Usmanova Umida Aybekovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Boshlang‘ich ta’lim magistratura talabalarining ilmiy tadqiqotchilik kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 -Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.DSc/Ped 454.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Shodieva Matlyuba Jo‘raevna, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Qurbonova Baxtixon Qo‘chqarbaevna, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Xujamberdieva Shaxnoza Kupaysinovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich ta’lim magistratura talabalarining ilmiy tadqiqotchilik kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich ta’lim magistratura talabalarining ilmiy tadqiqotchilik kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari o‘zini-o‘zi faollashtirish va ijodiy samaradorlikni oshirishning konseptual mazmunini faktorli tasniflash, ilmiy bilish jarayonining real obektivligini ta’minlash hamda hodisalarni ilmiy tushunish va ilmiy-ijodiy faoliyat ko‘nikmasini ta’limiy maqsadlarga mos proektiv tashkil etish asosida aniqlshtirilgan;
boshlang‘ich ta’lim magistratura talabalarining ilmiy tadqiqotchilik kompetensiyalarini rivojlantirish samaradorligi voqeliklarga va muammolarga nisbatan tizimli xulosalar chiqarish hamda ta’limga oid texnologik jarayonning maqbul traektoriyasini tashkil etishda SMART texnologiyalariga yo‘naltirilgan audiovizual materilallardan ratsional foydalanish asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich ta’lim magistratura talabalarining ilmiy tadqiqotchilik kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi pedagogik muammolar echimini topish va didaktik vazifalarni bajarishda tadqiqot ishlaridan samarali foydalanish, shaxsiylashtirilgan ta’lim tajribasini o‘zlashtirish, sun’iy intellektni pedagogik ta’limga integratsiyalash hamda izlanuvchanlik komponentlariga xos funksіyalar intensivligini frontal ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich ta’lim magistratura talabalarining ilmiy tadqiqotchilik kompetensiyalarini rivojlantirish texnologiyalari fundamental bilimlarga ega bo‘lish, ilmiy ong va kreativ fikrlash madaniyatini rivojlantirish, hissiy munosabatlarni to‘g‘ri boshqarish, ilmiy dunyoqarashga doir bilimlar tizimini egallash, aksiomatik usullarning integrativ imkoniyatlarini shaxsiy faoliyatga moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich ta’lim magistratura talabalarining ilmiy tadqiqotchilik kompetensiyalarini rivojlantirish modeli ta’limni induviduallashtirishga qaratilgan ta’lim shakllari imkoniyatlaridan effektiv foydalanish, integratsiyalashgan ta’lim shakllarini bosqichma-bosqich qo‘llash hamda subekt-subekt munosabatlari doimiyligi va dinamikligini obektiv, mantiqiy tizim asosida ifodalash imkoniyatlarini qiyosiy baholash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich ta’lim magistratura talabalarining ilmiy tadqiqotchilik kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
boshlang‘ich ta’lim magistratura talabalarining ilmiy tadqiqotchilik kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari o‘zini-o‘zi faollashtirish va ijodiy samaradorlikni oshirishning konseptual mazmunini faktorli tasniflash, ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, ilmiy bilish jarayonining real obektivligini ta’minlash hamda xodisalarni ilmiy tushunish va ilmiy-ijodiy faoliyat ko‘nikmasini ta’limiy maqsadlarga mos proektiv tashkil etish asosida aniqlshtirishga oid takliflar “Xalqaro baholash asoslari” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 27-martdagi 68-son buyrug‘iga asosan berilgan 68880 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada zamonaviy ta’lim paradigmalari mazmunida tadqiqot va ilmiy tadqiqot kompetensiyalarini rivojlantirish imkoniyatlarini aniqlashtirish imkoni kengaytirilgan;
boshlang‘ich ta’lim magistratura talabalarining ilmiy tadqiqotchilik kompetensiyalarini rivojlantirish smaradorligi voqeliklarga va muammolarga nisbatan ilmiy xulosalar chiqarish, ruhiy intellektni boshqarish, ilmiy munosabat bildira olish, texnologik va STEAM yondashuvini uyg‘unlashtirish hamda ta’limga oid texnologik jarayonning maqbul traektoriyasini tashkil etishda SMART texnologiyalariga yo‘naltirilgan audiovizual materilallardan ratsional foydalanish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Boshlang‘ich ta’limda tarbiya fani” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 6-noyabrdagi 491-son buyrug‘iga asosan berilgan 491151 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada oliy ta’lim muassasalari o‘quv jarayonida magistratura talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish modelini takomillashtirishga imkoniyat yaratilgan;
boshlang‘ich ta’lim magistratura talabalarining ilmiy tadqiqotchilik kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi pedagogik muammolar echimini topish va didaktik vazifalarni bajarishda tadqiqot ishlaridan unumli foydalanish, shaxsiylashtirilgan ta’lim tajribasini o‘zlashtirish, sun’iy intellektni pedagogik ta’limga integratsiyalash hamda izlanuvchanlik komponentlariga xos funksіyalar intensivligini frontal ta’minlash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Xalqaro baholash asoslari” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 27 martdagi 68-son buyrug‘iga asosan berilgan 68880 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, oliy ta’lim o‘quv jarayonida magistratura talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish modelini takomillashtirish imkoni yaratilgan;
boshlang‘ich ta’lim magistratura talabalarining ilmiy tadqiqotchilik kompetensiyalarini rivojlantirish texnologiyalari fundamental bilimlarga ega bo‘lish, ilmiy ong va kreativ fikrlash madaniyatini rivojlantirish, hissiy munosabatlarni to‘g‘ri boshqarish, ilmiy dunyoqarashga doir bilimlar tizimini egallash, aksiomatik usullarning integrativ imkoniyatlarini shaxsiy faoliyatga moslashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Boshlang‘ich ta’limda tarbiya fani” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 6-noyabrdagi 491-son buyrug‘iga asosan berilgan 491151 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, magistratura talabalari ilmiy tadqiqot faoliyati natijalari ko‘rsatkichlarini yaxshilash imkoni kengaytirilgan.
boshlang‘ich ta’lim magistratura talabalarining ilmiy tadqiqotchilik kompetensiyalarini rivojlantirish modeli ta’limni induviduallashtirishga qaratilgan ta’lim shakllari imkoniyatlaridan effektiv foydalanish, integratsiyalashgan ta’lim shakllarini bosqichma-bosqich qo‘llash hamda subekt-subekt munosabatlari doimiyligi va dinamikligini obektiv, mantiqiy tizim asosida ifodalash imkoniyatlarini qiyosiy baholash asosida takomillashtirishga oid ma’lumotlar “Boshlang‘ich ta’limda tarbiya fani” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 6-noyabrdagi 491-son buyrug‘iga asosan berilgan 491151 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, magistratura talabalarining tadqiqotchilik ko‘nikmalarini rivojlantirish jarayonlarini tahlil qilish samaradorligi ortgan.