Radjabov Nasir Nasimovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ingliz va o‘zbek tillari fonologik tizimida fonemik interferensiya tipologiyasi”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/Fil586.
Ilmiy maslahatchi: Siddiqova Iroda Abduzuxurovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.01.10.
Rasmiy opponentlar: Safarov Shahriyor Safarovich, filologiya fanlari doktori, professor; Djusupov Maxanbet, filologiya fanlari doktori, professor; Abduraxmonova Nilufar Zaynobiddinovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek adabiy tillarida fonemalar interferensiyasi turlarini tilning asosiy (fonetik, fonologik) va ikkinchi darajali (morfonologik, fonostilistik) yaruslari, shuningdek, grafik, orfografik va orfoepik tizimlari nuqtai nazaridan kompleks baholash asosida fonemik interferensiyaning tipologik tasnifini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
lingvistik interferensiyani yuzaga kelish asosiga, ya’ni til va nutq hodisasiga, yuzaga kelish ob’ektiga, nutq faoliyati turlariga, ma’noga ta’sir etish kuchiga, davom etish muddatiga, nutq hosil qilishda me’yordan og‘ish turiga, madaniyatlararo tafovutga, voqelanish holatiga, til tizimlariga ko‘ra yangicha tipologik tasnifi asoslangan;
ingliz va o‘zbek adabiy tillari fonemalar tizimida fonetik va fonologik izomorfizm hamda allomorfizm asosida paradigmatik va sintagmatik interferensiya mavjudligi asoslangan;
chog‘ishtirilayotgan tillarda fonemalar tizimi fonetik, fonologik, grafemik, orfografik va orfoepik xususiyatlari bilan bir qatorda, pozision ko‘rinishlari jihatdan o‘zaro yarim ekvivalent ekanligi isbotlangan;
ingliz va o‘zbek adabiy tillarida fonemalar tizimining o‘ziga xos tuzilishi, artikulyasion-akustik hamda funksional-lingvistik xususiyatlari, fonemalarning pozision ko‘rinishlari, grafemik o‘ziga xosligi, orfografiyasi, orfoepiyasi hamda uslubiy imkoniyatlari kabi lingvistik omillar potensial fonemik interferensiya manbayi ekanligi dalillangan;
fonemik interferensiyaning aniq bir turlarini farqlashda uning tadqiqot maqsadiga bog‘liq holda “o‘suvchi” yoki “kamayuvchi” tabiatga ega ekanligi hamda fonemik interferensiyani tipologik tasnif qilishga kompleks yondashuv metodikasi va mazkur tasnifni amalga oshirish bosqichlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillari fonologik tizimida fonemik interferensiya tipologiyasi tadqiqiga doir ilmiy natijalar asosida:
lingvistik interferensiyani yuzaga kelish asosiga, ya’ni til va nutq hodisasiga, yuzaga kelish ob’ektiga, nutq faoliyati turlariga, ma’noga ta’sir etish kuchiga, davom etish muddatiga, nutq hosil qilishda me’yordan og‘ish turiga, madaniyatlararo tafovutga, voqelanish holatiga, til tizimlariga ko‘ra yangicha tipologik tasnifi asoslangani, ilk bor fonemik interferensiyaning o‘zbek va ingliz adabiy tillari misolida tipologik tasnifi ishlab chiqilganiga doir ilmiy natijalardan “Mamlakatimizda millatlararo munosabatlarni yanada rivojlantirish va uyg‘unlashtirish” nomli fundamental loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2023 yil 20 dekabrdagi 01-12-06-782-son ma’lumotnomasi). Natijada, ilmiy xulosalarning qo‘llanilishi, shuningdek, foydalanilgan ilmiy-metodik tavsiyalar asosida loyiha ishlanmalarining takomillashishiga erishilgan;
o‘zbek va ingliz adabiy tillari fonemalar tizimida fonetik va fonologik izomorfizm hamda allomorfizm asosida paradigmatik va sintagmatik interferensiya ochib berilganligi borasidagi ilmiy natijalardan A-1-46 “Nanotexnologiyalar va mikroelektronikadan inglizcha-ruscha-o‘zbekcha lug‘at tayyorlash” mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Andijon davlat universitetining 2024 yil 27 maydagi 39-01-3398-son ma’lumotnomasi). Natijada, foydalanilgan nazariy xulosalar talabalarning ingliz tilida og‘zaki nutqining, xususan, talaffuzining takomillashishiga, shuningdek, tilshunoslik fanining rivojiga hissa qo‘shilgan;
chog‘ishtirilayotgan tillarda fonemalar tizimi fonetik, fonologik, grafemik, orfografik va orfoepik xususiyatlari bilan bir qatorda, pozision ko‘rinishlari jihatdan o‘zaro yarim ekvivalent ekanligi tasdiqlangani, ingliz va o‘zbek adabiy tillarida fonemalar tizimining o‘ziga xos tuzilishi, artikulyasion-akustik hamda funksional-lingvistik xususiyatlari, fonemalarning pozision ko‘rinishlari, grafemik o‘ziga xosligi, orfografiyasi, orfoepiyasi hamda uslubiy imkoniyatlari kabi lingvistik omillar potensial fonemik interferensiya manbayi ekanligi dalillangani, fonemik interferensiyaning aniq bir turlarini farqlashda uning tadqiqot maqsadiga bog‘liq holda “o‘suvchi” yoki “kamayuvchi” tabiatga ega ekanligi hamda fonemik interferensiyani tipologik tasnif qilishga kompleks yondashuv metodikasi va mazkur tasnifni amalga oshirish bosqichlari asoslangani yuzasidan erishilgan ilmiy natija va xulosalardan IL – 662204405 raqamli “Eksperimental fonetik laboratoriya yaratish (xorijiy til misolida)” mavzusidagi innovatsiyon loyiha doirsida qo‘llanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2024 yil 3 iyundagi 04/326-son ma’lumotnomasi). Natijada, ilmiy xulosalar va ilmiy-metodik tavsiyalar loyiha dastur va ishlanmalarining takomillashishiga xizmat qilgan;
o‘zbek va ingliz adabiy tillarida fonemalar tizimining o‘ziga xos tuzilishi, artikulyasion-akustik hamda funksional-lingvistik xususiyatlari, fonemalarning pozision ko‘rinishlari, grafemik o‘ziga xosligi, orfografiyasi, orfoepiyasi hamda uslubiy imkoniyatlari kabi lingvistik omillar potensial fonemik interferensiya manbai ekanligi isbotlanganligiga doir ilmiy natijalardan “Umumta’lim muassasalari bitiruvchilarining ona tili (o‘zbek tili) fani bo‘yicha malakasini baholash hamda 14 ta fandan test tizimini ishlab chiqish” nomli loyihada foydalanilgan (A.Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy tadqiqot institutining 2024 yil 12 yanvardagi 1304/300103-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha ishlanmalarining takomillashishiga erishilgan;
fonemik interferensiyaning aniq bir turlarini farqlashda uning tadqiqot maqsadiga bog‘liq holda “o‘suvchi” yoki “kamayuvchi” tabiatga ega ekanligi hamda fonemik interferensiyani tipologik tasnif qilishga kompleks yondashuv metodikasi va mazkur tasnifni amalga oshirish bosqichlari asoslanganligi kabi ilmiy natija va xulosalaridan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Mavzu” va “Taqdimot” kabi turkum ko‘rsatuvlarida foydalanilgan (“O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2024 yil 2 iyundagi 06-28-647-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur ko‘rsatuvlar tinglovchilarning ingliz tili talaffuzi bo‘yicha ko‘nikmalarining rivojlanishiga xizmat qilgan.