Rustamov Hakim Sharipovichning  
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini dasturiy ta’lim vositalari asosida takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Ped5122.
Ilmiy rahbar: Qahhorov Siddiq Qahhorovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.72.04.
Rasmiy opponentlar: Lutfillaev Mahmud Hasanovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Kasimov Fayzullo Muxammedovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi  tashkilot:  Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini dasturiy ta’lim vositalari asosida takomillashtirishdan iborat.
III.  Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning kasbiy kompetentlik va kompetensiya tushunshalarining mazmuni, o‘quv-uslubiy va didaktik o‘quv materiallarni dasturiy ta’lim vositalaridan foydalanish jarayonini rivojlantirishning nasariy va amaliy asoslari ilmiy - innovatsion, integrativ -motivatsion ko‘nikmalarni tarkib toptirishga yo‘naltirilgan pedagogik va didaktik tamoyillariga ustivorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalari talabalarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishni amalga oshirish jarayoni mustaqil fikrlash, ijodiy qobiliyatlarni rivojlantiruvchi ta’lim metodikasini simulyasion o‘yinlar orqali talabalarga real dunyodagi vaziyatlarni modellashtirish, echim topish imkoniyatini yaratish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvshilarining kasbiy kompetensiyalarini samarali rivojlantirishda dasturiy ta’lim vositalaridan foydalanishda o‘qitishning ana’naviy va noan’anviy metodlarini integratsiyalashda interaktiv faoliyatli o‘quv materiallari, onlayn muloqot, forumlar, chatlarni tashkil etish orqali talabalar bilan o‘zaro hamkorlik qilish, muhokamalar o‘tkazish, shaxsiy ta’lim traektoriyalarini yaratishni ta’minlovchi ta’lim modeli takomillashtirilgan;
talabalarning kasbiy va shaxsiy kompetensiyalarini rivojlantirishda loyiha, guruh ishi, bahs-munozara, tanqidiy fikrlash, o‘z ijodi va tadqiqotlarini taqdim qilish orqali o‘quv jarayonidagi faol ishtirokni rag‘batlantirish imkoniyatini yaratishga yo‘naltirilgan dasturiy ta’lim vositalaridan nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar va ijtimoiy kompetentlik darajasini baholash tizimini qo‘llash imkoniyatlarini amaliyotga joriy etish zarurati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak o‘qituvshilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishda dasturiy ta’lim vositalaridan foydalanish metodikasi bo‘yisha ishlab shiqilgan metodika, taklif va tavsiyalar hamda ilmiy natijalari asosida:
talabalarning kasbiy kompetentlik va kompetensiya tushunshalarining mazmuni, o‘quv-uslubiy va didaktik o‘quv materiallarni dasturiy ta’lim vositalaridan foydalanish jarayonini rivojlantirishning nasariy va amaliy asoslari ilmiy - innovatsion, integrativ -motivatsion ko‘nikmalarni tarkib toptirishga yo‘naltirilgan pedagogik va didaktik tamoyillariga ustivorlik berish asosida aniqlashtirilgan ma’lumotlar “Matematika va informatika o‘qitish metodikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 9-sentyabrdagi 302-sonli buyrig‘i, 322-0922 guvohnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan bo‘lajak o‘qituvshilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga erishilgan;
bo‘lajak o‘qituvshilarining kasbiy kompetensiyalarini samarali rivojlantirishda dasturiy ta’lim vositalaridan foydalanishda o‘qitishning ana’naviy va noan’anviy metodlarini integratsiyalashda interaktiv faoliyatli o‘quv materiallari, onlayn muloqot, forumlar, chatlarni tashkil etish orqali talabalar bilan o‘zaro hamkorlik qilish, muhokamalar o‘tkazish, shaxsiy ta’lim traektoriyalarini yaratishni ta’minlovchi takomillashtirilgan ta’lim modeli “Algoritmik tillar va dasturlash” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 2-avgustdagi 257-son buyrug‘i, 257-002 raqamli guvohnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvshilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishda dasturiy ta’lim vositalaridan foydalanishning metodik jihatlarini tahlil qilish asosida ta’lim jarayonida foydalanish imkoniyatlarini rivojlantirishga erishilgan;
talabalarning kasbiy va shaxsiy kompetensiyalarini rivojlantirishda loyiha, guruh ishi, bahs-munozara, tanqidiy fikrlash, o‘z ijodi va tadqiqotlarini taqdim qilish orqali o‘quv jarayonidagi faol ishtirokni rag‘batlantirish imkoniyatini yaratishga yo‘naltirilgan dasturiy ta’lim vositalaridan nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar va ijtimoiy kompetentlik darajasini baholash tizimini qo‘llash imkoniyatlarini amaliyotga joriy etishga oid tavsiyalardan Buxoro muhandislik-texnologiya institutining AIF-2/20 “Texnika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarida shaxsga yo‘naltirilgan innovatsion texnologiyalar asosida malakali injener kadrlar tayyorlash va professor-o‘qituvshilarning malakasini oshirish sifatini yaxshilash” (2019-2021yy.) mavzusidagi grant loyihasini “Umumkasbiy fanlardan elektron darsliklar tayyorlash va amaliyotga joriy etish” qismini bajarishda foydalanilgan (Buxoro muhandislik-texnologiya institutining 2023-yil 13-dekabrdagi 4-2258-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning bilim darajasini va qiziqishini rivojlantirishga erishilgan.   

Yangiliklarga obuna bo‘lish