Mamaroziqov Umidjon Baxtiyorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “Haplophyllum perforatum Juss., Juglans regia L. va Ailanthus altissima Mill. o‘simliklari ekstraktlari asosida o‘simliklarni himoya qilish vositalari ishlab chiqish”, 02.00.10 - Bioorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/K82
Ilmiy rahbar: Xidirova Nazira Kudratovna, kimyo fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘simlik moddalari kimyosi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘simlik moddalari kimyosi instituti,
DSc. 02/30.01.2020.K/T.104.01.
Rasmiy opponentlar: Nishanbaev Sabir Zaripbaevich, kimyo fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Maulyanov Salixjon Alimjanovich. kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Bioorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi.
Haplophyllum perforatum o‘simligining er ustki qismi, Juglans regia va Ailanthus altissima barglarining quruq ekstraktlari kimyoviy tarkibini tadqiq qilish hamda ular asosida “yashil pestisidlar” yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Haplophyllum perforatum, Juglans regia va Ailanthus altissima o‘simliklari ekstraktlarini olishning muqobil sharoitlari topilgan hamda ularning kimyoviy tarkibi GX/MS, YuSSX usullarida aniqlangan, natijada 90 ta modda identifikatsiya qilingan, shulardan 63 tasi bu o‘simliklarda birinchi bor aniqlangan, 12 ta modda individual holda ajratib olingan, ularning tuzilishlari fizik-kimyoviy usullarda isbotlangan;
Juglans regia va Ailanthus altissima o‘simligi barglaridan ajratib olingan quruq ekstraktlar tarkibi GX/MS usulida o‘rganilgan, mos ravishda 27 ta hamda 23 ta modda identifikatsiya qilingan, ulardan 23 va 13 tasi bu o‘simliklar tarkibida birinchi marotaba aniqlangan;
Haplophyllum perforatum o‘simligining er ustki qismi quruq ekstrakti olish usulining maqobil sharoitlari (maydalik darajasi, harorat, davomiylik, gidromodul) taqdid qilingan va uning qulay sharoitlari xomashyoni 2-4 mm o‘lchamda maydalash, 35˚C, 3 marotaba, 1:8 gidromodulda, 6 soat davomida etil spirti bilan ekstraksiya qilish ekanligi aniqlangan;
birinchi marotaba standartlashtirilgan Haplophyllum perforatum L. o‘simligining er ustki qismi ekstarakti asosida shartli ravishda “Xaplotsid” deb nomlangan insektisid vosita yaratilgan va O‘zbekiston Respublikasi patenti bilan himoyalangan;
Juglans regia o‘simligidan olingan ekstraktlar ekstragent sifatida ishlatilgan etil spirtining konsentratsiyasiga bog‘liq ravishda gerbisidlik hamda insektisidlik faolliklarni namoyon qilishi aniqlangan, bu ular tarkibidagi yuglon va naftalinning miqdori bilan tushuntirilgan, natijada 40%-li spirtda olingan quruq ekstraktning 1%-li suvli emulsiyasi bir yillik begona o‘tlarga qarshi qo‘llash uchun biogerbisid vosita sifatida tavsiya qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Haplophyllum perforatum Juss., Juglans regia L. va Ailanthus altissima Mill. o‘simliklari ekstraktlari asosida o‘simliklarni himoya qilish vositalari ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlarning natijalari asosida:
Haplophyllum perforatum o‘simligining er ustki qismi ekstraktidan mahalliy o‘simliklarni zararkunanda hasharotlardan himoya qilish vositasiga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk markazining ixtiroga patenti olingan (№ IAP 06610. 2021 y.). Natijada yangi mahalliy o‘simlik ekstraktlari asosida ekologik toza, samarali bioinsektisid yaratish imkonini bergan;
Juglans regia o‘simligi barglaridan ajratib olingan etanolli ekstraktning suvli emulsiyasi asosida bir yillik begona o‘tlarga qarshi gerbisidlik faollikka ega vosita uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk markazining ixtiroga patenti olingan (№ IAP 06871. 2022 y.). Natijada yangi mahalliy o‘simlik ekstraktlari asosida yangi, samarali biogerbisid yaratish imkonini bergan;
Haplophyllum perforatum o‘simligining er ustki qismi quruq ekstrakti- “Xaplotsid”ning 1%-li suvli emulsiyasi uchun tashkilot standarti ishlab chiqilgan va tegishli tashkilotlar tomonidan tasdiqlangan(S 05535440-47:2022). Natijada mahalliy biopestisidlar assortimentini kengaytirish imkonini bergan.