Akramova Nozima Muzaffarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yoshlar sotsiolektini ifodalash vositalarining ingliz, o‘zbek va rus tillaridagi qiyosiy-tipologik tadqiqi”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Fil.1299.
Ilmiy rahbar: Davlyatova Gulchexra Nasirovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Xoshimov G‘anijon Mirzaahmedovich, filologiya fanlari doktori, professor; Sulaymanova Nilufar Jabbarovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz, o‘zbek va rus tillarida yoshlar sotsiolektini ifodalash vositalarini qiyosiy-tipologik tarzda ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz, o‘zbek va rus tillarida yoshlar sotsiolektini tavsiflovchi va tasniflovchi konsepsiya, uning demografik mezonlarga mos keluvchi kattalar va yoshlar nutqiga xos o‘zgaruvchan, jinsiy farqlanishga oid ayollar hamda erkaklar nutqinining genderologik hamda shahar va qishloq yoshlari nutqidagi areal xususiyatlari aniqlangan;
ingliz, o‘zbek va rus tillari materiallari asosida yoshlar sotsiolektini ifodalash vositalarining yasalishida tarkibiy jihatdan affiksatsiya, kompozisiya, abbreviatsiya, qisqartirish, so‘zni ikki marta takrorlash kabi morfologik va onomatopeya kabi fonologik usullari, semantik jihatdan nominativ metafora-sotsiolektizmlar (NMS), aniqlovchi metafora-sotsiolektizmlar (AMS) va metonimiya-sotsiolektizmlarning (MS) turlari, grammatik-fonetik xususiyatlarining qiyosiy tahlilida boshlang‘ich grafik qisqartmalar, undosh harf, bo‘g‘inning qisqarishi, alifbo harflari va raqamlar nomlari bilan mos keladigan omofoniya tamoyiliga asoslangan bo‘g‘inlar va so‘zlar o‘rnini almashtirish kabi ussullari aniqlangan;
chog‘ishtirilayotgan tillar egalarining madaniyati va xalq mentaliteti bilan bog‘langan tushunchalar til egalarining madaniyati, an’analari va mentalitetini aks ettiruvchi kommunikativ, nominativ, kognitiv, identifikatsiyalovchi, ekspressiv, tejash kabi funksional-pragmatik jihatlari ingliz tilidagi hotshot, killeroo, o‘zbek tilidagi dahshat, rus tilidagi krutoy kabi lisoniy dalillar, lingvomadaniy jihatlari ingliz tilidagi damn hole, o‘zbek tilidagi laʼnati, rus tilidagi gryobaniy kabi sotsiolektizmlar orqali dalillangan;
chog‘ishtirilayotgan tillarda yoshlar sotsiolektini ifodalash vositalarining izomorfik xususiyatlari til tizimlari va quyi tizimlarining aloqa vositasi sifatida rivojlanishining umumiy qonuniyatlari mavjudligi bilan izohlanishi, ularning allomorfik xususiyatlari esa tillar tuzilishining idiomatik tabiati bilan ajralib turishi, yoshlar sotsiolektini ifodalash vositalarini bir tildan ikkinchi tilga taxminiy, ta’riflovchi, antonimik, so‘zma-so‘z kabi tarjima turlari va modulyasiya, implikatsiya, qo‘shish, kompensatsiya, transkripsiya, transliteratsiya, kalka kabi usullari mashhur ingliz, o‘zbek va rus yozuvchilarining asarlari orqali asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz, o‘zbek va rus tillarida yoshlar sotsiolektini ifodalash vositalarini qiyosiy-tipologik tarzda o‘rganish orqali olingan nazariy va amaliy natijalari asosida:
ingliz, o‘zbek va rus tillarida yoshlar sotsiolektini tavsiflovchi va tasniflovchi konsepsiya, uning demografik mezonlarga mos keluvchi kattalar va yoshlar nutqiga xos o‘zgaruvchan, jinsiy farqlanishga oid ayollar hamda erkaklar nutqinining genderologik hamda shahar va qishloq yoshlari nutqidagi areal xususiyatlariga doir xulosa va takliflardan 2018-2020-yillarga mo‘ljallangan Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasidagi PZ-20170930223 raqamli “Demokratik va huquqiy jamiyatni rivojlantirishda yoshlar ijtimoiy faolligini oshirish mexanizmini takomillashtirish” mavzusidagi loyihani bajarishda foydalanilgan (Farg‘ona davlat universitetining 2024-yil 14-oktyabrdagi 04/5869-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida yaratilgan “Faollik sari” mobil ilova hamda “Demokratik va huquqiy jamiyatni rivojlantirishda yoshlar ijtimoiy faolligini oshirishning takomillashgan mexanizmi” nomli monografiyani yaratish jarayonini jadallashtirish imkonini bergan;
ingliz, o‘zbek va rus tillari materiallari asosida yoshlar sotsiolektini ifodalash vositalarining yasalishida tarkibiy jihatdan affiksatsiya, kompozisiya, abbreviatsiya, qisqartirish, so‘zni ikki marta takrorlash kabi morfologik va onomatopeya kabi fonologik usullari, semantik jihatdan nominativ metafora-sotsiolektizmlar (NMS), aniqlovchi metafora-sotsiolektizmlar (AMS) va metonimiya-sotsiolektizmlarning (MS) turlari, grammatik-fonetik xususiyatlarining qiyosiy tahlilida boshlang‘ich grafik qisqartmalar, undosh harf, bo‘g‘inning qisqarishi, alifbo harflari va raqamlar nomlari bilan mos keladigan omofoniya tamoyiliga asoslangan bo‘g‘inlar va so‘zlar o‘rnini almashtirish kabi ussullariga oid xulosalardan 2019-2021-yillarga mo‘ljalangan “EMI (English as a Medium of Instruction)” nomli xalqaro loyihada foydalanilgan (Farg‘ona davlat universitetining 2023-yil 20-dekabrdagi 04/6425-son ma’lumotnomasi). Natijada olamning lisoniy manzarasida yoshlar nutqida faol qo‘llanuvchi birliklar tahliliga doir fikr-mulohazalar loyihaning ilmiy dalillar bilan boyishiga xizmat qilgan;
chog‘ishtirilayotgan tillarda yoshlar sotsiolektini ifodalash vositalarining izomorfik xususiyatlari til tizimlari va quyi tizimlarining aloqa vositasi sifatida rivojlanishining umumiy qonuniyatlari mavjudligi bilan izohlanishi, ularning allomorfik xususiyatlari esa tillar tuzilishining idiomatik tabiati bilan ajralib turishi, yoshlar sotsiolektini ifodalash vositalarini bir tildan ikkinchi tilga taxminiy, ta’riflovchi, antonimik, so‘zma-so‘z kabi tarjima turlari va modulyasiya, implikatsiya, qo‘shish, kompensatsiya, transkripsiya, transliteratsiya, kalka kabi usullari mashhur ingliz, o‘zbek va rus yozuvchilarining asarlari orqali asoslanishiga doir tahliliy yondashuv hamda nazariy xulosalardan Farg‘ona viloyat teleradiokompaniyasining “Ochiq muloqot”, “Dolzarb mavzu”, “Zamondosh”, “Qadriyat”, “Ma’naviyat – qalb ko‘zgusi”, “Kun mavzusi” ko‘rsatuvlarini tayyorlashda foydalanilgan (Farg‘ona viloyat teleradiokompaniyasining 2023-yil 21-dekabrdagi 02-05/230-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuv dasturlari ilmiy va amaliy jihatdan boyigan, mazmunan mukammallashgan.