Bekmuratov Baxtiyar Mirzabaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Amudaryoning quyi oqimidagi  Meriones tamariscinus populyasiyasining bioekologik xususiyatlari», 03.00.10 – Ekologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/V755.
Ilmiy rahbar: Mambetullaeva Svetlana Mirzamuratovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.02/30.04.2021.B.79.01.
Rasmiy opponentlar: Baymuratov Xusniddin Toshboltaevich, biologiya fanlari doktori, professor; Ametov Yakub Idrisovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Nukus davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Amudaryoning quyi oqimidagi Meriones tamariscinus populyasiyasining bioekologik xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Amudaryoning quyi oqimi sharoitida Meriones tamariscinus populyasiyasining biotopik joylashuvining ekologik xususiyatlari baholangan.
Amudaryoning quyi oqimi sharoitida intrazonal yashash joylarining o‘zgarishida Meriones tamariscinus populyasiyasining oziqlanishi, yosh va jins tuzilishidagi  o‘ziga xos xususiyatlarining korrelyasion bog‘liqligi aniqlangan;
Amudaryoning quyi oqimi sharoitida Meriones tamariscinus populyasiyasining ko‘payish siklining turli fazalarida endogen va ekzogen ta’sirlarning tarqalish effektining umumiy qonuniyatlari aniqlangan;
Amudaryoning quyi oqimi sharoitida Meriones tamariscinus populyasiyasi individlarining monofazali va difazali o‘sish parametrlari baholangan;
Amudaryoning quyi oqimi sharoitida shimoliy va janubiy qismlarida Meriones tamariscinus organizmidagi to‘plangan toksik elementlar aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Amudaryoning quyi oqimidagi Meriones tamariscinus populyasiyasining bioekologik xususiyatlari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Amudaryo quyi oqimi sharoitidagi mezofil kemiruvchilar jamoalarining biotopik tarqalishi va hududdagi fitosenoz holatinining ozuqa sharoitlari bilan bog‘liqligi  bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining amaliyotiga joriy etilgan (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2023 yil 7 fevraldagi 01/18-2-333-son ma’lumotnomasi). Natijada, Janubiy Orolbo‘yida intrazonal hududlarning ekologik bioindikatsiyasini o‘tkazish va mezofil kemiruvchilar faunasining bioxilma-xilligini saqlab qolish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish imkonini bergan;
Amudaryoning quyi oqimi tabiiy ekotizimlarda tarqalgan mezofil kemiruvchilarning oziqlanishida o‘simlik biomassasi o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqlikni aniqlash bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar Qoraqalpogʻiston Respublikasi o‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi faoliyatiga joriy etilgan (Qoraqalpog ’iston Respublikasi o‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasining 2023 yil 9 fevraldagi 2-68-son ma’lumotnomasi). Natijada, Qoraqalpog‘iston Respublikasining intrazonal hududlarida tabiiy ekotizimlarning ekologik holatini monitoring qilish, biotestdan o‘tkazish va yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishni amalga oshirish imkonini bergan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi tabiiy ekotizimlarida tarqalgan fondagi kemiruvchi turlaridan atrof-muhitdagi tabiiy va antropogen o‘zgarishga uchragan va cho‘l ekotizimlari dinamikasining informatsion bioindikatorlari bo‘yicha ishlab chiqilgan chora tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Respublika o‘lat profilaktika markazi Qoraqalpog‘iston bo‘limining amaliy faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Respublika o‘lat profilaktika markazi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2023 yil 3 mart 27-con ma’lumotnomasi). Natijada, sanitariya-epidemiyalogiya xizmatlarida ularni sonini prognoz qilish tabiiy o‘choqlarining epizootik faolligini monitoring qilish bo‘yicha chora tadbirlarni ishlab chiqish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish