Abdurahmanova Mukaddas Tursunalievnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek va turk tillaridagi leksik omonimlarning lingvokognitiv xususiyatlarii”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.DSc/Fil569.
Ilmiy maslahatchi: Xolmanova Zulhumor Turdievna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01(bir martalik ilmiy kengash).
Rasmiy opponentlar: Usmanova Shoira Rustamovna, filologiya fanlari doktori, professor; Karimov Suyun Karimovich, filologiya fanlari doktori, professor; Irmatov Ixtiyor Rizoqulovich, filologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat  jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va turk tillaridagi leksik omonimlar shakllanishi, tushunilishining kognitiv omillarini aniqlash, leksik  omonimiyaning yuzaga kelishidagi umumiy va farqli belgilarni, lisoniy va mental omonimiya qatorlarini ajratish, omonemalar chastotasi va dominantalik belgisini tavsiflash, leksik omonimlarning tafakkurni rivojlantirish  funksiyasini, omonimlarni tushunish, o‘zlashtirish va tarjima qilish  usullarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek va turk tillaridagi  leksik omonimlarga grafik bir xillik mezoni asosida yondashilib, omograflarning bir xil fonetik strukturaga egaligi sababli leksik omonim, omofonlarning shakliy jihatdan farqlanishiga  ko‘ra yondosh hodisa ekanligi asoslangan;  
leksik omonimlar shakllanishining semantik usuli kognitiv omillarga asoslanishi isbotlanib,  o‘zbek tilida o‘z qatlam ↔ o‘zlashgan qatlam, o‘zlashgan qatlam ↔ o‘zlashgan qatlam, turk tilida o‘z qatlam ↔ o‘z qatlam omonimligining nisbatan ko‘pligi aniqlangan;
o‘zbek va turk tillaridagi leksik  omonimlarning kognitiv funksiya bajarishi asoslanib, freym, mental struktura, kognitiv maydonning omonimik qatorlarni o‘zlashtirishdagi  o‘rni ko‘rsatib berilgan; omonimlarning semantik guruhlari, struktur-semantik xususiyatlari dalillangan;
o‘zbek va turk tillarida til egasining  tafakkuri, idroki, yosh darajasi bilan bog‘liq mental omonimik qatorlarning mavjudligi va davriy, iste’mol doirasi jihatidan chegaralanmasligi dalillanib, omonimiyaning bir xil shaklga egaligi va har xil  mazmun ifodalashi asosida  fikrlash qobiliyatini  rivojlantirish vositasi ekanligi dalillangan;
o‘zbek va turk tillaridagi leksik omonimlar stimul so‘z sifatida  baholanib, so‘z o‘zlashtirish va semantik taraqqiyot natijasida yuzaga kelish omillari kabi umumiy hamda o‘zbek va turk tillari egalarining lisoniy ongi, idroki bilan bog‘liq farqli jihatlari aniqlangan; omonimlarning kognitiv- semantik maydondagi yadro, markaz, chekka maqomlari  dalillanib, omonemalarning dominantalik belgisi asoslangan;
kompyuter texnologiyalari, kollokatsiya, sinonimini keltirish usullarining hamda teglashning leksik omonimlarni farqlash xususiyati asoslangan, neyrolingvistik metodlarning leksik omonimlar semantik mundarijasini  tafakkur, idrok bilan aloqadorlikda dalillashda faktik material sifatidagi o‘rni  ko‘rsatib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek va turk tillaridagi leksik omonimlarning lingvokognitiv tadqiqi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
o‘zbek va turk tillaridagi omonimlarning ma’lumotlar bazasi o‘zbek-turk parallel korpuslari uchun material sifatida tizimlashtirilgan, o‘z qatlam ↔ o‘zlashgan qatlam, o‘zlashgan qatlam ↔ o‘zlashgan qatlam omonimligining o‘zbek tilida turk tiliga nisbatan ko‘p miqdorni tashkil qilishi haqidagi ma’lumotlardan, o‘zbek va turk tilidagi omonimlarning teglar tizimidan, o‘zbek va turk tillaridagi omonimlarning o‘xshash va farqli belgilari asoslangan kognitiv-semantik tahlillardan, omonimlarning turkiy tillarga xos hodisa sifatida tildan foydalanuvchilarning tafakkuri, idroki bilan aloqadorligi, mumtoz adabiyotda tajnis, iyhom san’atlari, tuyuq, askiya janrlariga asos bo‘lgani, fikrni rivojlantirishi, omonimlarni kompyuterda tushunish va qo‘llashga oid,  o‘zbek va turk tillaridagi omonimlarning o‘xshash va farqli belgilari asoslangan kognitiv-semantik tahlillariga oid xulosalardan 2020-2023-yillarda bajarilgan “Erasmus+international KA107. Alisher Navoiy asarlarini ingliz tiliga tarjima qilish va uning asarlarini xorijda targ‘ib qilish” mavzusidagi xalqaro loyihada  foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 29-apreldagi 04/1-1098-son ma’lumotnomasi). Natijada omonimiyaning turkiy tillarga xos hodisa sifatida tildan foydalanuvchilar tafakkuri, idroki bilan aloqadorligi haqidagi xulosalar loyiha materiallari mazmunini boyitishga xizmat qilgan;
