Xakimov Boxodirjon Baxtiyorjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Agrar va ijtimoiy sohalar samaradorligini oshirishda tog‘ yaylovlaridan foydalanish tizimini takomillashtirish (Toshkent viloyati misolida)”, 06.01.10-Er tuzish, kadastr va er monitoringi (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Qx647.
Ilmiy rahbar: Ruzmetov Maksud Ismoilovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: «O‘zdaverloyiha» davlat-ilmiy loyihalash instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/07.06.2024.Qx.13.03.
Rasmiy opponentlar: Safarov Eshqobil Yuldashevich, texnika fanlari doktori, professor; G‘ofirov Azim Jumaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand Davlat arxitektura - qurilish universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi agrar va ijtimoiy sohalar samaradorligini oshirishda masofadan zondlash orqali tog‘ yaylovlaridan foydalanish tizimini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
agrar va ijtimoiy sohada yaylov erlar monitoringini yuritish samaradorligini oshirishda yaylov erlarida iqlim ma’lumotlari va vegetatsiya indekslari asosida ArcGIS > Raster algoritim > Satelite System > NDVI > LST > atributlar ketma-ketligidan foydalanish mexanizmi takomillashtirilgan;
Landsat-8-9 ning 1-2 kanallaridan foydalanib tog‘ yaylovlarining iqlim va tuproq yuza (0-15 sm) qatlami, tuproq emmisiaviylik qiymati, yuqori yorug‘lik (fotosintez) ma’lumotlari asosida vegetatsiya indekslari hamda namlik indekslarini masofadan zondlashdagi 80% aniqlikdan 90% aniqlik darajasiga oshirilganligi asoslangan;
Pargos hamda Bog‘iston tog‘ yaylov erlarida umumiy maydoni 40 gektar bo‘lgan maydonning iqlim ma’lumotlarining er ustki harorati (LST) va vegetatsiya indekslari (NDVI) asosida ularning korellyasion koeffisienti asoslantirilgan;
agrar va ijtimoiy sohalar samaradorligini oshirishga xizmat qiladigan yaylov erlardan foydalanishda Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani, Bog‘iston hamda Pargos massivlarida 40 gektardan ortiq sog‘lomlashtirish hamda rekratsion maqsadlar uchun mo‘ljallangan erlarda milliy koordinata sistmelaridan foydalangan holda geodezik punktlarni bog‘lash orqali NDVI, NDMI, NDWI hamda LST indekslari asosida har ikkala monitoring punktning 20 gektardan er maydonini doimiy ma’lumotlari shakillantirilib er tuzish loyiha ishlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Masofadan zondlash orqali agrar va ijtimoiy sohalar samaradorligini oshirishda tog‘ yaylovlaridan foydalanishning takomillashtirish tizimi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Agrar va ijtimoiy sohalar samaradorligini oshirishga qaratilgan yaylov erlar monitoringini yuritish mexanizmi ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022-yil 9-noyabrdagi 05/30-04/8264-son ma’lumotnomasi). Natijada, hududning agrar va ijtimoiy sohalar samaradorligini oshirishga qaratilgan er tuzish loyihalarini ishlab chiqish hamda yaylov erlaridan foydalanuvchilar uchun tabiiy o‘simliklar monitoringini yuritish va ulardan samarali foydalanish imkonini bergan.
Yaylov erlaridagi o‘zgarishlarni aniqlashning ArcGIS > RasterAlgoritm > Satelite System > NDVI > LST > ModelBuilder > atribut ketma-ketligi mexanizmi ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022-yil 9-noyabrdagi 05/30-04/8264-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu mexanizm asosida Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani hududidagi tog‘ yaylov erlarining yillar bo‘yicha o‘zgarish dinamikasini aniqlash imkonini bergan.
“O‘simliklar dunyosi kadastri ma’lumotlari asosida yaylov va lalmikor erlardan foydalanish darajasini baholash va ekinlarni vegetatsiya ko‘rsatkichlarini bashoratlash” dasturiy ta’minoti yaratilgan va amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan berilgan guvohnoma: №DGU 09610. 07.12.2020 y.). Natijada, ushbu dasturiy ta’minotlar yaylov erlari monitoringini yuritish ishlarini muayyan darajada avtomatlashtirishga hamda sarf etilayotgan ortiqcha mehnat va mablag‘larni tejash imkonini bergan.
Yaylov erlaridan samarali foydalanish va ularni monitoringini yuritish hamda bashoratlashga qaratilgan www.yaylov.uz web portali yaratilgan va amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022-yil 9-noyabrdagi 05/30-04/8264-son ma’lumotnomasi). Natijada, Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi erdan foydalanuvchilar uchun tog‘ yaylov erlaridagi o‘zgarishlarni kuzatish, ulardan samarali foydalanish va interaktiv xizmat ko‘rsatish imkonini bergan.
“Er axborot tizimi “YaT” portali» dasturiy ta’minoti yaratilgan va amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan berilgan guvohnoma: №DGU 11540. 17.05.2021-y.). Natijada, ushbu dasturiy ta’minot qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga qaratilgan tezkor ma’lumotlar olish imkonini bergan.