Sattorov Mirshod Erkinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sport maktabi o‘quvchilari o‘zini-o‘zi boshqaruvini takomillashtirishning pedagogik psixologik xususiyatlari», 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/P828.
Ilmiy rahbar: Olimov Laziz Yarashovich, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Psi.72.06.
Rasmiy opponentlar: Jabborov Xazrat Xusenovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Ashurov Ramziddin Ramazonovich, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sport maktabi o‘quvchilarida o‘zini o‘zi boshqaruvni takomillashtirishning pedagogik-psixologik xususiyatlarini ochib berish asosida amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sport maktabi o‘quvchilarida o‘zini o‘zi boshqarishni takomillashtirishda o‘ziga o‘zi ishonch, idora qilish, o‘ziga nisbatan integral munosabatni namoyon bo‘lishi orqali shaxsiy imkoniyatlarni autent baholash ko‘nikmasini ish tajribasiga bog‘liq ravishda ortishi tufayli dinamik xususiyatga ega ekanligi o‘zini o‘zi boshqarishni takomillashtiruvchi omillar aniqlangan;
sport maktabi o‘quvchilarida o‘zini o‘zi boshqarishni takomillashtiruvchi ta’lim motivlaridan bilim olishga intilishning kasbiy kompetentlik hamda natijalarni baholash, kasbni o‘zlashtirishning mustaqil fikrlash, shaxs motivasion sohasining irodaviy zo‘r berish bilan uyg‘un namoyon bo‘lishi tufayli shaxsning o‘ziga o‘zi munosabati, iroda kuchiga bog‘liq ekanligi asoslangan;
sport maktabi o‘quvchilarida o‘zini o‘zi boshqarishni takomillashtiruvchi professional kompetentlik hamda shaxs motivasion sohaning optimistik qarashlar, o‘zini o‘zi nazorat qilishning o‘z imkoniyatlarini baholashga integrativ namoyon bo‘lishi isbotlangan;
sport maktabi o‘quvchilarida o‘zini o‘zi boshqarishni takomillashtirish modeli shaxsning o‘zini o‘zi boshqarishga oid munosabatlarini professional axborotlar bilan ishlash ko‘nikmasiga bog‘liq ravishda shakllanishi muhimligi tufayli «optimistik», «o‘z imkoniyatlarini baholash» mezonlarini kiritish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sport maktabi o‘quvchilarida o‘zini o‘zi boshqarishni takomillashtirishning pedagogik-psixologik xususiyatlarini o‘rganishga doir olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari asosida:
sport maktabi o‘quvchilarida o‘zini o‘zi boshqarishni takomillashtirishda o‘ziga o‘zi ishonch, idora qilish, o‘ziga nisbatan integral munosabatni namoyon bo‘lishi orqali shaxsiy imkoniyatlarni autent baholash ko‘nikmasini ish tajribasiga bog‘liq ravishda ortishi tufayli dinamik xususiyatga ega ekanligi o‘zini o‘zi boshqarishni takomillashtiruvchi omillarni mavjudligiga oid ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 21-avgustdagi PM-182-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi», «Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 26-avgustdagi PM-182a-son ma’lumotnomasi). Natijada sport maktabi o‘quvchilarida o‘zini o‘zi boshqarishni takomillashtiruvchi omillar aniqlangan va tahlil qilingan;
sport maktabi o‘quvchilarida o‘zini o‘zi boshqarishni takomillashtiruvchi ta’lim motivlaridan bilim olishga intilishning kasbiy kompetentlik hamda natijalarni baholash, kasbni o‘zlashtirishning mustaqil fikrlash, shaxs motivasion sohasining irodaviy zo‘r berish bilan uyg‘un namoyon bo‘lishi tufayli shaxsning o‘ziga o‘zi munosabati, iroda kuchiga bog‘liq ekanligi asoslanganligiga oid Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 21-avgustdagi PM-182-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi», «Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 26-avgustdagi PM-182a-son ma’lumotnomasi). Natijada sport maktabi o‘quvchilarida o‘zini o‘zi boshqarishni takomillashtirish mezonlarini rivojlanishiga xizmat qiluvchi komponentlar aniqllashtirilgan;
sport maktabi o‘quvchilarida o‘zini o‘zi boshqarishni takomillashtiruvchi professional kompetentlik hamda shaxs motivasion sohaning optimistik qarashlar, o‘zini o‘zi nazorat qilishning o‘z imkoniyatlarini baholashga integrativ namoyon bo‘lishi isbotlanganligiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 21-avgustdagi PM-182-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi», «Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 26-avgustdagi PM-182a-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak jismoniy madaniyat fani o‘qituvchilari faoliyatida namoyon bo‘luvchi kasbiy ustanovkalar va kasbiy qobiliyatlar o‘rtasidagi o‘zaro korrelyasion bog‘liqlik ko‘rsatkichlari aniqlangan;
sport maktabi o‘quvchilarida o‘zini o‘zi boshqarishni takomillashtirish modeli shaxsning o‘zini o‘zi boshqarishga oid munosabatlarini professional axborotlar bilan ishlash ko‘nikmasiga bog‘liq ravishda shakllanishi muhimligi tufayli «optimistik», «o‘z imkoniyatlarini baholash» mezonlarini kiritish asosida takomillashtirilgan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 21-avgustdagi PM-182-son buyrug‘i bilan «Sport psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 26-avgustdagi PM-182a-son ma’lumotnomasi). Natijada sport maktabi o‘quvchilarida o‘zini o‘zi boshqarishni takomillashtirish omillarini rivojlanishiga mo‘ljallangan psixologik trening dasturi ishlab chiqilgan va samaradorligi baholangan.