Mannapova Kamola Alimdjanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘zgravitatsiyalanuvchi diskning tojini hisobga olgan holda nochiziqli noradial tebranishlari”, 01.03.02 – Kosmos fizikasi va astrofizika (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/FM969.
Ilmiy rahbar: Mirtadjieva Karamat Taxirovna, fizika-matematika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, PhD.03/05.05.2023.FM.01.18.
Rasmiy opponetlar: Tadjibaev Ikram Uralbaevich, fizika-matematika fanlari doktori; Burhonov Otabek Anvarjonovich fizika-matematika fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi Fundamental va amaliy tadqiqotlar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: "Disksimon galaktikalarning galosining (DGG) katalogi" ni tuzish va uning statistik tahlili, shuningdek, o‘zgravitatsiyalanuvchi diskning galoni hisobga olgan holda noradial nochiziqli tebranishlari nazariyasini yaratish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
101 ta spiral galaktikaning galo va diskining fizik parametrlarini o‘z ichiga olgan katalog ilk bor tuzildi va bu parametrlari o‘rtasidagi empirik formulalar topildi, shuningdek, galo tasnifi ishlab chiqilgan.
ilk bor, galaktika galosini hisobga olgan xolda uning disk tizim osti evolyusiyasi uchun tenglama hosil qilindi va uni sonli tahlil qilish usuli ishlab chiqilgan;
galaktikalar evolyusiyasining boshlang‘ich bosqichida galo effektini hisobga olgan xolda diskning nochiziqli noradial tebranishlarini barqarorlashtiruvchi tizim parametrlarining kritik qiymatlari topilgan;
nochiziqli radial pulsatsiyalanuvchi sferik modelning bir va ikki halqali g‘alayonlanish modalari uchun dispersiyon tenglamalarining nostatsionar analoglari topilgan;
birinchi marta sferik va disk pulsatsiyalanuvchi modellari fonida halqasimon tuzilmali g‘alayonlanish modalari beqarorligining qiyosiy taxlil natijalari olingan;
ilk bor galaktikalarda halqasimon tuzilmalarning yuzaga kelish xarakterli vaqtlari va bunda radial pulsatsiyalanuvchi modellarning nostatsionarlik darajasi uchun kritik qiymatlar topilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Tuzilgan DGG katalogi F2-FA-F029 - "Gravitatsion linzalar, kompakt astrofizik ob'ektlar va nostatsionar disk tizimlari fizikasi" loyihasi doirasida spiral galaktikalar galosi va diskining fizik xususiyatlarini aniqlash uchun ishlatilgan (Ma'lumotnoma № O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Ulug‘bek Astronomiya institutining 04.04.2024 yildagi 02-09/64) hamda katalog ma'lumotlaridan foydalanib, galo va disk parametrlari orasidagi empirik formulalar aniqlangan.
Galaktika galosini hisobga olgan holda o‘zgravitatsiyalanuvchi diskning evolyusiyasini tavsiflovchi tenglamalar tizimi va uni raqamli hisoblash usulidan F2-FA-F029 - "Gravitatsion linzalar fizikasi, kompakt astrofizik ob'ektlar va nostatsionar disksimon tizimlar fizikasi” mavzusidagi loyiha doirasida disksimon galaktikalar evolyusiyasining dastlabki bosqichini o‘rganishda foydalanilgan (Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Ulugʻbek nomidagi Astronomiya institutining 04.04.2024 dagi 02-09/64-sonli maʼlumotnomasi). Olingan sonli hisob-kitoblar natijalarini qo‘llash disksimon galaktikalar evolyusiyasining dastlabki bosqichida galo va disk massalari uchun dastlabki kritik qiymatlarni aniqlash, shuningdek ularning galolarini tasniflash imkonini bergan.
F2-FA-F029 - “Gravitatsion linzalar, kompakt astrofizik obektlar va nostatsionar disksimon tizimlar fizikasi” mavzusidagi loyiha doirasida galaktika evolyusiyasining nostatsionar bosqichi fizikasini o‘rganishda halqali galaktikalarning shakllanishi muammosini o‘rganish maqsadida hosil qilingan dispersiyon tenglamalarning nostatsionar analogidan foydalanilgan (O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Ulug‘bek nomidagi Astronomiya institutining 04.04.2024 yildagi 02-09/64-son ma’lumotnomasi). Natijada galaktikalardagi halqa strukturasining kelib chiqish mexanizmlari va mezonlari aniqlangan.