Axmedov Tulqin Pardaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston sharoitida asalari oilasini mahsuldorligini oshirishda intensiv bog‘lardan foydalanish texnologiyasi”, 06.02.03– Xususiy zootexniya. Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Qx975
Ilmiy rahbar: To‘raev Omon Safarovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, PhD.05/30.12.2019.Qx.13.02.
Rasmiy opponentlar: Madraximov Shodlik Nazarovich, qishloq xoʻjaligi fanlari doktori, dotsent; Maxmadiyarov Otabek Axatqulovich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston sharoitida asalari oilasining mahsuldorligini oshirishda intensiv bog‘lardan foydalanish texnologiyasini ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:    
ilk bor O‘zbekiston sharoitida asalari oilasining mahsuldorligini oshirishda intensiv bog‘lardan foydalanishda tajriba guruhidagi asalari oilalari mahsuldorligini 27-33% ga oshirilishi bilan bir vaqtda Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari sharoitida asalarilar bilan changlatilgan intensiv olma va gilos bog‘larida hosildorlikni 18,5- 43% ga oshirilishi asoslangan;
asalari oilalari intensiv bog‘larda parvarish qilinganda tajriba guruhidagi uyalarda nasl miqdori 2,5-3,0 marotaba, ramkalar soni nazorat guruhiga nisbatan 1,8-2 marotaba, oshirishi isbotlangan;
nazorat guruhiga nisbatan tajriba guruhidagi asalarilarning asal qopchasini vazni 12,5-19,5 % ga yuqori bo‘lishi kuzatilib bunda intensiv meva bog‘lari gullarini changlatishda ishtirok etgan asalarilar ko‘proq gulshira yig‘ishi isbotlangan;
tajribadagi asalari oilalari yig‘gan diabetli asallarning kimyoviy tarkibi tahlil qilinganda, undagi diastaza  soni 12,5-12,8 GOTE birligini tashkil etgan hamda gulchangi tarkibidagi aminokislotalar miqdori 20 ta ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston sharoitida intensiv bog‘lardagi meva gullarini asalarilar yordamida changlatish natijasida bog‘ hosildorligi va asalari oilalarining mahsuldorligini oshirish texnologiyasi bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
“Abdurahmonov Abdusalom XXX” dehqon xo‘jaligiga tegishli asalari oilalari Samarqand viloyati “Samarqand mevalari” MChJ xo‘jaligida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024 yil 26 martdagi 02/23-199-sonli ma’lumotnomasi). Natijada xo‘jaligdagi gilos bog‘ida parvarishlangan tajriba guruhi oilalaridan bog‘dagi davrda 9,1 kg asal mahsuloti jamg‘arilgan bo‘lib, bu davrda dehqon xo‘jaligining o‘zida sun’iy ozuqalar va turli o‘simliklar gulshiralari bilan parvarishlangan nazorat guruhi asalarilaridan 3,4 kg asal mahsuloti jamg‘arilgan. Tajriba guruhi asalarilardan yil mavsumi yakuni bo‘yicha esa 32 kg asal mahsuloti olinib, rentabellik darajasi 40% ni, nazorat guruhida esa 24 kg asal mahsuloti olinib, 13,2% rentabellik darajasini tashkil qilgan.
Xuddi shunday keyingi tadqiqotlar bo‘yicha “Abdurahmonov Abdusalom XXX” dehqon xo‘jaligiga tegishli asalari oilalari Samarqand viloyati “Maroqand meva-sabzavot” MChJ xo‘jaligida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024 yil 26 martdagi 02/23-199-sonli ma’lumotnomasi). Natijada olma bog‘ida parvarishlangan tajriba guruhi oilalaridan bog‘dagi davrda 8,5 kg asal mahsuloti jamg‘arilgan bo‘lib, bu davrda dehqon xo‘jaligining o‘zida sun’iy ozuqalar va turli o‘simliklar gulshiralari bilan parvarishlangan nazorat guruhi asalarilaridan 3,4 kg asal mahsuloti jamg‘arilgan. Tajriba guruhi asalarilardan yil mavsumi yakuni bo‘yicha esa 30,5 kg asal mahsuloti olinib, rentabellik darajasi 33,4% ni, nazorat guruhida esa 24 kg asal mahsuloti olinib, 13,2% rentabellik darajasini tashkil qilgan.
    Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanidagi “Asalarichilik majmuasi” MChJga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024 yil 26 martdagi 02/23-199-sonli ma’lumotnomasi). Natijada tegishli asalari oilalari Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanidagi “Chiyal ko‘rkam bog‘i” fermer xo‘jaligidagi olma bog‘ida parvarishlangan tajriba guruhi oilalaridan yil mavsumi yakuni bo‘yicha esa 29 kg asal mahsuloti olinib, rentabellik darajasi 35,3 % ni tashkil qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish