natijasida 1 bemorning statsionarda bo‘lishi 1 kunlik jami xarajatlarining o‘rtacha miqdori (dori-darmonlar, tekshiruvlar bilan birgalikda) 540480 so‘mni tashkil etgani holda, 1 kunda 1080960 so‘m byudjet mablag‘lari iqtisod qilinishiga imkon bergan. Xulosa: ushbu ilmiy yangilikni davolash standartlariga kiritish o‘rin-kunlarni qisqartirish hisobiga tadqiqot ko‘lami bo‘yicha (n=13) 1 kunda 7026240 so‘m byudjet mablag‘lari tejalishiga imkon bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: qon ketishining intensivligi va endoskopik chora-tadbirlar samaradorligiga qarab gemostaz usulini tanlashga tabaqalashtirilgan yondashuv taklif qilingan va o‘tkir gastroduodenal yaralardan qon ketishini xirurgik davolashda takomillashtirilgan yondashuvning klinik samaradorligi isbotlanganligi Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 26 fevralda 02-24/257-t-son bilan tasdiqlangan «O‘tkir gastroduodenal yaradan qon ketishni tashxislash va davolash usullarida taktik yondashuvlarni takomillashtirish» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur taklif Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasining 05.03.2024 yildagi 55-son hamda Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani tibbiyot birlashmasining 05.03.2024 yildagi XO60232290-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 15 iyuldagi 03/36-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: gemostaz usulini tanlashda tabaqalashtirilgan yondashuvdan foydalanish qon ketish bilan asoratlangan oshqozon yaralari bo‘lgan bemorlarda adekvat davolash usulini tanlashga va samarali natijaga erishishga imkon beradi. Iqtisodiy samaradorligi: takomillashtirilgan yondashuvdan foydalanish bemorlarning statsionarda bo‘lish muddatini 2 kunga qisqartirishga hamda 1 bemorning statsionarda bo‘lishi 2 kunlik jami xarajatlarini qisqarishi hisobiga 1080960 so‘m byudjet mablag‘lari iqtisod qilinishiga imkon bergan. Xulosa: ushbu ilmiy yangilikdan foydalanish o‘rin-kunlarni qisqartirish hisobiga tadqiqot ko‘lami bo‘yicha (n=151) 163224960 so‘m byudjet mablag‘lari tejalishiga imkon beradi.