Abdullaeva Laziza Abrorovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yuridik diskurs abbreviaturalarining struktur-semantik va funksional xususiyatlari”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Fil1298.
Ilmiy rahbar: Siddiqova Iroda Abduzuhurovna, filologiya fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.01.10.
Rasmiy opponentlar: Djumabaeva Jamila Sharipovna, filologiya fanlari doktori, professor; Axmedov Oybek Saporboevich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillaridagi huquqiy nutqqa xos qisqartmalarning tarkibiy-semantik va funksional xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va o‘zbek tillarida qisqartmalarning shakllanishi hamda tarqalishining ekstralingvistik sabablari nutqiy tejash, ortiqcha lingvistik axborot vositalarini ixchamlashtirish, axborotni eng kam harflar va tovushlar orqali etkazishga intilish kabi jihatlari, lingvistik sabablariga ko‘ra abbreviaturalarni bitta so‘z sifatida talaffuz qilish imkoniyati, so‘zni qisqartirish vaziyatining mavjudligi, monosillabizm va funksional birlashishga moyilligi dalillangan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi qisqartmalarning bo‘g‘inli (apokoplar, aferezlar, sinkoplar, kontrakturalar (qisqarishlar); inisial abbreviaturalar (harf va tovushli (akronimlar)); murakkab bo‘g‘inli (ko‘pso‘zli terminnning bo‘g‘inli birikuvi); aralash kabi struktur tasniflari aniqlangan hamda ularning o‘xshash va farqli jihatlariga ingliz tilida inisial qisqartmalarning turli ko‘rinishlari huquqiy diskursda keng qo‘llanilishi, akronimlar esa kam qo‘llanilishi, o‘zbek tilida kombinatsiyalashgan qisqartmalar hamda aralash qisqartmalar tarkibiga kiruvchi boshlang‘ich so‘zning birichi bo‘g‘ini va ikkinchi so‘zning to‘liq qo‘shilgan qisman qisqartirilgan leksikallashgan turlari ko‘proq uchrashi aniqlangan;
chog‘ishtirilayotgan ikki til doirasida huquqiy yozma nutqda qo‘llanilgan abbreviaturalarning nominativ, pragmatik, kognitiv, axborot etkazish, nutqning izchilligini ta’minlash kabi funksiyalari dalillangan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi huquqiy abbreviaturalarning semantik maydoni, ingliz va o‘zbek tillarida “Law-Qonun” tushunchasi asosida isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillaridagi yuridik diskurs abbreviaturalarining struktur-semantik va funksional xususiyatlarini aniqlash jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
ingliz va o‘zbek tillarida qisqartmalarning shakllanishi hamda tarqalishining ekstralingvistik sabablari nutqiy tejash, ortiqcha lingvistik axborot vositalarini ixchamlashtirish, axborotni eng kam harflar va tovushlar orqali etkazishga intilish kabi, lingvistik sabablari abbreviaturalarni bitta so‘z sifatida talaffuz qilish imkoniyati va so‘zni qisqartirish vaziyatining mavjudligi, monosillabizm va funksional birlashishga moyilligiga oid xulosa va takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasida soha mutaxasislarini tayyorlash uchun yaratilgan o‘quv-metodik kompleksni boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasining 2024-yil 18-martdagi 38/5-60-son dalolatnomasi). Natijada Ichki Ishlar akademiyasi bakalavriat yo‘nalishi talabalari va o‘qituvchilari uchun huquqiy abbreviaturalarning inglizcha-o‘zbekcha, o‘zbekcha-inglizcha qisqacha izohli lug‘atidan qisqartma-terminlarni qo‘llash bo‘yicha metodik dasturlar takomillashtirilgan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi qisqartmalarning bo‘g‘inli (apokoplar, aferezlar, sinkoplar, kontrakturalar (qisqarishlar); inisial abbreviaturalar (harf va tovushli (akronimlar)); murakkab bo‘g‘inli (ko‘pso‘zli terminnning bo‘g‘inli birikuvi); aralash kabi struktur tasniflari aniqlangan hamda ularning o‘xshash va farqli jihatlariga ingliz tilida inisial qisqartmalarning turli ko‘rinishlari huquqiy diskursda keng qo‘llanilishi, akronimlar esa kam qo‘llanilishi, o‘zbek tilida kombinatsiyalashgan qisqartmalar hamda aralash qisqartmalar tarkibiga kiruvchi boshlang‘ich so‘zning birichi bo‘g‘ini va ikkinchi so‘zning to‘liq qo‘shilgan qisman qisqartirilgan leksikallashgan turlari ko‘proq uchrashiga doir xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo‘yicha vakili Ombudsman, JIDU va UNICEF hamkorligida “Yopiq muassasalarda bolalarning odil sudlovga kirish monitoringi” mavzusidagi 01/3-731 raqamli xalqaro loyihani bajarishda foydalanilgan (Jahon Iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti yuridik klinikasining 2024-yil 1-martdagi 13-son ma’lumotnomasi). Natijada qiyoslanayotgan tillardagi abbreviaturalarning turli makro- va mikromaydonga ega ekanligini aniqlash hamda ularga xos universal hamda differensial belgilarni ochib berish imkoniyati kengaygan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi huquqiy abbreviaturalarning semantik maydoni, ingliz va o‘zbek tillarida “Law-Qonun” tushunchasi asosida aniqlangan natijalaridan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining qonunchilik faoliyatida hamda Qonunchilik palatasida ishlab chiqiladigan qonunlar majmuasini tuzishda foydalanilgan (O‘zR Oliy Majlisi qonunchilik palatasining 2023-yil 14-apreldagi 03/1-04/491-son ma’lumotnomasi hamda O‘zR Oliy Majlisi Senatining sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2024-yil 29-fevral 6-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur qarorlarda qisqartma terminlarni qo‘llash jarayonida duch keladigan muammolarni bartaraf etishga erishilgan;
chog‘ishtirilayotgan ikki til doirasida huquqiy yozma nutqda qo‘llanilgan abbreviaturalarning nominativ, pragmatik, kognitiv, axborot etkazish, nutqning izchilligini ta’minlash kabi funksiyalariga oid natijalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Mavzu”, “Etno”, “Taqdimot” ko‘rsatuvlarining maxsus sonlarini tayyorlashda foydalanilgan (“O‘zbekiston” teleradiokanali davlat muassasaning 2023-yil 17-apreldagi 06-28-647-sonli ma’lumotnomasi) Natijada teleko‘rsatuv ssenariysi yuridik publisistik matnlarda qisqartma huquqiy terminlarning turli tizimli tillarda og‘zaki va yozma kontekstlarda qo‘llanilishiga doir madaniy farqlari xususidagi ma’lumotlar bilan boyitishga erishilgan.