o‘zbek va turk tillaridagi omonimlarning ma’lumotlar bazasi, semantik xususiyatlari, semantik tasnifi, omoleksema, omograf, omofonlarning farqli belgilari, o‘zbek va turk tillarida omonimlarning shakllanish usullari, omonimlarni qiyoslash asosida hodisaning til sohiblari tafakkuri, idroki, yondashuviga aloqador belgilarni namoyon qilish xususiyatlariga oid xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2020-2022-yillarda bajarilgan  AM–F3–201908172 raqamli “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 29-apreldagi 04/1-1099-son ma’lumotnomasi). Natijada ta’limiy korpusning ma’lumotlar bazasi o‘zbek va turk tillaridagi leksik omonimlar qiyosiga oid ma’lumotlar bilan boyitilgan;
omonim tadqiqiga oid dissertatsiyalarning konseptual tahlili, tadqiqot davomida shakllantirilgan o‘zbek va turk tillaridagi omonimlarning lingvistik ta’minoti, omonim doirasidagi terminlar tavsifidan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarda bajarilgan PZ–2020042022 raqamli “Turkiy tillarning lingvodidaktik elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 29-apreldagi 04/1-1097-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek va turk tili sohiblari ongida, dastavval, harakat-holat bildiruvchi omonimlarning idrok etilishi, omonimlarni tushunishning lingvokognitiv omillari, semantik usuldagi so‘z yasalishining tafakkur bilan bog‘liq belgilari, omonimlarning  yuzaga kelish omillari  loyiha materiallarini boyituvchi nazariy manba sifatida xizmat qilgan;
omonimiya hodisasi, o‘zbek va turk tillaridagi omonimlarning semantik guruhlari, musiqiy terminlar ishtirokidagi omonimiya, tor, chang, bas, o‘yin, kuy kabi so‘zlarning o‘zbek va turk tillaridagi struktur-semantik xususiyatlari haqidagi xulosalardan  2020-2021-yillarda Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasida amalga oshirilgan FZ-2019081663 raqamli “Oʻzbek milliy raqs san’atini targʻib etishga bagʻishlangan veb-sayt va multimedia mahsulotlari toʻplamini (elektron lug‘atlar) yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining 2023-yil 30-oktyabrdagi 1-04/71-son ma’lumotnomasi). Natijada Alisher Navoiyning “Muhokamat ul-lug‘atayn” asaridagi omonimlar tahlili, olti xil ma’nodagi ko‘k omonimining izohlanishi, “musiqa” ma’nosidagi kuy so‘zi etimologiyasi yoritilgan tahlillardan musiqa va raqs san’atining qadimiyligini asoslashda istifoda etilgan;
o‘zbek va turk tillaridagi omonimiyaning turkiy tillarga xos lingvistik hodisa ekanligi, omonim bilan aloqador bir necha tushuncha mavjudligi, omonimlik hodisasining buyuk mutafakkirlar tomonidan izohlangani, fikrning rivojiga xizmat qiluvchi shakldoshlik sifatida baholangani, tafakkurni o‘stirish  vositasi ekanligi, tarixiy shakllanish bosqichlariga egaligi  haqidagi xulosalardan 2022-2023-yillarda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanali “Hamma uchun” ko‘rsatuvining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2024-yil 19-apreldagi 06-28-453-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek va turk tillaridagi omonimlarning umumiy belgilarga egaligi, o‘xshash belgilarning genetik asoslarga bog‘lanishi, til sohiblari turmush tarzi, lisoniy ongi, dunyoqarashi, milliy-madaniy belgilarining omonimlarda ifodalanish darajasi haqidagi fikrlar ko‘rsatuvlar mazmunini ma’naviy-ma’rifiy jihatdan boyitishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish