Aliqulova Dildora Bakir qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘tkan kunlar”, “Tamilla” va “Qamar” romanlarida maishiy muammolarning badiiy-psixologik talqini, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Fil4120.
Ilmiy rahbar: Sirojiddinov Shuhrat Samariddinovich, filologiya fanlari doktori, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01 (bir martalik ilmiy kengash).
Rasmiy opponentlar: Yusupova Dilnavoz Raxmonovna, filologiya fanlari doktori, professor; Umarova Nilufar Turopovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar”, Ferdinand Dyushenning “Tamilla”, “Qamar” romanlarida maishiy muammolarning badiiy-psixologik talqinini amalga oshirish, shuningdek, bu romanlar o‘rtasidagi umumiylik va individuallik jihatlarini qiyosiy-tipologik aspektda ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
romanchilik tarixida maishiy mavzularning aks etish genezisi, xalq ijodiyotiga mansub janrlarda, dostonlarda kelishi ochib berilgan va ayni muammoni poetik aks ettirish vositasi sifatida badiiy psixologizmning ahamiyati, uning adabiy-nazariy va komparativistik muammo ekanligi aniqlangan;
A.Qodiriy va F.Dyushen romanlari kompozisiyasida badiiy psixologizm qirralari aniqlanib, “O‘tkan kunlar”, “Tamilla” va “Qamar” romanlari syujetida psixologik tasvirning umumiylik va individuallik kabi tipologik xususiyatlari asoslangan;
maishiy romanlardagi obrazlar tizimi, A.Qodiriy va F.Dyushen romanlaridagi asosiy oshiq-ma’shuq, ag‘yor singari obrazlar tasvirida psixologik tasvir yetakchi ekanligi dalillangan;
“O‘tkan kunlar”, “Tamilla”, “Qamar” romanlaridagi maishiy, ijtimoiy va qahramon ichki konfliktini psixologik tasvirlashda an’anaviylik va originallik, muallif munosabatidagi xolislik mezoni asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘tkan kunlar”, “Tamilla” va “Qamar” romanlarida maishiy muammolarning badiiy-psixologik talqini mavzusida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
yozuvchi Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romani kompozisiyasida badiiy psixologizm, shuningdek, asarda milliy-madaniy, maʼnaviy-axloqiy unsurlarni aks ettirishda muallif mahorati va badiiy-estetik individuallik xususiyatlari tadqiqi munosabatlariga oid ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2017-2020-yillarda amalga oshirilgan OT-F1-030 raqamli “O‘zbek adabiyoti tarixi” ko‘p jildlik monografiyani (7 jild) chop etish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 12-iyun 04/1-1665-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyihaning ilmiy-nazariy konsepsiyasi yangi fikr-mulohazalar bilan boyishiga erishilgan;
romanda kompozisiya va syujet originalligi, ijodda adabiy ta’sir va uslubiy o‘ziga xoslik masalalari, badiiy tasvirda milliy-madaniy unsurlardan foydalanish ko‘lami va adib nasri poetikasiga xos boshqa qirralar o‘ziga xoslik masalalarining tadqiqi haqidagi qimmatli ilmiy ma’lumotlardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarga mo‘ljallangan F3-201912258-raqamli “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 6-iyun 04/1-1472-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyihaning ilmiy-nazariy konsepsiyasi yangi fikr-mulohazalar bilan boyishiga erishilgan;
“O‘tkan kunlar”, “Tamilla” va “Qamar” romanlarida maishiy muammolarning badiiy-psixologik talqiniga doir o‘zbek va fransuz badiiy asarlari asosida tahlil qilingan materiallarning nazariy va amaliy xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasidagi “O‘zbekiston teleradiokanali”ning “Bedorlik” nomli dasturini tayyorlashda foydalanilgan (“O‘zbekiston” teleradiokanali 2024-yil 15-apreldagi 04-36-496-son ma’lumotnomasi). Natijada, teledastur uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni nazariy ma’lumotlar bilan boyitilgan.