Basharova Laylo Maratovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Maktabgacha ta’lim muassasalaridagi bolalarning tarbiya sharoitlarini optimizatsiyalashni gigienik asoslash», 14.00.07–Gigiena (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Tib37.

Ilmiy rahbar: Kamilova Roza Tolanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sanitariya gigiena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.30.03.

Rasmiy opponentlar: Xudayberganov Anatoliy Sagatbaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Azizova Feruza Lyutpillaevna, tibbiyot fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: sanator tipidagi maktabgacha ta’lim muassasalari bolalarining jismoniy tayyorgarligi va tarbiya sharoitlarida profilaktik chora-tadbirlarni optimizatsiyalashni gigienik asoslashda ularning salomatlik holati ko‘rsatkichlari shakllanishida ijtimoiy-gigienik xavf omillarini hissasini baholashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

mamlakatimizning shahar va qishloq sharoitlarida istiqomat qiluvchi 3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar garmonik rivojlanishining baholash me’yoriy standartlari ishlab chiqilgan;

sil kasalligi bilan muloqotda bo‘lgan va gepatit bilan og‘rigan bolalarda surunkali patologiya rivojlanishida ijtimoiy-gigienik ko‘rsatkichlar har birining ahamiyati tizimlashtirilgan;

bolalarning jinsi, yoshi, ta’lim muassasalari tipi va yashash mintaqasiga bog‘liq ravish va jismoniy tayyorgarlik darajasini belgilovchi ko‘rsatkichlarini shakllantirishga xos xususiyatlari isbotlangan;

turli turdagi muassasalar bolalarining jismoniy tayyorgarligi ko‘rsatkichlari oshirishda, kasallik darajasini kamaytirish bo‘yicha ishlab chiqilgan sog‘lomlashtirish chora-tadbirlarning ta’sir darajasi aniqlangan;

salomatlik holatida siljishlari bo‘lgan bolalarni tarbiyalash uchun tashkil etilgan muassasalarni saqlash, jihozlash va tuzilmalari ustidan hamda silga qarshi davolash muassasalarini tashkil qilish bo‘yicha gigienik me’yor va qoidalar ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Maktabgacha ta’lim muassasalaridagi bolalarning tarbiya sharoitlarini optimallashtirishni gigienik asoslashga qaratilgan ilmiy natijalar asosida:

«Maktab-internat va mehribonlik uylarining saqlanishi va tuzilishi bo‘yicha sanitariya qoidalar» (0311-14-sonli SanMvaQ) tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 30 dekabrdagi 8n-d/85-son ma’lumotnomasi). Mazkur me’yoriy hujjat maktab internatlari va mehribonlik uylarini qurish va tarbiya sharoitini tashkillashtirishga qo‘yilgan gigienik talablar ishlab chiqish imkonini bergan;

«Muruvvat nogiron bolalar uchun maktab internatlarining saqlanishi, jihozlanishi va tuzilishi, joylashtirilishiga qo‘yiladigan gigienik qoidalar» (0312-14-sonli SanMvaQ) tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 30 dekabrdagi 8n-d/85-son ma’lumotnomasi). Mazkur me’yoriy hujjat muruvvat uylaridagi nogiron bolalar uchun yashash, ta’lim va tarbiya sharoitlarini optimallashtirish imkonini bergan;

«Silga qarshi davolash muassasalarini tashkil etish bo‘yicha sanitar me’yor va qoidalar» (0314-14-sonli SanMvaQ) tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 30 dekabrdagi 8n-d/85-son ma’lumotnomasi). Mazkur me’yoriy hujjat sil bilan kasallanishga moyil maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar muassasalarini loyihalashtirish va qurish talablardan foydalanish imkonini bergan;

«Turli tipdagi maktabgacha ta’lim muassasalari bolalari orasida jismoniy tarbiya sog‘lomlashtirish ishlari» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 30 dekabrdagi 8n-d/85-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma mamlakatimizda istiqomat qilayotgan maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar va o‘smirlar orasida jismoniy rivojlanishning me’yoriy ko‘rsatkichlari asosida jismoniy rivojlanishni baholash, uning asosida tarbiyalanuvchilar foliyatining gigienik me’yorlarini ishlab chiqish va ular yordamida salomatlik holatini baholash imkonini bergan;

«O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarni jismoniy rivojlanishini baholash uchun me’yoriy jadvallar» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 30 dekabrdagi 8n-d/85-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning jismoniy rivojlanishining garmonikligini ta’minlash maqsadida gigienik me’yorlar ishlab chiqish va ular yordamida ularning jismoniy rivojlanishini gigienik baholash standartlaridan foydalanish imkonini bergan;

«Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy rivojlanishini baholash uchun me’yoriy jadvallar» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 30 dekabrdagi 8n-d/85-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma jismoniy rivojlanishida siljishlari bo‘lgan bolalarni erta aniqlash maqsadida maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni garmonik jismoniy rivojlanishi va darajasini individual baholashga imkon bergan;

«Shifokorgacha skrining ko‘rikni tashkil etish bo‘yicha o‘quv tarbiya muassasalari tibbiyot hamshiralari uchun qo‘llanma» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 30 dekabrdagi 8n-d/85-son ma’lumotnomasi) Mazkur uslubiy qo‘llanma majburiy tibbiy ko‘riklar o‘tkazishni takomillashtirishga va tibbiy tarbiya muassasa tibbiyot hamshiralari bilim darajasini oshirishga yordam bergan;

maktabgacha ta’lim muassasalaridagi bolalarning tarbiya sharoitlarini optimizatsiyalashni gigienik asoslash samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, maktabgacha ta’lim muassasalari, Respublika, Toshkent shahar va Toshkent viloyati davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlari amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 25 iyuldagi 8n-z/161-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi sanitar-epidemiologik va o‘quv-tarbiya tartibiga rioya qilish ustidan sanitar nazorat olib borish, bolalar populyasiyasi orasidan jismoniy rivojlanishda siljishlari bo‘lgan bolalarni ajratib olish, sanatoriya tipidagi maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni bo‘lish muddatini qisqartirish imkonini bergan va ularni davolashga qilinadigan sarf-xarajatni kamaytirgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish