Xashimova Shoira Kasimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Timur Po‘latov va Xurshid Do‘stmuhammad nasrida poetika masalalari”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik,chog‘istirma tilshunoslik va tarjimashunoslik  (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Fil3910.
Ilmiy rahbar: Yo‘lchiev Qahhor Vahobovich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Sodiqov Zohid Yakubjonovich, filologiya fanlari doktori, professor; Yoqubov Islom Ahmedjanovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi rus va o‘zbek nasrining o‘zaro aloqasi,  ijodiy ta’sirini Timur Po‘latov, Xurshid Do‘stmuhammad nasri poetikasi misolida ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
zamonaviy rus va o‘zbek nasrining badiiy asar poetikasiga xos bo‘lgan syujet, kompozisiya, obrazlar tizimi, asar tili kabi qator masalalarda roviy nutqi, personajlar psixologiyasi, diniy-mifik ifoda, qush obrazlari orqali badiiy idrok singari mushtarak jihatlar borligi hamda ularning yagona tizimga egaligi asoslangan;
Timur Po‘latov “Soqchilar minorasi” qissasida bosh qahramon Vali bobo timsolida voqelikni badiiy-estetik va badliiy-psixologik idrok  etishi orqali uzoq tarixga ega qasr va milliy an’analarni saqlashga uringanligi natijasida personajda milliy ruh, inson sifatida o‘zligini anglashi, Xurshid Do‘stmuhammadning “Nigoh” qissasidagi Bek obrazi ham insonni, yaqinlarini, qolaversa, o‘zligini anglashga bo‘lgan intilishi orqali insonni oliy qadriyat sifatida tushunishi aniqlangan;
Timur Po‘latovning  hikoya qilish tarzida voqealar, barcha darajadagi obrazlar, nutq birliklari maxsus tanlab olinishi va ularga vatanparvalikni tabiiy yo‘sinda qushlar timsolida yoritishi, shaxs o‘zligini anglashi Vali bobo va Bek obrazlarining hayotni tahlil qilishlari, shaxs irodasini ko‘rsatish kabi vazifalar yuklagani, “Mulk” qissasida hech bir ijtimoiy formatsiya, davlat va jamiyat ustqurmasiga aloqasi yo‘qdek bir tasvirni berish orqali bugungi bashariyat jamiyatining nigohini tabiatga, insoniyatning o‘zligiga qaratganligi natijada qissa  har qanday vaqt yoki tuzumlar chegarasini qamrab oluvchi hamda ulardan ustun turuvchi asarga aylanganligi dalillangan;
“Tebranayotgan Evroosiyo” va “Donishmand Sizif” romanlarida diniy, mifik unsurlardan unumli foydalanganligi, ular shunchaki tanlab olinib,  romanlarga kiritilib, yagona gʻoyaviy-mazmuniy struktura tashkil etilmaganligi, balki asarlarning badiiy-estetik konsepsiyasiga singdirib yuborilganligi natijada o‘qilishi biroz ogʻir, ba’zi hollarda tushunarsizdek tuyulgan roviy nutqida yozuvchining yuksak badiiy-estetik qarashlari mujassamligini isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Timur Po‘latov va Xurshid Do‘stmuhammad nasrida poetika masalalari mavzusida erishilgan quyidagi ilmiy natijalardan foydalanildi:
zamonaviy rus va o‘zbek nasrining badiiy asar poetikasiga xos bo‘lgan syujet, kompozisiya, obrazlar tizimi, asar tili kabi qator masalalarda roviy nutqi, personajlar psixologiyasi, diniy-mifik ifoda, qush obrazlari orqali badiiy idrok singari mushtarak jihatlar borligi hamda ularning yagona tizimga egaligiga oid xulosalardan AR 08856427 raqamli “Ma’naviy qadriyatlar uyg‘onishining paremiologik ildizlari: turkiy maqol va matallar tadqiqining amaliy aspektlari” mavzusidagi fundamental loyihani bajarishda  foydalanilgan (Qozog‘iston Respublikasi, L. N. Gumilyov nomli Evroosiyo milliy universitetining 2023-yil 23-noyabrdagi ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida bajarilgan tadqiqotlar tegishli ma’lumotlar bilan boyitilgan;
Timur Po‘latov “Soqchilar minorasi” qissasida bosh qahramon Vali bobo timsolida voqelikni badiiy-estetik va badliiy-psixologik idrok  etishi orqali uzoq tarixga ega qasr va milliy an’analarni saqlashga uringanligi natijasida personajda milliy ruh, inson sifatida o‘zligini anglashi, Xurshid Do‘stmuhammadning “Nigoh” qissasidagi Bek obrazi ham insonni, yaqinlarini, qolaversa, o‘zligini anglashga bo‘lgan intilishi orqali insonni oliy qadriyat sifatida tushunishiga oid xulosalaridan FA-A1-G004 raqamli “Qoraqalpoqlar tasavvurida ayol timsoli: etnologik tadqiqotlar” mavzusidagi amaliy ilmiy loyihani bajarishda (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpogʻiston bo‘limi, Qoraqalpoq Gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2023-yil 27-dekabrdagi 507/1-son ma’lumotnomasi).  Natijada zamonaviy ijodkorlar o‘z asarlarida adabiy an’analar, an’anaviy obraz va timsollarga murojaat qilishini yoritib berishga doir materiallarning mukammallashuviga erishilgan;
Timur Po‘latovning  hikoya qilish tarzida voqealar, barcha darajadagi obrazlar, nutq birliklari maxsus tanlab olinishi va ularga vatanparvalikni tabiiy yo‘sinda qushlar timsolida yoritishi, shaxs o‘zligini anglashi Vali bob ova Bek obrazlarining hayotni tahlil qilishlari, shaxs irodasini ko‘rsatish kabi vazifalar yuklagani, “Mulk” qissasida hech bir ijtimoiy formatsiya, davlat va jamiyat ustqurmasiga aloqasi yoʻqdek bir tasvirni berish orqali bugungi bashariyat jamiyatining nigohini tabiatga, insoniyatning o‘zligiga qaratganligi natijada qissa  har qanday vaqt yoki tuzumlar chegarasini qamrab oluvchi hamda ulardan ustun turuvchi asarga aylanganligi xususidagi xulosalardan F1-FA-0-43429-raqamli “Qoraqalpoq folklori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpogʻiston bo‘limi, Qoraqalpoq Gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2023-yil 27-dekabrdagi 508/1-son ma’lumotnomasi). Natijada ilgari surilgan tavsiyalar asar kompozisiyasi ichki va tashqi xususiyatlarga ega yaxlit estetik hodisa ekanligi qoraqalpoq adabiyoti janrlarining nazariy jihatdan boyishida muhim omil bo‘lgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish