Abduraxmanov Abdushokir Abdukarimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘quvchi-yoshlarni mahalliy tarixiy materiallar vositasida vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning metodik asoslari”, 13.00.02 – Ta’lim tarbiya nazariyasi va metodikasi (tarix) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Ped 2521.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Raximov Baxtiyor Xudoyberdievich,  pedagogika fanlari doktori.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami:  Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Haydarov Mamat Eshkulovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Utebaev Tajibay Tileumuratovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi o‘quvchi-yoshlarni mahalliy tarixiy materiallar vositasida vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning metodik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchi-yoshlarni mahalliy tarixiy materiallar vositasida vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning pedagogik imkoniyatlari fuqarolik burchi va konstitusion majburiyatlarni faol bajarishga yo‘naltirilgan ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-axloqiy sifatlarni namoyon qilish hamda mafkuraviy immunitet va tolerantlik sifatlarini bosqichma-bosqich shakllantirish traektoriyasini qiyosiy prognozlashtirish asosida aniqlashtirilgan;
o‘quvchi-yoshlarni mahalliy tarixiy materiallar vositasida vatanparvarlik ruhida tarbiyalash modeli ma’naviy qadriyatlarni targ‘ib qilishning vektorli-ratsional va ijodiy-faoliyatli mikromuhitini yaratish hamda ma’naviy-ma’rifiy merosdan foydalanish ta’limiy yaxlitligini didaktik infratuzilmaning tarkibiy komponentlariga uyg‘un moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchi-yoshlarni mahalliy tarixiy materiallar vositasida vatanparvarlik ruhida tarbiyalash metodikasi ta’lim subektlarining faoliyatida ibrat fenomenining didaktik mazmunini ta’limiy maqsadlarga ko‘ra maqsadli foydalanish hamda tarixiy materiallar toponimikasi bilan ishlash ko‘nikmalarini muvofiqlashtiruvchi umumiy tushunchalarni rivojlantirishda virtual ta’sir vositalaridan foydalanishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchi-yoshlarni mahalliy tarixiy materiallar vositasida vatanparvarlik ruhida tarbiyalash samaradorligi badiiy adabiyotlarni baholash, tarixiy davrni vizual jonlantirishga maqbul sharoit yaratish hamda adabiy meros manbalari va tarixiy shaxslar misolida namunaviy-ibrat tuyg‘ularini qaror toptirish dinamikligini bosqichma-bosqich rivojlantirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘quvchi-yoshlarni mahalliy tarixiy materiallar vositasida vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning metodik asoslari mavzusida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
o‘quvchi-yoshlarni mahalliy tarixiy materiallar vositasida vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning pedagogik imkoniyatlari fuqarolik burchi va konstitusion majburiyatlarni faol bajarishga yo‘naltirilgan ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-axloqiy sifatlarni namoyon qilish hamda mafkuraviy immunitet va tolerantlik sifatlarini bosqichma-bosqich shakllantirish traektoriyasini qiyosiy prognozlashtirish asosida aniqlashtirishga oid takliflar PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 16-sentyabrdagi 11-05-5080/04-son dalolatnomasi). Natijada o‘quvchi-yoshlarni mahalliy tarixiy materiallar vositasida vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning didaktik imkoniyatlari kengaytirilgan;
o‘quvchi-yoshlarni mahalliy tarixiy materiallar vositasida vatanparvarlik ruhida tarbiyalash modeli ma’naviy qadriyatlarni targ‘ib qilishning vektorli-ratsional va ijodiy-faoliyatli mikromuhitini yaratish hamda ma’naviy-ma’rifiy merosdan foydalanish ta’limiy yaxlitligini didaktik infratuzilmaning tarkibiy komponentlariga uyg‘un moslashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 16-sentyabrdagi 11-05-5080/04-son dalolatnomasi). Natijada o‘quvchi-yoshlarni mahalliy tarixiy materiallar vositasida vatanparvarlik ruhida tarbiyalash infratuzilmasini boyitishga sharoit yaratilgan;
o‘quvchi-yoshlarni mahalliy tarixiy materiallar vositasida vatanparvarlik ruhida tarbiyalash metodikasi ta’lim subektlarining faoliyatida ibrat fenomenining didaktik mazmunini ta’limiy maqsadlarga ko‘ra maqsadli foydalanish hamda tarixiy materiallar toponimikasi bilan ishlash ko‘nikmalarini muvofiqlashtiruvchi umumiy tushunchalarni rivojlantirishda virtual ta’sir vositalaridan foydalanishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 16-sentyabrdagi 11-05-5080/04-son dalolatnomasi). Natijada o‘quvchi-yoshlarni mahalliy tarixiy materiallar vositasida vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning takomillashtirish imkoni kengaytirilgan;
o‘quvchi-yoshlarni mahalliy tarixiy materiallar vositasida vatanparvarlik ruhida tarbiyalash samaradorligi badiiy adabiyotlarni qiyosiy tahlil qilish, tarixiy davrni vizual jonlantirishga maqbul sharoit yaratish hamda adabiy meros manbalari va tarixiy shaxslar misolida namunaviy-ibrat tuyg‘ularini qaror toptirish dinamikligini bosqichma-bosqich rivojlantirish asosida takomillashtirishga oid takliflar PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 16-sentyabrdagi 11-05-5080/04-son dalolatnomasi). Natijada yoshlarni mahalliy tarixiy materiallar vositasida vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning samaradorligi oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish