Raximova Gulmira Xamidullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahalliy soya dukkagidan olingan sutni qo‘llab sutli margarin resepturasini ishlab chiqish», 02.00.17 – Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/T2796.
Ilmiy rahbar: Ro‘ziboev Akbarali Tursunbaevich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/31.03.2023.T.66.05.
Rasmiy opponentlar: Sagdullaeva Dilafruz Saidakbarovna, texnika fanlari doktori, professor; Abdurahimov Axror Anvarovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy soya dukkagidan sut olish texnologiyasini takomillashtirish va olingan soya suti asosida sutli margarinlar reseptini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
birinchi marotaba mahalliy soya dukkagidan sut olishda noana’naviy usul – ultratovush ta’siridan foydalanish samarali ekanligi aniqlangan;
soya dukkagidan sut olishda ultratovush ta’siridan foydalanish orqali soya dukkagini ivitish jarayoninining intensivligini 5 marotaba oshirishi isbotlangan;
ilk marta mahalliy soya suti va pereeterifikatsiyalangan yog‘lar asosida veganlar uchun mo‘ljallangan sutli margarin resepturasi ishlab chiqilgan;
soya sutining margarin emulsiyasining turg‘unligi va fizik-kimyoviy xususiyatlariga barqaror ta’siri asoslangan;
margarin reseptiga sigir suti o‘rniga soya sutini kiritish orqali iqtisodiy samaradorligi yuqori bo‘lgan margarinlar olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Soya dukkagini samarali qayta ishlab olingan yuqori sifatli soya sutini yog‘li emulsiya mahsulotlarida qo‘llash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
soya dukkagidan intensiv usulda soya suti olish texnologiyasi “MILKO-S” MChJ korxonasida ishlab chiqarishga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasining 2024 yil 24 yanvardagi KS/Z-20-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, sut olishdagi soya donini ivitish jarayonining davomiyligi 7 soatdan 80 minutgacha ya’ni 5 barobarga kamaytirish, ultratovushli usulda yuqori sifatli soya suti olish imkonini bergan;
intensiv usulda olingan soya suti asosida ishlab chiqilgan margarin resepti «Chirchiq Grand Savdo» MChJ korxonasida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasining 2024 yil 24 yanvardagi KS/Z-20-son ma’lumotnomasi). Natijada fizik-kimyoviy va organoleptik ko‘rsatkichlari hamda saqlash muddati yaxshilangan sutli margarin olish olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish