Bektursinova Aysultan Marat qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Olim-filologning professional lingvistik sifatidagi siymosi (M.M. Baxtin va Yu.M. Lotmanning idiodiskurslari asosida)”, 10.00.04 – Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Fil3092.
Ilmiy rahbar: Sheremeteva Anna Gennadevna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.01.10.
Rasmiy opponentlar: Ashurova Dilorom Umarovna, filologiya fanlari doktori, professor; Vorozhbitova Aleksandra Anatolevna, filologiya fanlari doktori, professor (Sochi davlat universiteti).
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi M.M Baxtin va Yu.M. Lotman idiodiskurslar materiali asosida olim-filologning professional lingvistik shaxsiga xos ikki turning invariant yadrosi va individual xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
olim-filolog tomonidan o‘qilgan matnlar uning ongida so‘zlar va konstruksiyalar ko‘rinishida mustahkamlanishi, muallif ulardan o‘z matnida foydalanishi yoki ularni o‘zining asl matniga mazmunan bog‘lagan holda ularning turli xil variantlariga murojaat qilishi hamda bu uning professional lingvistik shaxsiga ham ta’sir qilishi asoslangan;
M.M. Baxtinning ilmiy ishlariga xos mazmuniy-semantik jihatlari va uning o‘ziga xos idiodiskursida filolog o‘z ilmiy matnlarini katta mazmuniy qismlarga bo‘lishi bilan boshqa olim-filololardan ajralib turishi, buning natijasida esa uning ishida tahlilga tortilgan umumiy tushunchaning butun matnda saqlab qolinishi dalillangan;
Yu.M. Lotman qalamiga mansub ilmiy matnlarning idiodiskursida olim-filolog tomonidan qo‘llanilgan usul va uslublar tematik tahlilning klassik Aristotel tipini o‘zida mujassam etgan “tadqiqot obektidan” boshlangan harakatni ifodalashi hamda uning o‘quvchiga o‘rganilayotgan obektning rivojlanish xronologiyasini kuzatish imkonini beradigan matn bo‘linishining ikki yoki uch darajasidan foydalanishi isbotlangan;
ikki professional tilshunoslik shaxsi Yu.M. Baxtin va M.M. Lotmanning qiyosiy modeli ishlab chiqilgan, idiodiskurs va kasbiy lingvistik shaxs tipologiyasiga qo‘shimcha bo‘lib xizmat qiluvchi umumiy va xususiy komponentlar aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. M.M. Baxtin va Yu.M. Lotmanning idiodiskursi materiali asosida olim-filologning professional lingvistik shaxsini o‘rganish jarayonida olingan tadqiqot natijalari asosida:
M.M. Baxtin va Yu.M. Lotmanning idiodiskurslaridagi matnni boshqa matnlar bilan o‘zaro ta’sirda o‘rganish obekti sifatida tahlilga tortish, voqealarning xronologik rivojlanishiga asoslangan matnning tarkibiy tuzilishi kabi umumiy lingvoritorik xususiyatlarni, shuningdek, M. M. Baxtinga xos antiteza bilan bog‘liq bo‘lgan baholash holati, badiiy ifoda vositalarining katta konsentratsiyasi hamda Yu.M. Lotmandagi fikrni o‘rtaga tashlash holati kabi farqli jihatlariga oid xulosalardan O‘zbekistonda rus tilini va umumta’lim fanlarni rus tilida o‘qitish sifatini oshirishga qaratilgan “Klass!” loyihasida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 14-dekabrdagi 01-01/9-5256-son ma’lumotnomasi). Natijada ta’lim-tarbiya jarayonida yozuvchi va shoirlar hayoti va ijodini o‘rganish imkoniyatlarining ko‘lami kengaytirilib, til o‘qitishda yuqori natijalarga erishilgan;
M.M. Baxtinning ilmiy ishlariga xos mazmuniy-semantik jihatlari va uning o‘ziga xos idiodiskursida filolog o‘z ilmiy matnlarini katta mazmuniy qismlarga bo‘lishi bilan boshqa olim-filololardan ajralib turishi, buning natijasida esa uning ishida tahlilga tortilgan umumiy tushunchaning butun matnda saqlab qolinishiga oid xulosalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Rus madaniyat markazining rus tili kursi dasturini tayyorlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Rus madaniyat markazining 2023-yil 7-sentyabrdagi 06-03-son ma’lumotnomasi). Natijada, rus tili kursi tinglovchilarining rus tilini o‘qitish bo‘yicha malaka va ko‘nikmasi sezilarli darajada oshishiga erishilgan;
Yu.M. Lotman qalamiga mansub ilmiy matnlarning idiodiskursida olim-filolog tomonidan qo‘llanilgan usul va uslublar tematik tahlilning klassik Aristotel tipini o‘zida mujassam etgan “tadqiqot obektidan” boshlangan harakatni ifodalashi hamda uning o‘quvchiga o‘rganilayotgan obektning rivojlanish xronologiyasini kuzatish imkonini beradigan matn bo‘linishining ikki yoki uch darajasidan foydalanishiga oid xulosalardan Berdaq Milliy muzeyida ilmiy manbalar tahliliga bag‘ishlangan ilmiy anjumanlarni o‘tkazishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat Vazirligining 2023-yil 4-dekabrdagi 2-03/759-son ma’lumotnomasi). Natijada, ilmiy anjumanlarda ishtirok etgan shoirlar, yozuvchilar va olimlarning filolog-olimlarga xos professional lingvistik shaxs, ularning idiodiskursi borasidagi bilimlarini takomillashtirishga erishilgan;
olim-filolog tomonidan o‘qilgan matnlar uning ongida so‘zlar va konstruksiyalar ko‘rinishida mustahkamlanishi, muallif ulardan o‘z matnida foydalanishi yoki ularni o‘zining asl matniga mazmunan bog‘lagan holda ularning turli xil variantlariga murojaat qilishi hamda bu uning professional lingvistik shaxsiga ham ta’sir qilishiga oid xulosalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining “Nauka iz obrazovanie” va “Xabar” ko‘rsatuvlarining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining 2023-yil 13-sentyabrdagi 05-22/459-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur ko‘rsatuvlarda tilshunoslikning dolzarb muammolarini yoritish orqali tomoshabinlarning ushbu sohadagi dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qilgan.