Abdujalilov Ma’rufjon Islom o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek va rus tillarida rang ifodalovchi turg‘un o‘xshatishlar tadqiqi”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Fil4110.
Ilmiy rahbar: Xakimova Muhayyo Karimovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01 (bir martalik ilmiy kengash).
    Rasmiy opponentlar: Qulmamatov Do‘stmamat Sattorovich, filologiya fanlari doktori, professor;  Usmanov Farhad Faxriddinovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va rus tillarida rang ifodalovchi o‘xshatishlarning semantik xususiyatlarini aniqlash va ularning milliy-madaniy o‘ziga xos jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek hamda rus tillari olam lisoniy manzarasida rang nomlarining ikki tilda so‘zlashuvchilar dunyosining qadriyatli manzarasiga bog‘liqligi aniqlanib, ramziy, tarixiy, psixofiziologik va milliy-madaniy jihatdan muhim o‘ringa egaligi aniqlangan;
turg‘un o‘xshatishlarning nominativ, konnotativ, badiiy va milliy-mentallikni aks ettiruvchi kabi vazifalari o‘zbek va rus tillari misolida ochib berilib, olam ranglarining muayyan qismi faqat o‘xshatishlar orqali aniq nomlanishi, o‘xshatishlarning semantikasi leksema semantik strukturasidan aniqligi, konnotativligi, obrazliligi, milliy dunyoqarashni aks ettirishi hisobiga boy va murakkab ekanligi isbotlangan;
o‘zbek va rus tillarida qora, oq, qizil, sariq, ko‘k, yashil ranglarni ifodalovchi zangidek, marvariddek, anordek, naqsh olmadek, za’farondek, shishadek; kak kochegar, kak lun`, kak zarya, kak roj`, kak more, nespeliy krijovnik kabi turg‘un o‘xshatishlarning lingvomadaniy  mohiyati, integral tomonlari millatlararo mushtarak tafakkur, olamni bilishdagi umumiyliklar bilan dalillangan;
rang ifodalovchi turg‘un o‘xshatishlarning konseptual, kognitiv, madaniy semantik xususiyatlari o‘zbek va rus madaniyatini aks ettirishi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek va rus tillarida rang ifodalovchi turg‘un o‘xshatishlarni tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘zbek hamda rus tillari olam lisoniy manzarasida rang nomlarining ikki tilda so‘zlashuvchilar dunyosining qadriyatli manzarasiga bog‘liqligi aniqlanganligi, ramziy, tarixiy, psixofiziologik va milliy-madaniy jihatdan muhim  o‘ringa egaligi, turg‘un o‘xshatishlarning nominativ, konnotativ, badiiy va milliy-mentallikni aks ettiruvchi kabi vazifalari, olam ranglarining muayyan qismi faqat o‘xshatishlar orqali aniq nomlanishi, o‘xshatishlarning semantikasi leksema semantik strukturasidan aniqligi, konnotativligi, obrazliligi, milliy dunyoqarashni aks ettirishi hisobiga boy va murakkab ekanligiga oid ilmiy-nazariy xulosalardan Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomnidan olib borilgan FA-F1-G003 “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” (“Funksional`noe slovoobrazovanie v sovremennom karakalpakskom yazike”); FA-A1-G007 “Qoraqalpoq naql-maqollari lingvistik tadqiqiot obekti sifatida” mavzularidagi fundamental va amaliy ilmiy loyihalarda foydalanilgan (O‘zbekiston Republikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2024-yil 8-apreldagi 1/14-son ma’lumotnomasi). Natijada tilshunoslikda “so‘z yasalishi va derivatsiya”, “so‘z yasalishi qolipi”, “yasama so‘z va yasalgan so‘z” tushunchalarining lingvistik mohiyatini rang ifodalovchi turg‘un o‘xshatishlar matnida qo‘llangan yasama til birliklari misolida tavsiflashning nazariy asoslariga oid materiallar bo‘lib xizmat qilgan;
o‘zbek va rus tillarida qora, oq, qizil, sariq, ko‘k, yashil ranglarni ifodalovchi zangidek, marvariddek, anordek, naqsh olmadek, za’farondek, shishadek; kak kochegar, kak lun`, kak zarya, kak roj`, kak more, nespeliy krijovnik kabi turg‘un o‘xshatishlarning lingvomadaniy  mohiyati, integral tomonlari millatlararo mushtarak tafakkur, olamni bilishdagi umumiyliklar bilan dalillanishi, rang ifodalovchi turg‘un o‘xshatishlarning konseptual, kognitiv, madaniy semantik xususiyatlari o‘zbek va rus madaniyatini aks ettirishiga oid  ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2020–2023-yillarda bajarilgan AM-F3-201908172-raqamli “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil  16-dekabrdagi  01/4-2721-son ma’lumotnomasi). Natijada platforma  olamning rangli manzarasi o‘zbek va rus tillarida farqli ekanligi hamda  rang ifodalovchi turg‘un o‘xshatishlar rangning turli ko‘rinish va jilvalarining nomlanishi, konnotatsiya ifodalashi, obrazli tasvir hosil qilishi haqidagi ma’lumotlar bilan boyitilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish