Eshqurbonov Anvar Abdiqayimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlarining raqaobatbardoshligini innovatsion yondashuv asosida takomillashtirish”, 13.00.07 – Ta’limda menejment (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Ped3296.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti.
Ilmiy rahbar: G‘affarov Feruz Hasanovich, pedagogika fanlari doktori (DSc).
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, PhD.12/30.12.2019.Ped 80.01.
Rasmiy opponentlar: Ibragimova Gulsanam Ne’matovna pedagogika fanlari doktori (DSc) professor; Temirov Dilshod Sheralievich, pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlarining raqobatbardoshligini innovatsion yondashuv asosida takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlarining raqobatbardoshligini ta’minlashning tashkiliy pedagogik shart-sharoitlari mehnat salohiyati komponentlari va xodimlarga ta’sir etuvchi ichki omillarga muvofiq raqobatbardoshlikni rivojlantirishni amalga oshirishning virtual qulay ta’lim muhitini yaratish orqali takomillashtirilgan;
maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktorining raqobatbardoshligini ta’minlovchi maxsus kompetensiya komponentlari kasb standartlari va talablari hamda shaxsning ajralmas fazilatlariga asosan bilim, ko‘nikma va malakalarini qo‘llashda loyihalovchi, korreksiyalovchi, shakllantiruvchi va refleksiv bosqichlarini uzviyligini kompleks taʼminlash orqali takomillashtirilgan;
maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlarining raqobatbardoshligini rivojlantirish modeli ijtimoiy va shaxsiy, tizimli-sinergetik, kompetentli-kontekstli yondashuvlarga ko‘ra ta’lim ma’zmuni va tashkiliy shakllariga ustuvorlik berish hamda maqsadli, mazmunli va natijaviy bloklarning uzviyligini tuzilmaviy ta’minlash orqali takomillashtirilgan;
maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlarining raqobatbardoshligini baholash mezonlari raqobatbardoshlikni rivojlantirishning tarkibiy darajalari sifat tavsifini aniqlashning optimal moslashuvchan, joiz va nojoiz darajalari monitoringiga ko‘ra ta’lim sifatini optimallashtirilga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabgacha tashkilotlari direktorlarining raqobatbardoshligini innovatsion yondashuv asosida takomillashtirish ilmiy o‘rganish natijalariga ko‘ra:
maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlarining raqobatbardoshligini ta’minlashning tashkiliy pedagogik shart-sharoitlari mehnat salohiyati komponentlari va xodimlarga ta’sir etuvchi ichki omillarga muvofiq raqobatbardoshlikni rivojlantirishni amalga oshirishning vertual qulay ta’lim muhitini yaratishga oid tavsiyalaridan Maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorlari uchun “Maktabgacha ta’lim tizimi rahbar xodimlarining raqobatbardoshligini rivojlantirish” nomli qo‘llanma ishlab chiqilgan (Maktabgacha ta’lim agentligining 2023-yil 17-noyabrdagi 03-707-son ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari malakasini oshirish jarayonida ularning raqobatbardoshliligini takomillashtirishga xizmat qilgan;
maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktorining raqobatbardoshligini ta’minlovchi maxsus kompetensiya komponentlari kasb standartlari va talablari hamda shaxsning ajralmas fazilatlariga asosan bilim, ko‘nikma va malakalarini qo‘llashda loyihalovchi, korreksiyalovchi, shakllantiruvchi va refleksiv bosqichlarini uzviyligini kompleks taʼminlashga oid taklif va tavsiyalar asosida Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlarining raqobatbardoshligini ta’minlash jarayonida o‘z o‘zini rivojlantiruvchi mobil ilvova ishlab chiqishda foydalanilgan (Maktabgacha ta’lim agentligining 2023-yil 17-noyabrdagi 03-707-son ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlarining malakasini oshirish kurslari sifatini oshirishga xizmat qilgan;
maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlarining raqobatbardoshligini rivojlantirish modeli ijtimoiy va shaxsiy, tizimli-sinergetik, kompetentli-kontekstli yondashuvlarga ko‘ra ta’lim ma’zmuni va tashkiliy shakllariga ustuvorlik berish hamda maqsadli, mazmunli va natijaviy bloklarning uzviyligini tuzilmaviy ta’minlash orqali takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalardan “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlarining raqobatbardoshligini ta’minlash” nomli mobil ilova ishlab chiqishda foydalanilgan (Maktabgacha ta’lim agentligining 2023-yil 17-noyabrdagi 03-707-son ma’lumotnomasi). Natijada, maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlarining kasbiy tayyorgarlik darajasi sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.