Ismailov Mirzaakbar Xamidovichining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Dashqol hosil bo‘lishi sharoitida issiqlik almashinish qurilmalari samaradorligini oshirish», 02.00.16 – “Kimyo texnologiyasi va oziq-ovqat ishlab chiqarish jarayonlari va apparatlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/T4599.
Ilmiy rahbar: Ismoilov Oybek  Yulibaevich, texnika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/31.03.2023.T.66.05.
Rasmiy opponentlar: Hamdamov Anvar Mahmudovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Narziev Mirzo Saidovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: issiqlik tashuvchi oqimlarga doimiy magnit maydoni ta’sir ettirib, dashqol hosil bo‘lish jarayonini oldini olish va issiqlik almashinish qurilmalarini samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
doimiy magnit madonining dashqol hosil bo‘lish jarayoniga ta’siri qonuniyatlari aniqlangan;
issiqlik tashuvchilarni doimiy magnit maydoni ta’sirida harakatlantirish orqali issiqlik almashinish yuzalarida dashqol hosil bo‘lishi odatdagi usulga qaraganda 7 marotabaga kamayishi isbotlangan;
magnit maydoni induksiyasi quvvatini 30480 milliTeslagacha ortishi bilan dashqol hosil bo‘lishini 1,92 marotabagacha kamayishi aniqlangan;
issiqlik almashinish qurilmalarida oqimni doimiy magnit maydoni ta’sirida harakatlantirish natijasida issiqlik uzatish koeffisienti 12% ga uzatilayotgan  issiqlik miqdori 10,7% ga ortishi aniqlangan;
issiq oqim haraktlanayotgan yuzada hosil bo‘lgan dashqol qatlami qurilmaning issqlik samaradorliga ta’siri sovuq oqim harakatlanayotgan yuzada hosil bo‘luvchi dashqolga nisbatan o‘rtacha 26 % ga yuqori ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Dashqol hosil bo‘lish jarayonida issiqlik almashinish qurilmalarini samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
issiqlik tashuvchilarni doimiy magnit maydoni orqali harakatlanishi usuli «Uchqo‘rg‘on-yog‘» AJda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Republikasi yog‘ moy sanoati korxonalari uyushmasi 2024 yilning 19 iyundagi KS/3-235-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, issiqlik almashinish yuzalarida dashqoll xosil bo‘lishi 7 marotabaga kamayishi imkonini bergan;
issiqlik tashuvchi oqimni 30480 milliTeslaga magnit maydoni induksiyasi ta’sirida harakatlanish usuli «Uchqo‘rg‘on-yog‘» AJda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Republikasi yog‘ moy sanoati korxonalari uyushmasi  2024 yilning 19 iyundagi KS/3-235-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, dashqol hosil bo‘lishi 43% kamayishi va issiqlik uzatish koeffisientini 12% ga uzatilayotgan issiqlik miqdorini 10,7 % ortirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish