Rustamov Shavkat Shuxrat o‘glining
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Talabalar innovatsion kompetentligini rivojlantirishning pedagogik-psixologik asoslari» 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.DSc/P142.
Ilmiy maslahatchi: Atabaeva Nargis Batirovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Psi.72.06.
Rasmiy opponentlar: Jabborov Xazrat Xuseynovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Karshieva Dilafro‘z Suyunovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor; Abdullaeva Dilbar Ubaydullaevna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalar innovatsion kompetentligini rivojlantirishning pedagogik-psixologik asoslarini aniqlash va uni ilmiy-uslubiy jihatdan takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning innovatsion kompetentligini rivojlanishida ilmiy g‘oyalarni ilgari surishdagi tashabbuskorlik, tasavvur qilish qobiliyatining evrestik transduksiya, g‘oyaviy transformatsiya, fikrlarni taqdim qilishdagi obrazlar assotsiatsiyasi va ularning o‘zaro semantik ta’sirini dinamik xususiyatlariga ko‘ra «tasavvur qilish qobiliyati» va «amaliy fikrlash uslubi»ning ustuvor xarakterga ega ekanligi dalillangan;
talabalarning innovatsion kompetentligi muvaffaqiyatga intilishdagi tavakkalchilikka moyillik tashabbuskorlik va novatsiyani talab qiladigan faollikni afzal ko‘rish bilan determinatsiyalashganligi tufayli shaxs innovativ xususiyatlarining novatsion faoliyatga psixologik tayyorlik bilan uyg‘un namoyon bo‘lishiga bog‘liq ekanligi asoslangan;
talabalarning innovatsion kompetentligini rivojlantirishda idealistik va analitik fikrlash kreativ g‘oyalarning kelajakka yo‘nalganligini, sintetik fikrlash esa qarashlardagi ijodiylikni ortishiga olib kelganligi tufayli tafakkur uslubi muhim psixologik omil ekanligi asoslangan;
talabalarning innovatsion kompetentligini rivojlantirishda «ijodkorlik» va «kelajakka yo‘nalganlik» sifatlari «rejalashtirish» hamda «mustaqillik» uslubi bilan determinatsiyalashganligiga asoslanib shaxs innovatsion xususiyatlarini xulq-atvorda o‘zini o‘zi boshqarish jihatlariga integrativ namoyon bo‘lishini ta’minlash muhimligi aniqlangan;
talabalarning innovatsion kompetentligini rivojlantirish modeli shaxsning intellektual hislari mustaqil fikr yuritish, orginal g‘oyalarni idrok qilishdagi senzitivlik, axborotlar bilan ishlashdagi kreativlik sifatlarini shakllantirib, novatsion faoliyatga psixologik tayyorlikni ortishiga olib kelganligi tufayli «ijodkorlik», «amaliy fikrlash uslubi», «moslashuvchanlik», «kelajakka yo‘nalganlik» mezonlarini kiritish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalar innovatsion kompetentligini rivojlantirishning pedagogik-psixologik asoslari yuzasidan o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
talabalarning innovatsion kompetentligini rivojlanishida ilmiy g‘oyalarni ilgari surishdagi tashabbuskorlik, tasavvur qilish qobiliyatining evrestik transduksiya, g‘oyaviy transformatsiya, fikrlarni taqdim qilishdagi obrazlar assotsiatsiyasi va ularning o‘zaro semantik ta’sirini dinamik xususiyatlariga ko‘ra, «tasavvur qilish qobiliyati» va «amaliy fikrlash uslubi»ning ustuvor xarakterga ega ekanligi dalillanganligiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 21-avgustdagi PM-179- son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 21-avgustdagi PM-179a-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning innovatsion kompetentligini rivojlanishida ustuvor xarakterga ega bo‘lgan omillarni aniqlash imkoniyati yaratilgan;
talabalarning innovatsion kompetentligi muvaffaqiyatga intilishdagi tavakkalchilikka moyillik tashabbuskorlik va novatsiyani talab qiladigan faollikni afzal ko‘rish bilan determinatsiyalashganligi tufayli shaxs innovativ xususiyatlarining novatsion faoliyatga psixologik tayyorlik bilan uyg‘un namoyon bo‘lishiga bog‘liq ekanligi asoslanganligiga oid ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 21-avgustdagi PM-179-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 21-avgustdagi PM-179a-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning innovatsion kompetentligini shaxs innovativ xususiyatlarining novatsion faoliyatga psixologik tayyorlik bilan uyg‘un namoyon bo‘lishiga bog‘liq ekanligi ochib berilgan;
talabalarning innovatsion kompetentligini rivojlantirishda idealistik va analitik fikrlash kreativ g‘oyalarning kelajakka yo‘nalganligini, sintetik fikrlash esa qarashlardagi ijodiylikni ortishiga olib kelganligi tufayli tafakkur uslubi muhim psixologik omil ekanligi asoslangan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 21-avgustdagi PM-179-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 21-avgustdagi PM-179a-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning innovatsion kompetentligini rivojlantirishda tafakkur uslubining ahamiyatini tadqiq qilish imkoniyati yaratilgan;
talabalarning innovatsion kompetentligini rivojlantirishda «ijodkorlik» va «kelajakka yo‘nalganlik» sifatlari rejalashtirish» hamda «mustaqillik» uslubi bilan determinatsiyalashganligiga asoslanib shaxs innovatsion xususiyatlarini xulq-atvorda o‘zini o‘zi boshqarish jihatlariga integrativ namoyon bo‘lishini ta’minlash muhimligi aniqlangan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 21-avgustdagi PM-179-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 21-avgustdagi PM-179a-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning innovatsion kompetentligini rivojlantirishda xulq-atvorda o‘zini o‘zi boshqarish jihatlarining integrativ xususiyatlari aniqlashtirilgan;
talabalarning innovatsion kompetentligini rivojlantirish modeli shaxsning intellektual hislari mustaqil fikr yuritish, orginal g‘oyalarni idrok qilishdagi senzitivlik, axborotlar bilan ishlashdagi kreativlik sifatlarini shakllantirib, novatsion faoliyatga psixologik tayyorlikni ortishiga olib kelganligi tufayli «ijodkorlik», «amaliy fikrlash uslubi», «moslashuvchanlik», «kelajakka yo‘nalganlik» mezonlarini kiritish asosida takomillashtirilganligiga oid ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 21-avgustdagi PM-179-son buyrug‘i bilan «Psixologik trening asoslari» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 21-avgustdagi PM-179a-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning innovatsion kompetentligini rivojlantirish modeli va dasturini ishlab chiqilgan.