Xasanov Shoxjaxon G‘olibjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak o‘qituvchilarning kollaborativ yondashuv asosida pedagogik intensiyalarini rivojlantirish metodikasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped5598.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Qurbonova Baxtixon Qo‘chqarbaevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.11.2021.Ped.05.07.
Rasmiy opponentlar: Temirov Nabijon Solievich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Xalikov A’zam Abdusalomovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak o‘qituvchilarning kollaborativ yondashuv asosida pedagogik intensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kollaborativ yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning pedagogik intensiyalarini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari ilmiy maqsadlarda hamkorlik etish, ma’nolarni bilish qobiliyati, ta’limiy va tarbiyaviy intensiyalarni o‘zlashtirish hamda ijtimoiy ko‘nikmalarni halollik, adolat, hurmat kabi axloqiy qadriyatlarga ko‘ra uyg‘unlashtirish asosida aniqlangan;
bo‘lajak o‘qituvchilarni kollaborativ yondashuv asosida o‘qitish va pedagogik intensiyalarni rivojlantirishning pragmatik, tizimli-funksional modeli pedagogik intensiyalarni boshqarish, maqsadlarni aniqlash, o‘quv materialini strukturalashtirish hamda intensiyalarning ta’limiy, tarbiyaviy, motivatsion, innovatsion komponentlarini refleksiyalash, fanlararo integrativ yondashuvlarni izchillikda bir-biriga bog‘liq tizimlashtirish asosida takomillashtirilgan;
kollaborativ yondashuv asosida pedagogik intensiyalarini rivojlantirish metodikasi interaktiv darslar, onlayn testlar, virtual o‘quv muhitini uyg‘unlashtirish, ta’lim intensiyalarini tarmoqlash hamda o‘quv harakatlari ta’sirchanligini kompleks oshirish, bo‘lajak o‘qituvchilarni mustaqil, kreativ fikrlashga yo‘llash va hayotiy tajribalarini rivojlantiradigan imkoniyatlar yaratish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning pedagogik intensiyalarini rivojlantirish jarayonini kollaborativ yondashuv texnologiyasi asosida takomillashtirish samaradorligi pedagogik intensiyalarni o‘zlashtirish, o‘quv materiallariga ijobiy munosabatini muqobil shakllantirish, yangi g‘oyalar yaratish, shaxsiy maqsadlar va manfaatlar birligini bosqichma-bosqich ta’minlash hamda ijtimoiy ko‘nikmalarni rejalashtirish asosida takomillashtirilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak o‘qituvchilarning kollaborativ yondashuv asosida pedagogik intensiyalarini rivojlantirish metodikasiga doir tadqiqot natijalari asosida:
kollaborativ yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning pedagogik intensiyalarini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlarini ilmiy maqsadlarda hamkorlik etish, ma’nolarni bilish qobiliyati, ta’limiy va tarbiyaviy intensiyalarni o‘zlashtirish hamda ijtimoiy ko‘nikmalarni halollik, adolat, hurmat kabi axloqiy qadriyatlarni uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilganiga oid tavsiyalar O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan PZ-20170913120 raqamli “Oliy ta’lim tizimida raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning ijtimoiy-psixologik mexanizmlari” mavzusidagi amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 29-iyuldagi 11-05-3871/04-son dalolatnomasi). Natijada, o‘quv jarayonida ta’lim berish metodikalarini tanlash, o‘quvchilarni motivatsiyalash, ularning bilimlarini nazorat qilish, baholash va ta’lim jarayonini refleksiya qilish imkoniyatlari kengaytirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarni kollaborativ yondashuv asosida o‘qitish va pedagogik intensiyalarni rivojlantirishning pragmatik, tizimli-funksional modelini pedagogik intensiyalarni boshqarish, maqsadlarni aniqlash, o‘quv materialini strukturalashtirish hamda intensiyalarning ta’limiy, tarbiyaviy, motivatsion, innovatsion komponentlarini refleksiyalash fanlararo integrativ yondashuvlarni izchillikda bir-biriga bog‘liq tizimlashtirish asosida takomillashtirilganiga oid metodik tavsiyalar O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan PZ-20170929789 raqamli “O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarining o‘quv jarayonida ilg‘or pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni takomillashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 29-iyuldagi 11-05-3871/04-son dalolatnomasi).. Natijada, kollaborativ yondashuv asosida pedagogik intensiyalardan foydalanish samarodirligi oshishiga xizmat qilgan;
kollaborativ yondashuv asosida pedagogik intensiyalarini rivojlantirish metodini interaktiv darslar, onlayn testlar, virtual o‘quv muhitini uyg‘unlashtirish, ta’lim intensiyalarini tarmoqlash hamda o‘quv harakatlari ta’sirchanligini kompleks oshirish, bo‘lajak o‘qituvchilarni mustaqil, kreativ fikrlashga yo‘llash va hayotiy tajribalarini rivojlantiradigan imkoniyatlar yaratish asosida takomillashtirilganiga oid tavsiyalar “Hamkorlik pedagogikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 29-iyuldagi 11-05-3871/04-son dalolatnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarda pedagogik intensiyalarni kollaborativ yondashuv asosida rivojlantirishni metodik qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari kengaytirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning pedagogik intensiyalarini rivojlantirish jarayonini kollaborativ yondashuv texnologiyasi asosida takomillashtirish samaradorligini pedagogik intensiyalarni o‘zlashtirish, o‘quv materiallariga ijobiy munosabatini muqobil shakllantirish, yangi g‘oyalar yaratish, shaxsiy maqsadlar va manfaatlar birligini bosqichma-bosqich ta’minlash hamda ijtimoiy ko‘nikmalarni rejalashtirish asosida takomillashtirilganiga oid tavsiyalar “Hamkorlik pedagogikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 29-iyuldagi 11-05-3871/04-sonli dalolatnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarni metodik qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari oshirilgan;

Yangiliklarga obuna bo‘lish