Xudjaeva Ra’noxon Mutalibjonovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek va ingliz tillarida omonimlarning qo‘llanishi hamda tarjimasi tahlili”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisoslig (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.DSc/Fil664.
Ilmiy maslahatchi: Teshaboeva Ziyodaxon Qodirovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01(bir martalik ilmiy kengash).
Rasmiy opponentlar: Xolmonova Zulhumor Turdievna, filologiya fanlari doktori, professor; Nasrullaeva Nafisa Zafarovna, filologiya fanlari doktori, professor; Vositov Valijon Abduvaxobovich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat  jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va ingliz badiiy asarlarida omonimlarning funksional qo‘llanishi samaradorligini belgilash, omonim tarjima muammolarini dekodlash va tahrirlash, hamda leksik-semantik korrelyasiyani idrok etishda omonimlarning matnli lug‘atini yaratishning uslubiy tamoyillarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
omonimlarning o‘zbek va ingliz badiiy asarlarida qo‘llanish samaradorligiga oid materiallar asosida ilmiy tamoyillar ishlab chiqilgan va empirik tarzda ilk bor dalillangan, ikkala tilning leksik va madaniy xususiyatlarini tushunish uchun omonim konstruksiyalarning ahamiyati aniqlanib, tarjimaning murakkab holatlarini baholashga imkon beradigan mezonlar ishlab chiqilgan;
o‘zbek va ingliz badiiy asarlarida omonimlarning tilning fonetik, semantik va leksik darajalarida qo‘llanishida omoformlar, omofonlar va omoleksemalar o‘rtasidagi farqlar aniqlangan, jumladan, ularni funksional amalga oshirishning o'ziga xos xususiyatlarini ekstrapolyasiya qilish, murakkab lingvistik tuzilmalar va ularning madaniy ahamiyatini tushunishni chuqurlashtirish, shuningdek, keyingi leksikografik va semantik tadqiqotlar uchun yangi paradigmalar aniqlangan;
omonimlarning cho‘g‘ishtirilayotgan tillar matnida pragmatik bo‘yoqdorligini oshiruvchi emotsional konnotatsiya, polisemiya, semantik o‘zgaruvchanlik kabi omonimlarning stilistik xususiyatlari aniqlangan, shuningdek, diskursiv murakkablashish orqali kognitiv jarayonlarining kuchayishi kabi stilistik xususiyatlari ochib berilgan;
o‘zbek va ingliz badiiy asarlarida omonimlar tarjimasi maummolarini hal etishda tarjimonlarning asliyatga yondashuvlariga ko‘ra o‘zbekcha-ruscha-inglizcha tekstologik, izohli, sohaviy, ilmiy-texnik, teminologik lug‘atini tuzish uchun, beshta tamoyillar, jumladan, omonimlarni saralashda kontekstual nuqtai nazardan yondashish, ierarxik tizimda davom ettirish, omonimlarni o‘rganishda tarjimada semantik munosabatlarni kuzatish, istisno holatining yuzaga kelishini hisobga olish, barcha mavjud bo‘lgan ma’nolarini lug‘atga kiritish kabi tamoyillari ishlab chiqilgan;
omonim qatorlarining lingvistik, fonetik, morfologik va semantik nomutanosibligiga e’tibor qaratilgan holda kontekstual va pragmatik jihatlari aniqlangan va tarjima strategiyalari optimallashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek va ingliz badiiy asarlarida qo‘llangan omonimlar, ularning tarjimadagi muammolari tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
omonim qatorlarining lingvistik, fonetik, morfologik va semantik nomutanosibligiga e’tibor qaratilgan holda kontekstual va pragmatik jihatlari aniqlangan va tarjima strategiyalari optimallashtirilishi, o‘zbek adabiyoti materiallarini yaratishda turli manbalardagi omonimik so‘zlarni aniqlash, tasniflash, o‘zbek adabiyoti tarixida qo‘llangan omonim so‘zlardan to‘g‘ri foydalanish hamda turli qadimiy o‘zbek lug‘atlari, ensiklopediyalarini tahlil etishga doir ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2017-2020 yillarga bajarilgan “O‘zbek adabiyoti tarixi” ko‘p jildlik monografiyani (7 jild) chop etish” mavzusidagi  fundamental loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 20-yanvar 04/1-156-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek adabiyotining etimologik, tadrijiy tasvirini yaratish hamda unda uchragan omonimlarni matnda to‘g‘ri qo‘llashga xizmat qilgan;
omonimlarning o‘zbek va ingliz badiiy asarlarida qo‘llanish samaradorligiga oid materiallar asosida ilmiy tamoyillar ishlab chiqilgashi va tarjima qilingan omonimik so‘zlardan unumli foydalanish xususidagi  ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2017-yil 13-sentyabrdagi PQ-3271-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 891-sonli qarorida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida Alisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyida yangitdan tashkil etilayotgan “Qardosh xalqlar va xorij adabiyoti” nomli ekspozisiya taqdimotini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyining 2024-yil 22-yanvar 14/2-son ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiya materiallari ham mazkur ekspozisiya taqdimotida infokiosk shaklida ziyoratchilarga taqdim etishda muhim manba vazifasini bajargan;
omonimlarning cho‘g‘ishtirilayotgan tillar matnida pragmatik bo‘yoqdorligini oshiruvchi emotsional konnotatsiya, polisemiya, semantik o‘zgaruvchanlik kabi omonimlarning stilistik xususiyatlarni tahlil qilish, adekvat tarjima usullarini ishlab chiqish hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan lingvistik qiyinchiliklarini o‘rganish va asoslashga doir ilmiy xulosalardan Shvesiyada joylashgan “Markaziy Osiyo Uyushmasi” jamiyatining O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan 2021-2023-yillar davomida mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini shakllantirish, demokratik islohotlarni qo‘llab-quvvatlash hamda inson huquqlari ta’minlanishini monitoring qilish maqsadidagi “O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini shakllantirish” nomli ijtimoiy loyihada foydalanilgan (Shvesiyada joylashgan “Markaziy Osiyo Uyushmasi” jamiyatining O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan berilgan 2023-yil 8-sentyabrdagi № 14-24-son ma’lumotnomasi). Natijada chet ellik hamkorlar bilan uchrashuv, tadbirlar davomida siyosiy matnlar tarkibida qo‘llangan omonimlar tarjimasida lisoniy va nolisoniy omillarni o‘rganish, muqobil tarjimasini aniqlash, turli siyosiy matnlarni tarjima qilish, xalqaro anjumanlar uchun siyosiy matn tuzish, chet el manba va hujjatlarining tarjimalarda asl ma’nosini saqlab qolishga xizmat qilgan;
o‘zbek va ingliz badiiy asarlarida omonimlarning tilning fonetik, semantik va leksik darajalarida qo‘llanishida omoformlar, omofonlar va omoleksemalar o‘rtasidagi farqlar aniqlangan, jumladan, ularni funksional amalga oshirishning o'ziga xos xususiyatlarini ekstrapolyasiya qilish, tahliliga oid ilmiy ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali” DM “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyatining “Ta’lim va taraqqiyot”, “Adabiy jarayon”, “Bedorlik” dasturlari senariylarini (2022-2023-yillar) tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2023-yil 25-dekabr 04-36-1970-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek-ingliz badiiy asarlari asliyati va tarjimasidagi omonimlar tahlili asosida radio eshittirishlarning ilmiy metodologik va amaliy dolzarbligini ta’minlashga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish