Cho‘liev Ruhillo Abdullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumot
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):“Abdulla Qodiriy kichik prozaik asarlari leksikasi”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Fil2856.
Ilmiy rahbar: Saidov Yoqub Siddiqovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IKfaoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar), IKraqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.09.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raeva Bibish Muhsinovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Axmedova Nilufar Safarovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Abdulla Qodiriy kichik prozaik asarlarida qo‘llanilgan lug‘at tarkibini lingvostatistik, tarixiy-etimologik, vazifaviy-semantik tomonlarini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nazarda tutilgan kichik prozaik asarlardagi leksik birliklarning umumturkiy, arab, fors va boshqa tillarga oid genetik manbalari aniqlanib, qadimgi turkiy tilga doir toy, ot, o‘sha, ayt, art, qora, ko‘k, yomon, bir, ikki, kumush kabi leksik birliklarning eski o‘zbek adabiy tili davrida ham, hozirgi o‘zbek adabiy tili davrida ham qo‘llanilayotgani, ularning funksional va semantik xususiyatlari aniqlangan;
kichik prozaik asarlar tarkibida ijtimoiy-siyosiy, maishiy, qavm-qarindoshlik, kasb-hunar va boshqa jihatlariga ko‘ra so‘zlar guruhlari tasniflanib, leksik-semantik jihatdan inson tana a’zolari, hayvon nomlari, vaqt, faoliyat-jarayonni, maishiy, shaxs, belgi-xususiyat, miqdor, harakat-holatni ifodalovchi mavzuviy guruhlari ko‘p miqdorda qo‘llanilganligi dalillangan;
kichik prozaik asarlar tarkibida qo‘llangan leksik birliklardagi polisemiya, metafora, metonimiya, sinekdoxa kabi ma’no ko‘chimlari, ularda metaforik ko‘chimlarning yuqori darajada, metonimiya va sinekdoxaning nisbatan past darajada qo‘llanilganligi, ba’zi so‘zlarda uchraydigan ma’noning kengayish va torayish jarayonlari aniqlangan;
A.Qodiriy asarlarida qo‘llanilgan sinonimlik, antonimlik hodisalarini aniqlash orqali o‘z va o‘zlashma qatlamga doir birliklarni nutqda qo‘llashning nazariy masalalari, ularning til leksik qatlamini boyitishdagi o‘rni, qo‘llanilish sohalarining semantik va leksik-paradigmatik jihatlari, lingvokulturologik mohiyati, leksik birliklarning imkoniyatlari misollar asosida isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Abdulla Qodiriy kichik prozaik asarlari leksikasinio‘rganish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
nazarda tutilgan kichik prozaik asarlardagi leksik birliklarning umumturkiy, arab, fors va boshqa tillarga oid genetik manbalari aniqlanib, qadimgi turkiy tilga doir toy, ot, o‘sha, ayt, art, qora, ko‘k, yomon, bir, ikki, kumush kabi leksik birliklarning eski o‘zbek adabiy tili davrida ham, hozirgi o‘zbek adabiy tili davrida ham qo‘llanilayotgani aniqlanib, ularning funksional va semantik xususiyatlariga doir xulosalardan OT-F1-030 raqamli “O‘zbek adabiyoti tarixi” ko‘p jildlik monografiyasini (7 jild) chop etish (2017-2020-y.y.) mavzusidagi fundamental grant loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2023-yil 7-iyundagi 04/1-1134-son ma’lumotnomasi). Natijada leksik birliklarning umumturkiy, arab, fors va boshqa tillarga oid genetik manbalari aniqlangan;
kichik prozaik asarlar tarkibida ijtimoiy-siyosiy, maishiy, qavm-qarindoshlik, kasb-hunar va boshqa jihatlariga ko‘ra so‘zlar guruhlari tasniflanib, leksik-semantik jihatdan inson tana a’zolari, hayvon nomlari, vaqt, faoliyat-jarayonni ifodalovchi, maishiy, shaxs, belgi-xususiyat, miqdor, harakat-holatni ifodalovchi mavzuviy guruhlari ko‘p miqdorda qo‘llanilganligiga doir nazariy ma’lumotlardan AM-FZ-201908172 raqamli “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” (2019-2022-y.y.) mavzusidagi amaliy grant loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2023-yil 28-apreldagi 04/1-846-sonli ma’lumotnomasi). Natijada kichik prozaik asarlar tarkibida ijtimoiy-siyosiy, maishiy, qavm-qarindoshlik, kasb-hunar va boshqa jihatlariga ko‘ra so‘zlar guruhlari aniqlangan;
kichik prozaik asarlar tarkibida qo‘llangan leksik birliklardagi polisemiya, metafora, metonimiya, sinekdoxa kabi ma’no ko‘chimlari, ularda metaforik ko‘chimlarning yuqori darajada, metonimiya va sinekdoxaning nisbatan past darajada qo‘llanilganligi, ba’zi so‘zlarda uchraydigan ma’noning kengayish va torayish jarayonlariga oid ma’lumotlardan Buxoro telekanalining “Assalom, O‘zbekiston”, “Sakkizinchi mo‘jiza” teleko‘rsatuvlarida foydalanilgan (Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2023-yil 2-maydagi 02/09/124-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu ko‘rsatuvlarning ilmiy-ommabopligi ta’minlangan va ular yangi ma’lumotlar bilan takomillashgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish