To‘raeva Sanobar Sulaymonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shrift (ilmiy darajalar beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Innovatsion yondashuvlar asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilari nutqini iboralar bilan boyitish usullari”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2PhD/Ped4281.
Ilmiy rahbar: Po‘latov Shukur, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: A.Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: A.Avloniy nomidagi pedagogik mahurat milliy instituti, PhD.28/30.12.2019.Ped.68.01.
Rasmiy opponentlar: Safarova Rohatoy G‘aybullaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Kushieva Nodira Xabibjonovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi innovatsion yondashuvlar asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilari nutqini iboralar bilan boyitish usullarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilari nutqida iboralarni faollashtirish jarayonining pedagogik imkoniyatlari kichik maktab yoshidagi o‘quvchida iboralardagi ko‘chma ma’nolikni anglashga tizimli yo‘naltirish, obrazli tafakkurni o‘z tuyg‘ulari, hissiyitlaridan foydalanib boyitish qobiliyatini rivojlantirish, abstrakt fikrlash va izlanuvchanlikka yo‘naltirilgan ijodiy mashqlar orqali yangi echimlar topishga undash, matnni leksik-frazeologik baholash va nutqiy etiketni uzlyuksizlik ravishda bosqichma-bosqich shakllantirish asosida aniqlangan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilari nutqini iboralar bilan boyitishning metodik modeli ona tili va o‘qish darslarida iboralarni o‘rgatishning uzlyuksizligi va izchilligini ilmiy-ijodiy, pedagogik-psixologik shartlarga mos ta’minlash hamda frazeologik kompetensiyani shakllantiruvchi topshiriqlarni fanlararo konstruktiv-amaliy integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida iboralarni o‘qitish metodikasi o‘quvchilarga turli nutqiy vaziyatda madaniy etiketni shakllantirish, verbal va noverbal muloqotga kirishish, ijtimoiy adaptatsiyani ta’minlovchi o‘bektiv, sub’ektiv, jismoniy, psixologik munosabatlarga ta’sir etuvchi emotsiyalarni bildirishni singdirish orqali takomillashtirilgan;
o‘quvchilar nutqini iboralar bilan boyitish usullarining samaradorligi iboraga antonim va sinonim tanlash, analiz-sintez qilish, majoziy nutqni kuzatish, harakat va holatni iboralar orqali baholash ko‘nikmalarini motivatsion, faollashtiruvchi, uyushtiruvchi, nazorat qiluvchi amaliy mashq, topshiriq va didaktik o‘yinlardan foydalanib frazeologik kompetensiyalarni shakllantirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Innovatsion yondashuvlar asosida boshlangʻich sinf o‘quvchilari nutqini iboralar bilan boyitish usullarini ona tili ta’limiga joriy etishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilari nutqida iboralarni faollashtirish jarayonining pedagogik imkoniyatlari kichik maktab yoshidagi o‘quvchida iboralardagi ko‘chma ma’nolikni anglashga tizimli yo‘naltirish, obrazli tafakkurni o‘z tuyg‘ulari, hissiyitlaridan foydalanib boyitish qobiliyatini rivojlantirish, abstrakt fikrlash va izlanuvchanlikka yo‘naltirilgan ijodiy mashqlar orqali yangi echimlar topishga undash, matnni leksik-frazeologik baholash va nutqiy etiketni uzlyuksizlik ravishda bosqichma-bosqich shakllantirish asosida aniqlashtirishga oid metodik tavsiyalardan milliy o‘quv dasturi loyihasi asosida yaratilgan 3-sinf ona tili va o‘qish savodxonligi darsligini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2024-yil 1-iyuldagi 01/11-1-398-son ma’lumotnomasi). Natijada, ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida iboralarni o‘qitishga oid innovatsion topshiriq turlari orqali o‘quvchilarda nutqiy va lingvistik kompetensiyalar rivojlantirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilari nutqini iboralar bilan boyitishning metodik modeli ona tili va o‘qish darslarida iboralarni o‘rgatishning uzlyuksizligi va izchilligini ilmiy-ijodiy, pedagogik-psixologik shartlarga mos ta’minlash hamda frazeologik kompetensiyani shakllantiruvchi topshiriqlarni fanlararo konstruktiv-amaliy integratsiyalash asosida takomillashga oid nazariy g‘oyalardan Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining “Najot bilimda” va Qashqadaryo viloyatining “Ta’lim va islohot” teleko‘rsatuvlarini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining 2023-yil 21-avgustdagi 02-06-215-son ma’lumotnomasi. Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasining 2023-yil 28-avgustdagi 17-05-166-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuvning ilmiyligi va dolzarbligi oshgan, keng jamoatchilikning ona tiliga e’tiborli bo‘lishiga erishilgan;
ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida iboralarni o‘qitish metodikasi o‘quvchilarga turli nutqiy vaziyatda madaniy etiketni shakllantirish, verbal va noverbal muloqotga kirishish, ijtimoiy adaptatsiyani ta’minlovchi o‘bektiv, sub’ektiv, jismoniy, psixologik munosabatlarga ta’sir etuvchi emotsiyalarni bildirishni o‘rgatish orqali takomillashtirishga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan FA-F1-OO5 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 26-oktyabrdagi 04-02/3-1167-son ma’lumotnomasi). Natijada ona tili va o‘qish darslarida frazeologik topshiriq turlaridan foydalanish yo‘lga qo‘yilgan;
o‘quvchilar nutqini iboralar bilan boyitish usullarining samaradorligi iboraga antonim va sinonim tanlash, analiz-sintez qilish, majoziy nutqni kuzatish, harakat va holatni iboralar orqali baholash ko‘nikmalarini motivatsion, faollashtiruvchi, uyushtiruvchi, nazorat qiluvchi amaliy mashq, topshiriq va didaktik o‘yinlardan foydalanib frazeologik kompetensiyalarni shakllantirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari malakasini oshirish kursi o‘quv rejasida belgilangan “Boshlang‘ich ta’lim fanlarini o‘qitish metodikasi” moduli mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2024-yil 1-iyuldagi 01/11-1-398-son ma’lumotnomasi). Natijada tinglovchilarda iboralarni o‘qitishda badiiy va multimodal matnlardan foydalanish ko‘nikmasi rivojlantirilgan.