Kurdashev Kudrat Davlyatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Sug‘oriladigan gipsli tuproqlar unumdorligini baholash va ulardan samarali foydalanish yo‘llari (Mirzaobod tumani tuproqlari misolida)», 03.00.13 - Tuproqshunoslik (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/B856.
Ilmiy rahbar: Abduraxmonov Nodirjon Yulchievich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti, DSc.25/30.12.2019.Qx/B.43.01.
Rasmiy opponentlar: Turdimetov Shaxobiddin Muxiddinovich, biologiya fanlari doktori, dotsent, Parpiev G‘ofirjon Toxirovich, biologiya fanlari doktori, kata ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sug‘oriladigan gipsli tuproqlarning xossa-xususiyatlarini aniqlash, sifat jihatidan baholash va unumdorlik darajasini belgilash orqali gipsli tuproqlar unumdorligini qayta tiklash hamda ulardan samarali foydalanishga doir ilmiy-amaliy echimlar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hudud gipsli tuproqlarining gipslashganlik darajasi va gips shakllariga bog‘liq holda tuproq profilining o‘rta qatlamlarida zichlanish darajasini ortib (HM 1,68-1,71 g/sm3) borishi aniqlangan;
turli darajada gipslashgan tuproqlarning gipslashganlik darajasi, gips qatlam boshlanish chuqurligi va gips qatlam qalinligi aniqlangan, ularning tuproq xossalariga bo‘lgan ta’siri asoslangan;
gipsli tuproqlarning gipslashganlik darajasi bilan g‘o‘za ekini hosildorligi o‘rtasidagi korrelyativ bog‘liqlik ilmiy asoslangan;
sug‘oriladigan tuproqlardagi gips miqdorini hisobga olgan holda gipslashganlik darajasi bo‘yicha pasaytiruvchi koeffisientlar ishlab chiqish orqali gipsli tuproqlar unumdorligini sifat jihatidan baholash uslubi takomillashtirilgan;
gipsli tuproqlardagi sho‘rlanish jarayonini hisobga olgan holda erlarning meliorativ holati hamda gipslashganlik darajasi va gipsli qatlam chuqurligi bo‘yicha pasaytiruvchi koeffisientlar asosida tuproq unumdorligi sifat jihatidan baholangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sug‘oriladigan gipsli tuproqlarning unumdorlik darajasini baholash va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Mirzaobod tumani Y.Oxunboboev nomli massiv uchun 1:10000 masshtabli sug‘oriladigan tuproqlarining gips qatlam boshlanish chuqurligi va gips qatlam qalinligi kartogrammalari massivdagi 4692,0 gektar sug‘oriladigan er maydonlarida amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jalik vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2024 yil 27 martdagi 05/05-04-99-son ma’lumotnomasi). Natijada, erdan foydalanuvchi sub’ektlar, agroklasterlar, fermer va dehqon xo‘jaliklarida gips qatlam boshlanish chuqurligi va gips qatlam qalinligini hisobga olgan holda qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish, sug‘orish me’yorlarini va boshqa agrotexnik tadbirlarni to‘g‘ri belgilash imkonini bergan;
Mirzaobod tumani Y.Oxunboboev nomli massivning 4692,0 gektar sug‘oriladigan er maydonlari uchun 1:10000 masshtabli tuproq sifatini baholash kartasi massiv hududidagi fermer xo‘jaliklar foydalanishlari uchun amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jalik vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2024 yil 27 martdagi 05/05-04-99-son ma’lumotnomasi). Natijada, sug‘oriladigan tuproqlarning xossa-xususiyatlari va unumdorlik darajasiga qarab erlarning me’yoriy qiymatini hisoblash, unumdorligi past bo‘lgan erlarda davlat ehtiyojlari uchun paxta xom ashyosini etishtiruvchi qishloq xo‘jaligi korxonalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilashga imkon bergan;
Mirzaobod tumani Y.Oxunboboev nomli massiv sug‘oriladigan o‘tloqi bo‘z tuproqlarining 1:10000 masshtabli gipslashganlik darajalari bo‘yicha kartogrammasi massivdagi 4692,0 gektar er maydonlarida amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jalik vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2024 yil 27 martdagi 05/05-04-99-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur kartogramma ma’lumotlari asosida gipsli erlarning meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha bajarilgan chuqur yumshatish agrotadbiri natijasida g‘o‘zadan gektariga kuchsiz gipslashgan erlarda 2,8 sentner, o‘rtacha gipslashgan erlarda 7,8 sentner qo‘shimcha hosil olish imkonini bergan.