Toxirova Farida Olimjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan  fan tarmog‘i): “Oliy tibbiyot ta’limi yo‘nalishi talabalarida kasbiy tafakkurni pedagogik muloqot vositalari yordamida shakllantirish metodikasi”, 13.00.02- Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped 3460.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
Ilmiy rahbar: Uraqov Shokir Ulashovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.06.2020.Tib.102.02.
Rasmiy opponentlar: Maxmudova Muyassar Maxmudovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Tursunova Mahkamoy, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tibbiy oliy ta’lim muassasalari talabalarida pedagogik muloqot vositasida kasbiy tafakkurni shakllantirishning ilmiy-pedagogik mexanizmlarini takomillashtirishga oid ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy tibbiyot ta’lim muassasalari talabalarida kasbiy tafakkurni shakllantirishning pedagogik imkoniyatlari pedagogik muloqotning axborot uzatish, interaktivlik hamda perseptivlik funksiyalariga ko‘ra tibbiy ta’limning kasbiy faoliyatga yo‘naltirilganlik, o‘zini namoyon qila olishlik, pasientning ruhiy holatiga tizimli ta’sir ko‘rsatish tamoyillarini gumanitar dunyoqarashni shakllantiruvchi tibbiy pedagogik bilimlarga integrativligini ta’minlash asosida kengaytirilgan;
tibbiyot oliy ta’lim muassasalari talabalarida pedagogik muloqot vositasida kasbiy tafakkurni rivojlantirish modeli kasbiy tafakkurning mantiqiy tarkibiga ko‘ra tibbiy faoliyatga xos tafakkurning kognitiv, qadriyatli-motivasion va faoliyatli mezonlariga oid ko‘rsatkichlarini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlarini aniqlash asosida takomillashtirilgan;
tibbiyot oliy ta’lim muassasalari talabalarida pedagogik muloqot vositasida kasbiy tafakkurni shakllantirishning pedagogik mexanizmi differensiyalangan ta’sir, kasbiy tasavvurni shakllantirish, kasbiy moslashuv, kasbiy muloqot kabi yondashuvlarning reproduktiv, faoliyatli-normativ ijodiy bosqichlarini belgilash asosida takomillashtirilgan;
tibbiyot oliy ta’lim muassasalari talabalarida pedagogik muloqot vositasida kasbiy tafakkurni shakllantirish jarayonini modellashtirish imkoniyatlari “tibbiy xodim-mijoz” muloqotining uzviylik, onglilik, o‘zaro bog‘liqlik, kasbiy kompetentligini tizimli tarzda shakllantirish tamoyillarini belgilash asosida kengaytirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Tadqiqot natijalaridan kognitiv-pragmatik yondashuvga asoslangan:
tibbiyot oliy ta’lim muassasalari talabalarida pedagogik muloqot vositasida kasbiy tafakkurni rivojlantirish modeli kasbiy tafakkurning mantiqiy tarkibiga ko‘ra tibbiy faoliyatga xos tafakkurning kognitiv, qadriyatli-motivasion va faoliyatli mezonlariga oid ko‘rsatkichlarini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlarini aniqlash asosida takomillashtirilganligiga oid tavsiyalaridan Samarqand  davlat universitetida bajarilgan IXBL-22 sonli “Oiladagi  jinoyatlar va zo‘rovonliklar, oiladagi krinogen muhit, kelib chiqish sabablarini taqiq etish” mavzusidagi ilmiy loyihasi doirasidagi vazifalarni  bajarishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 -yil 3 apreldagi 02-07-1170/04-son dalolatnomasi). Natijada tibbiyot oliy ta’lim muassasalari talabalarida pedagogik muloqot vositasida kasbiy tafakkurni shakllantirishning sifat darajasini aniqlash imkoni yaratilgan;
tibbiyot oliy ta’lim muassasalari talabalarida pedagogik muloqot vositasida kasbiy tafakkurni shakllantirishning pedagogik mexanizmi differensiyalangan ta’sir, kasbiy tasavvurni shakllantirish, kasbiy moslashuv, kasbiy muloqot kabi yondashuvlarning reproduktiv, faoliyatli-normativ ijodiy bosqichlarini belgilash asosida takomillashtirilganligi yuzasidan ilmiy-metodik tavsiyalaridan Samarqand  davlat chet tillar institutida bajarilgan “English Access Microscholarship Program” mavzusidagi ilmiy loyihasi doirasidagi vazifalarni  bajarishda foydalanilgan (Samarqand  davlat chet tillar institutining 2024 -yil 12 sentyabrdagi 2179/02-son dalolatnomasi). Natijada tibbiyot oliy ta’lim muassasalari talabalarida pedagogik muloqot vositasida kasbiy tafakkurni shakllantirishga oid zamonaviy yondashuvlar va xorijry tajribalardan foydalanish mexanizmlarini tatbiq etish imkoni yaratilgan;
tibbiyot oliy ta’lim muassasalari talabalarida pedagogik muloqot vositasida kasbiy tafakkurni shakllantirish jarayonini modellashtirish imkoniyatlari “tibbiy xodim-mijoz” muloqotining uzviylik, onglilik, o‘zaro bog‘liqlik, kasbiy kompetentligini tizimli tarzda shakllantirish tamoyillarini belgilash asosida kengaytirilganligi yuzasidan ilmiy-metodik  tavsiyalaridan  Samarqand  davlat universitetida bajarilgan IXBL-22 sonli “Oiladagi  jinoyatlar va zo‘rovonliklar, oiladagi krinogen muhit, kelib chiqish sabablarini taqiq etish” mavzusidagi ilmiy loyihasi doirasidagi vazifalarni  bajarishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 -yil 3 apreldagi 02-07-1170/04-son dalolatnomasi). Natijada tibbiyot oliy ta’lim muassasalari  talabalarida pedagogik muloqot vositasida kasbiy tafakkurni  shakllantirishga  oid zamonaviy yondashuvlar va xorijry tajribalardan  foydalanish mexanizmlarini tatbiq etish imkoni yaratilgan;
oliy tibbiyot ta’lim muassasalari talabalarida kasbiy tafakkurni shakllantirishning pedagogik imkoniyatlari pedagogik muloqotning axborot uzatish, interaktivlik hamda perseptivlik funksiyalariga ko‘ra tibbiy ta’limning kasbiy faoliyatga yo‘naltirilganlik, o‘zini namoyon qila olishlik, pasientning ruhiy holatiga tizimli ta’sir ko‘rsatish tamoyillarini gumanitar dunyoqarashni shakllantiruvchi tibbiy pedagogik bilimlarga integrativligini ta’minlash asosida kengaytirilganligiga oid tavsiyalaridan Samarqand  davlat chet tillar institutida bajarilgan “English Access Microscholarship Program” mavzusidagi ilmiy loyihasi doirasidagi vazifalarni  bajarishda foydalanilgan (Samarqand  davlat chet tillar institutining 2024 -yil 12 sentyabrdagi 2179/02-son dalolatnomasi). Natijada tadqiqot muammosiga oid falsafiy, pedagogik, psixologik va metodik adabiyotlar hamda innovatsion o‘qitish g‘oyalarini tahlil qilish imkoni kengaytirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish