Habibullaeva Sohibjamol Akmaljon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Isajon Sulton hikoyalarining lingvopoetik tadqiqi”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fil3309.
Ilmiy rahbar: Mamajonov Muhammadjon Yusubjonovich filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Usmonova Xurinisa Sharapovna, filologiya fanlari doktori, professor; Djamoliddinova Dilnoza Mirxodjiddinovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi lingvopoetikaning nazariy va amaliy masalalarini ochib berish, uning tadrijiy takomilini asoslash orqali Isajon Sulton hikoyalarida umumiy lingvopoetik qonuniyatlarning xususiy voqelanish omillarini belgilashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Isajon Sulton hikoyalari asosida poetik nutq badiiyligini ta’minlaydigan tovushlarni cho‘zish, birdan ortiq qo‘llash, tovush orttirish, tushirish, almashtirish kabi fonetik hodisalar, tovushlar takroriga asoslangan tasviriy vositalar alliteratsiya, assonans kabi fonetik vositalarning ekspressivlik hamda ijodkor maqsadini ifodalashdagi lingvopoetik o‘rni asoslangan;
yozuvchining hikoyalarida poetik maqsad bilan qo‘llangan so‘zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra sinonim, antonim, omonim kabi turlari, qo‘llanish doirasi chegaralangan so‘zlar, okkazional so‘zlar hamda paremalar aniqlanib, ularning nasriy nutqda poetik maqsad bilan qo‘llanilgani sababli leksopoetik vosita sifatida badiiy-pragmatik ma’no va lingvopoetik mohiyat kasb etishi isbotlangan;
badiiy takror, mustaqil so‘z turkumlari eng ko‘p shakldoshlik hosil qiluvchi ot va fe’l turkumi hamda so‘z yasovchi, sintaktik shakl yasovchi affikslar morfologik vosita sifatida ekspressivlik ifodalashi Isajon Sulton hikoyalari misolida dalillangan;
gradatsiya, sintaktik parallelizm, inversiya kabi sintaktik figuralar, ritorik so‘roq gaplar, kirish so‘zlar, atov gap, so‘z gap hamda ajratilgan bo‘lak singari sintaktik vositalar hamda ko‘chimlar misolida adib hikoyalarining eng nozik ma’no qirralari, qahramonlar ruxiy-psixologik holatlarini aks ettirish kabi lisoniy-badiiy imkoniyatlari, qahramonlar nutqini ifodali va obrazli qilib tasvirlash, nasriy nutqda hajviy, satirik ma’no ifodalash kabi estetik funksiyalari asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dissertatsiyaning nazariy takliflari hamda amaliy tavsiya va xulosalari quyidagi o‘rinlarga tatbiq etilgan:
yozuvchining hikoyalarida poetik maqsad bilan qo‘llangan so‘zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra sinonim, antonim, omonim kabi turlari, qo‘llanish doirasi chegaralangan so‘zlar, okkazional birikmalar, paremalar hamda ko‘chimlar va ularning nasriy nutqda leksopoetik vosita sifatida badiiy-pragmatik ma’no va lingvopoetik mohiyat kasb etishiga oid xulosalardan 2020-2021-yillarda O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida amalga oshirilgan “O‘zbek milliy raqs san’atini targ‘ib etishga bag‘ishlangan veb-sayt va multimedia mahsulotlari to‘plamini yaratish” mavzusidagi FZ-2019081663 raqamli ilmiy-amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining 2024-yil 28-martdagi 01/04-86-son ma’lumotnomasi). Natijada veb-sayt va multimedia mahsulotlarining badiiy-estetik ta’siri yanada oshirilgan;
Isajon Sulton hikoyalari asosida poetik nutq badiiyligini ta’minlaydigan tovushlarni cho‘zish, birdan ortiq qo‘llash, tovush orttirish, tushirish, almashtirish kabi fonetik hodisalar, tovushlar takroriga asoslangan tasviriy vositalar alliteratsiya, assonans kabi fonetik birliklarning ekspressivlik hamda ijodkor poetik maqsadini ifodalashdagi lingvopoetik o‘rnini belgilaydigan ilmiy natijalardan 2022-2023-yillarda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Bedorlik”, “Ijod zavqi”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” eshittirishlari ssenariysini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2024-yil 28-martdagi OZ-R-1-78-son ma’lumotnomasi). Natijada eshittirishlarning sifati, mazmuni va ta’sirchanligini, ommabopligini oshirishga erishilgan;
badiiy takror, mustaqil so‘z turkumlari eng ko‘p shakldoshlik hosil qiluvchi ot va fe’l turkumi hamda so‘z yasovchi, sintaktik shakl yasovchi affikslar morfologik vosita sifatida ekspressivlik ifodalashiga hamda gradatsiya, sintaktik parallelizm, inversiya kabi sintaktik figuralar, ritorik so‘roq gaplar, kirish so‘zlar, atov gap, so‘z gap hamda ajratilgan bo‘lak singari sintaktik vositalar hamda ko‘chimlar misolida adib hikoyalarining eng nozik ma’no qirralari, qahramonlar ruxiy-psixologik holatlarini aks ettirish kabi lisoniy-badiiy imkoniyatlari, qahramonlar nutqini ifodali va obrazli qilib tasvirlash, nasriy nutqda hajviy, satirik ma’no ifodalash kabi estetik funksiyalari 2020-2021-yillarda O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida amalga oshirilgan “O‘zbek milliy raqs san’atini targ‘ib etishga bag‘ishlangan veb-sayt va multimedia mahsulotlari to‘plamini yaratish” mavzusidagi FZ-2019081663 raqamli ilmiy-amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining 2024-yil 28-martdagi 01/04-86-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur ilmiy natijalar ushrashuv va muloqotlarning ilmiyligi hamda ommabopligini oshirishga xizmat qilgan.